|
O‘z omborxonasi bo‘lgan model
|
bet | 95/201 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 4,94 Mb. | | #232599 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘z omborxonasi bo‘lgan model
Bu modelda Internet-do‘kon egasida mahsulotlari sotilidigan ombori bo‘ladi. Afzalligi shundaki, internet-do‘konning egasi xaridorlarga mollarni imkon qadar tezroq yetkazib beradi va yetkazib beruvchida tovarlarning mavjudligi bilan bog‘liq hech qanday cheklovlar bo‘lmaydi - internet-do‘kon egasi o‘z omborida nima saqlanishini aniq biladi .
Aralash model
Yuqorida sanab o‘tilgan modellarining gibrid modeli hisoblanadi.
2.6.3. Internet - auksion
Auksion (lotincha "auctio" dan - o‘sish) – ochiq tanlov savdolarida tovarlar va xizmatlarni sotish jarayonida ularning yakuniy narxlari belgilanadi.
Virtual yoki tarmoq auktsionlarining xususiyati shundaki, ular Internetda kim oshdi savdosi tashkilotchisining saytida o‘rnatilgan maxsus dasturlardan foydalangan holda o‘tkaziladi.
Internet auktsion (Onlayn kimoshdi savdosi) – bu Internetda auktsion hisoblanadi. Oddiy kim oshdi savdosidan farqli o‘laroq, bunday kim oshdi savdosida masofadan turib web-sayt yoki kim oshdi kompyuter dasturi orqali takliflarni joylashtirish orqali
qatnashish mumkin. Onlayn sotilgan tovarlarning narxi ishtirokchilarining talab asosida ochiq savdolar davomida belgilanadi.
Kim oshdi savdosining mohiyati shundan iboratki, narsa kim oshdi savdosi egasiga tegishli emas, u xaridor va sotuvchi o‘rtasida vositachi hisoblanadi.
E’lon taxtalardan, savdo maydonchalardan va internetdo‘konlardan farqli o‘laroq, kim oshdi savdosida narxni xaridor emas, balki sotuvchi tomonidan belgilanadi. Sotuvchi Internetauksion qoydalarini belgilaydi.
Onlayn - kim oshdi savdosida hamma narsa sotilishi mumkin: yer, oziq-ovqat va gullar, avtomobillar, qimmatli qog‘ozlar.
Onlayn- kim oshdi savdolari uzoq vaqt davomida (odatda 310 kun) o‘tkaziladi. Sotuvchi oldindan Internet-kim oshdi savdosini to‘gash vaqtini belgilaydi. Kim oshdi savdosi tugagandan so‘ng, xaridor tovarlar uchun pulni, sotuvchi esa tovarlarni xaridorga topshirishga majburdir.
|
| |