8
ilk bor Surxondaryo havzasida tarqalgan endemik baliq turlarining uzunlik va
vazn munosabatlariga asoslangan ekologik xususiyatlari ochib berilgan;
ov ahamiyatga ega boʻlgan, kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi baliq
turlarining kadastri yaratilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari
quyidagilardan iborat:
Surxondaryo suv havzalarida tarqalgan 4 turkum, 6 oila, 12 urugʻga mansub
iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan 13 turning (
Carassius gibelio, Cyprinus carpio,
Capoeta
heratensis,
Schizothorax
sp.,
Ctenopharyngodon
idella,
Hypophthalmichthys molitrix
,
Hypophthalmichthys nobilis, Abramis brama,
Alburnus chalcoides, Rutilus lacustris
,
Silurus glanis,
Сhanna argus, Sander
lucioperca
) tavsifi, tabiiy tarqalish areali ва ularni
muhofaza qilish choralarini
qamrab oluvchi kadastri yaratilgan;
kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi
(
Sabanejewia aralensis,
Luciobarbus conocephalus, Capoetobrama kuschakewitschi, Glyptosternon
oschanini, Salmo oxianus
)
baliq turlarining tarqalish
koordinatalari aniqlangan,
monitoringi olib borilgan, tabiiy resurslardan oqilona va barqaror foydalanishni
ta’minovchi ma’lumotlar Milliy geoaxborot tizimiga kiritilgan.