Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining asosiy




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/33
Sana17.05.2024
Hajmi1,73 Mb.
#239335
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
75942b50-2005-41b2-9033-b0030cae0457

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining asosiy 
ustuvor yoʻnalishlariga mosligi. 
Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar 
rivojlanishining V. «Qishloq xoʻjaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof-muhit 
muhofazasi» ustuvor yoʻnalishiga muvofiq bajarilgan.
 
Muammoning 
oʻrganilganlik 
darajasi.
Dunyo 
suv 
havzalari 
ixtiofaunasining bugungi kundagi zamonaviy tur tarkibini aniqlash, sistematik 
holatini o
ʻ
rganish, baliq turlarining morfologiyasi, biologiyasi, ekologiyasi va 
evolyutsiyasini ochib berish borasida taniqli xorijlik olimlar: J.S. 
Nelson va boshq. 
(2016), M. Kottelat (1997, 2006, 2012, 2013), M. Kottelat & J. Freyhof (2007), Q. 
Bone
va
R. Moore
(2008), G.S. Helfman
va boshq. (2009), H.M. Tyus (2012), 
B.W. 
Coad
(2015), A. Darshan
va boshq. (2019) tomonidan tadqiqot ishlari olib borilgan. 
MDH mamlakatlarida, jumladan, Markaziy Osiyo, Rossiya va unga qoʻshni 
boʻlgan hududlarda baliq turlarining taksonomiyasi, tarqalishi, identifikatsiyasi, 
tavsifi, morfologik, biologik va ekologik xususiyatlari hamda baliq turlarini 
muhofaza qilishga doir qator ilmiy ishlar K. Kessler (1872, 1874, 1877), G.V. 
Nikolskiy (1938, 1940, 1974), L.S. Berg (1948, 1949), F.A.Turdakov (1963), V.P. 
Mitrofanov va boshq. (1988), A.M. Prokofev (2001, 2009, 2010, 2017) va boshqa 
olimlarning ilmiy tadqiqotlarida oʻz aksini topgan. 
O
ʻ
zbekistonda suv havzalari ixtiofaunasining shakllanishi, turlar xilma-xilligi, 
morfologik va ekologik xususiyatlari, iqtisodiy ahamiyati boʻyicha tadqiqotlar G.K. 
Kamilov (1973), A.A. Amanov (1985), M.A. Abdullaev va D.U. Urchinov (1989), 
T.V. Salixov (1990), B. Haqberdiyev (1994), U.T. Mirzayev (1994), E.E. Xurshut 
(2006), B.G. Kamilov (2019), M.A. Yuldashov (2019), M.Sh. Atamuratova (2021), 
B. Sheraliev va Z.Peng (2021), A. Quvatov (2022), Y. Qayumova (2022), N. 
Shamsiyev (2023) va boshqa olimlar tomonidan keltirilgan.
Biroq, yuqorida keltirilgan ilmiy tadqiqot ishlari Surxondaryo suv 
havzalaridagi baliq turlarining bugungi zamonaviy holatini toʻliq ochib bera 
olmagan. Asosiy tadqiqot ishlari turlarni morfologik identifikatsiyalash asosida olib 
borilgan. Shuningdek, avvalgi tadqiqotlarning aksariyati oʻtgan asrning oʻrtalaridan 
90-yillargacha olib borilgan boʻlib, hozirgi baliq faunasining zamonaviy ixtiologik 
qiyofasini, tur tarkibini hamda taksonomik holatini toʻliq ifodalay olmaydi. Shunga 
koʻra, Surxondaryo suv havzalarida tarqalgan baliqlarning tur tarkibi, taksonomik 
holati, ularning suv havzalari boʻylab taqsimlanishi, morfologik xususiyatlari hamda 
ularning muhofazaga muhtoj turlarini aniqlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab 
chiqib amaliyotga joriy etish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. 




Download 1,73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining asosiy

Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish