• Sanoat inqilobining ta’riflarini yozing
  • Kompaniya transformatsiyaga tayyor yoki tayyor emasligini aniqlash uchun qanday sohalar o‘rganiladi?




    Download 68.1 Kb.
    bet2/26
    Sana17.02.2023
    Hajmi68.1 Kb.
    #42634
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    biznes
    OCHIQ DARS ISHLANMASI
    Kompaniya transformatsiyaga tayyor yoki tayyor emasligini aniqlash uchun qanday sohalar o‘rganiladi?
    Kompaniya transformatsiyaga tayyor yoki tayyor emasligini aniqlash uchun bir nechta sohalar o‘rganiladi: Raqamli infrastrukturaning rivojlanish darajasi. Kompaniya juda ko‘p miqdordagi ma’lumotlarni samarali saqlash va qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan uskunalardan iborat zamonaviy biznes jarayonlarini avtomatlashtirish tizimlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi muhim. Bu xususiy yoki bulutli infrastruktura va himoya tizimlaridan iborat bo‘lishi kerakligiga aniqlik kiritilishi kerak. Kamida raqamli transformatsiya texnologiyalarini tanlash va platformani ishga tushirish rejasi mavjud bo‘lishi kerak. Jarayonlar va maqsadli xizmatlarni tushunish. Raqamli transformatsiyaning boshlang‘ich davrida jarayonlarni belgilash va tavsiflash kerak. Har bir jarayon va xizmatlar mas’ul shaxsga biriktirilgan bo‘lishi kerak. Ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash usullari. Agar axborot tartiblanmagan, tahlil qilish qiyin, uni yig‘ish qo‘lda bajarilsa, tashkilot o‘zgarishga tayyor emas. Muvaffaqiyatli raqamlashtirish ma’lumotlarga real vaqt murojaat qilish, katta hajmdagi ma’lumotlarni xavfsiz saqlash va avtomatlashtirilgan qayta ishlash imkoniyatini nazarda tutadi. Mutaxasssislarni tayyorlash. Xodimlarni raqamli transformatsiyaga jalb etish jarayonini tashkil etish, ularga o‘zgarishlar, yangi vositalar va texnologiyalarni ishlab chiqish zarurligini etkazish, zarur ko‘nikmalarga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Korporativ madaniyat. O‘zaro ta’sirning moslashuvchanligi, ochiq muloqot, hamkorlikdagi ijodkorlik — bu madaniy qadriyatlar raqamli transformatsiyaning yangi paradigmasiga mos keladi.
    Sanoat inqilobining ta’riflarini yozing
    Sanoat inqilobi - bu texnologiya va texnologiyadagi innovatsiyalar ta’sirida jamiyatning qayta tuzilishi. Sanoat inqilobi – qo‘l mehnati va hunarmandchilik ishlab chiqarishi bilan ajralib turadigan agrar iqtisodiyotdan mashina ishlab chiqarish hukmron bo‘lgan sanoat jamiyatiga o‘tish jarayoni. Ma’lumki, tarixda 3 ta sanoat inqilobi yuz bergan bo‘lib, ular quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lgan: 1. Bug‘ dvigatelining ixtiro qilinishi, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish (XVIII asr oxiri); 2. Elektrlashtirish, konveyer, mehnat taqsimoti, ommaviy ishlab chiqarish (XIX-asr oxiri – XX asr boshi); 3. Elektronika, axborot texnologiyalari industriyasi, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish (XX asr oxiri).



    Download 68.1 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 68.1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompaniya transformatsiyaga tayyor yoki tayyor emasligini aniqlash uchun qanday sohalar o‘rganiladi?

    Download 68.1 Kb.