• Tadqiqot natijalarining joriy qilinganligi.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi




    Download 1,73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/33
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,73 Mb.
    #239335
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
    Bog'liq
    75942b50-2005-41b2-9033-b0030cae0457

    Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
    oʻtkazilgan tadqiqotlarda klassik va 
    zamonaviy usullarning qoʻllanilganligi, ishning tahliliy statistik tadqiqot qismida 
    hozirgi an’anaviy uslubdan foydalanilganligi, havzada tarqalgan mahalliy turlarning 
    uzunlik va ogʻirlik oʻrtasidagi munosabatlar koʻrsatkichlari “Acta Ichthyologica et 
    Piscatoria” jurnali tomonidan qator xalqaro ekspertlar tekshiruvidan oʻtkazilganligi, 
    shu bilan birga, oʻtkazilgan tadqiqotlarda olingan natijalar respublika hamda xalqaro 
    doiradagi ilmiy amaliy anjumanlarda muhokama qilinganligi, nufuzli nashrlarda 
    chop etilganligi, tadqiqotning amaliy natijalari vakolatli davlat tuzilmalari 
    tomonidan tasdiqlanganligi va ularni amaliyotga joriy etilganligi bilan izohlanadi.
     
    Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. 
    Tadqiqot natijalarining 
    ilmiy ahamiyati Surxondaryo suv havzalarida tarqalgan baliqlar faunasining 
    zamonaviy tur tarkibining aniqlanganligi, taksonomik tahlil qilinganligi
    Oʻzbekiston ixtiofaunasi uchun ilgari qayd etilmagan Sibir qumbaligʻi – 
    Gobio 
    sibiricus
    turining aniqlanganligi, Holsik tezsuzari – 
    Alburnoides holciki
    turining 
    havzada keng arealda tarqalganligi bilan izohlanadi. 
    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan 
    hamda kamyob va yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi baliq turlarining kadastri 
    yaratilganligi, Surxondaryo suv havzalaridagi endem, noyob va yoʻqolib ketish xavfi 
    ostidagi baliq turlarini muhofaza qilish, yashash muhitini saqlab qolish va himoya 
    qilish chora-tadbirlarini tashkil etishga hamda tabiiy resurslardan oqilona va 
    barqaror foydalanishni ta’minlashga asos boʻlib xizmat qilishi bilan izohlanadi. 
    Tadqiqot natijalarining joriy qilinganligi. 
    Surxondaryo suv havzalari 
    baliqlari faunasi boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
    Gobio sibiricus
    turining COI nukleotidlar ketma-ketligi boʻyicha ma’lumotlari 
    Biotexnologik axborotlar milliy markazi GenBanki bazasiga joylashtirilgan 
    (Biotexnologik axborotlar milliy markazi, blast.ncbi.hlm.hih.gov). Natijada, 
    Gobio 



    sibiricus
    – MN810110
     
    inventar raqami olingan va u xalqaro miqyosda ushbu turning 
    filogeniyasini molekulyar-genetik identifikatsiyalash imkonini bergan; 
    Surxondaryo suv havzalari ixtiofaunasiga mansub 2 turkum, 7 oila, 14 urugʻga 
    mansub 14 ta turning jami 87 ta baliq namunalari Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi 
    Zoologiya institutining «Zoologiya kolleksiyasi» noyob obyektiga kiritilgan 
    (Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2023 yil 8 maydagi 4/1255-
    980-son ma’lumotnomasi). Natijada mavjud baliqlar kolleksiyasi fondini yangi 
    namunalar bilan boyitgan va baliqlar turlari xilma-xilligini aniqlash hamda turlarni 
    sistematik tahlil qilish imkonini bergan. 
    Surxondaryo suv havzalarida tarqalgan baliqlarning kadastri yuzasidan ishlab 
    chiqilgan tavsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi 
    va iqlim oʻzgarishi vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy 
    etish va kadastrni yuritish boʻlimi amaliyotiga joriy qilingan (Oʻzbekiston 
    Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi iqlim oʻzgarishi vazirligining 2023 
    yil 18 avgustdagi 03-03/3-3952-son ma’lumotnomasi). Natijada kadastr 
    ma’lumotlarini geoaxborot tizimiga kiritishga asos boʻlgan, shuningdek, ushbu 
    tavsiyalar noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi baliq turlarini qoʻriqlash, yashash 
    muhitini saqlab qolish, koʻpaytirish va himoya qilish ishlarini tashkil etishga hamda 
    tabiiy resurslardan oqilona va barqaror foydalanishni ta’minlash imkonini bergan. 

    Download 1,73 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




    Download 1,73 Mb.
    Pdf ko'rish