• Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
  • Surxondaryo havzasi ixtiofaunasini oʻrganishga doir adabiyotlar tahlili
  • Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi




    Download 1,73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/33
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,73 Mb.
    #239335
    TuriReferat
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
    Bog'liq
    75942b50-2005-41b2-9033-b0030cae0457

    Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. 
    Mazkur tadqiqot natijalari jami 8 ta, 
    jumladan, 4 ta xalqaro va 4 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan 
    oʻtkazilgan.
    Tadqiqot natijalarning e’lon qilinganligi. 
    Dissertatsiya mavzusi boʻyicha 
    jami 14 ta ilmiy ish, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va 
    innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar 
    asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 6 ta maqola
    jumladan, 3 tasi respublika va 3 tasi Web of Science va Scopus bazasilaridagi xorijiy 
    jurnallarda nashr etilgan. 
    Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
    Dissertatsiya tarkibi kirish, toʻrtta bob, 
    xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning 
    hajmi 102 betni tashkil etadi. 
    DISSERTASIYANING ASOSIY MAZMUNI 
    Kirish 
    qismida mavzuning dolzarbligi va zaruriyati asoslangan, tadqiqotning 
    maqsad va vazifalari, obyekti va predmeti tavsiflangan, respublika fan va 
    texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi koʻrsatilgan, 
    tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan 
    natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarini 
    amaliyotga joriy qilinishi, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi boʻyicha 
    ma’lumotlar keltirilgan.
    Dissertatsiyaning «
    Surxondaryo havzasi ixtiofaunasini oʻrganishga doir 
    adabiyotlar tahlili
    » deb nomlangan birinchi bobida Orol dengizi havzasi 
    ixtiofaunasining oʻrganilish tarixi hamda Amudaryo va Surxondaryo havzalari 
    boʻyicha olib borilgan mahalliy va xorijlik olimlarning ixtiologik tadqiqotlari haqida 


    10 
    ma’lumotlar berilgan. Ushbu bobning “Surxondaryo havzasi ixtiofaunasining 
    oʻrganilishi” qismida Surxondaryo suv havzalarining baliq faunasi va ularning 
    tarqalish qonuniyatlarini tadqiq etgan olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari haqida 
    batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, Surxondaryo havzasida akvakultura 
    yoʻnalishidagi tadqiqotlar hamda Surxondaryo havzasi ixtiofaunasini oʻrganishda 
    zamonaviy taksonomik metodlarning qoʻllanilishi kabi mavzular boʻyicha olib 
    borilgan tadqiqotlar haqida ham ma’lumotlar berilgan.
    XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab mintaqada baliq turlarni taksonomik 
    jihatdan oʻrganilishi deyarli toʻxtaydi. Asosiy e’tibor baliq turlarini biologik, 
    ekologik va xoʻjalik ahamiyatlarini oʻrganishga qaratiladi. Biroq, soʻnggi 5 yillikda 
    mintaqa suv havzalaridan dunyo ilm-fani uchun yangi turlarning kashf etilishi 
    (
    Triplophysa ferganaensis, Triplophysa daryoae
    ), hamda ayrim turlarning 
    sistematik oʻrni, nomi va maqomi oʻzgarib boshqa urugʻga kiritilishi (
    Alburnus 
    oblongus, 
    Glyptosternon oschanini, 
    Alburnoides holciki
    ) natijasida mintaqa 
    havzalari ixtiofaunasi boʻyicha qilinadigan ishlar hali koʻpligini koʻrsatdi. 
    Dissertatsiyaning «

    Download 1,73 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




    Download 1,73 Mb.
    Pdf ko'rish