Raqamli ilmiy kengash termiz davlat universiteti allayarov sirojiddin kamolovich




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/33
Sana17.05.2024
Hajmi1,73 Mb.
#239335
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
75942b50-2005-41b2-9033-b0030cae0457

 
 
 



KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) 
 
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. 
Bugungi kunda
 
dunyoda biologik xilma-xillikni saqlash, mavjud ekotizimlarning barqarorligini 
ta’minlash soha olimlarining kun tartibida turgan eng muhim masalalaridan biri 
hisoblanadi. Antropogen omil ta’sirida atrof-muhitning oʻzgarishi biologik xilma-
xillikning yo
ʻ
qolishiga, jumladan, hayvonot dunyosi resurslarining kamayishiga 
sabab boʻlmoqda. Shunga koʻra, tabiiy suv havzalarida tarqalgan baliqlarning tur 
tarkibini aniqlash, ularning populyatsiyalariga ta’sir qilayotgan cheklovchi omillar 
koʻlamini baholash, kamyob va endemik turlarni saqlab qolish chora-tadbirlarini 
ishlab chiqish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. 
Jahonda dengiz va chuchuk suv havzalardagi baliq turlarini muhofaza qilish, 
ularning tarqalish areallari va taqsimlanishi, ekologik o‘ziga xosligi, 
o‘zgaruvchanlik ko‘rsatkichlari, kamyob turlarning muhofazasiga oid ilmiy-
tadqiqotlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, 
Markaziy Osiyo kabi berk suv havzasi hududida joylashgan mintaqalarda tarqalgan 
chuchuk suv baliqlarining tur tarkibi, oʻziga xos morfologik, fiziologik, biologik va 
ekologik xususiyatlarida farqlarni qiyosiy tahlil etishga ehtiyoj ortib bormoqda. Orol 
dengizi havzasida joylashgan daryolar ixtiofaunasining biologik xilma-xillik 
koʻrsatkichi boshqa hududlarnikiga nisbatan past bo‘lsa-da, lekin endemik 
taksonlarning yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bu oʻrinda, hayvonot dunyosi xilma-
xilligini asrash, ekotizim barqarorligini ta’minlashga qaratilgan tadqiqotlar muhim 
ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Respublikamiz suv havzalarining baliq faunasini tadqiq etish ishlari yildan-
yilga kengayib va rivojlanib bormoqda. Bu borada, jumladan, biologik xilma-
xillikni saqlash borasidagi tadqiqotlar, ekspeditsiyalar, mintaqa faunasini boyitishga 
qaratilgan izlanishlar har tomonlama qoʻllab-quvvatlanmoqda. Xususan, 2019-2028 
yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash 
strategiyasida
1
“…biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishni 
ta’minlash, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni rivojlantirish va kengaytirish, 
tabiiy ekologik tizimlarning tanazzulga uchrash sur’atlarini pasaytirish, hayvonlar 
va oʻsimliklarning kamyob va yoʻqolib borayotgan turlarini qayta tiklash” vazifalari 
belgilangan. Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda, jumladan, Surxondaryo suv 
havzalarida tarqalgan baliq faunasining xilma-xilligini aniqlash, ularning oʻzaro 
morfometrik va filogenetik munosabatlaridagi farqlarini oʻrganish orqali turlarni 
toʻgʻri aniqlash metodikasini takomillashtirish, kamyob, endemik va muhofazaga 
muhtoj turlarning tarqalish areallarini aniqlash va ularni saqlab qolish chora-
tadbirlarini ishlab chiqish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. 
Oʻzbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan 
foydalanish toʻgʻrisida” 2016-yil 19-sentyabrdagi OʻRQ-408-son Qonuni, 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “1992-yilda Rio-de-Janeyroda 
imzolangan Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi Konventsiyaga Oʻzbekiston 
1
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi “2019-2028-yillar davrida Oʻzbekiston 
Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasini saqlash toʻgʻrisida” 484-son Qarori.



Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida” 1995-yil 6-maydagi 82-I-son qarori hamda 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Hayvonot va oʻsimlik dunyosi 
obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat 
kadastrini yuritish toʻgʻrisida” 2018-yil 7-noyabrdagi 914-son va “2019-2028-yillar 
davrida Oʻzbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasini 
tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 11-iyundagi 484-son qarorlari hamda mazkur 
faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga 
oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. 

Download 1,73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli ilmiy kengash termiz davlat universiteti allayarov sirojiddin kamolovich

Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish