Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish” fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo'yicha uslubiy qo'llanma 5330500




Download 10,03 Mb.
bet29/32
Sana20.02.2024
Hajmi10,03 Mb.
#159348
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Рақамли қурилмаларни лойиҳалаш (Амалий)

Ishdan maqsad: Raqamli mantiqiy qurilmalarni loyihalashtirshda kod o'zgartiruvchilarni sxemasini tuzish va ishlashini o’rganish.

  1. Nazariy qism:

Raqamli-analog oʻzgartirgich (RAO’) va analog-raqamli oʻzgartirgich (ARO’) raqamli kattalikni unga proportsioanl boʻlgan elektr tok yoki kuchlanish koʻrinishidagi analog kattalikka oʻzgartirish uchun qoʻllaniladi.
Operatsion kuchaytirgich (OK) deb, analog signallar ustidan turli amallarni bajarishga moʻljallangan, differentsial kuchaytirish printsipiga asoslangan, kuchlanish boʻyicha katta kuchaytirish koeffitsiyentiga ega boʻlgan oʻzgarmas tok kuchaytirgichiga aytiladi. Bunday amallarga qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish, boʻlish, integrallash, differentsiallash, masshtablash kabi matematik amallar kiradi. Hozirgi kunda OK lar analog va raqamli qurilmalarda kuchaytirish, cheklash, koʻpaytirish, chastotani filtrlash, generatsiyalash, signallarni barqa-rorlashda qoʻllanilib kelmoqda. Buning uchun OK larga musbat va manfiy teskari aloqa (TA) zanjirlari kiritiladi. TA zanjirlari yordamida OK lar yuqorida qayd etilgan amallarni (operatsiyalarni) bajaradilar.
AROʻ larni tuzishning turli usullari mavjud boʻlib, amaliyotda maxsus kuchaytirgich va rezistorlarda bajarilgan sxema keng qoʻllaniladi. AROʻ vazifasini OK da bajarilgan jamlovchi kuchaytirgich bajarishi mumkin. Kirishlar soni oʻzgartirilayotgan ikkilik kodning razryadlari soni bilan aniqlanadi. K1-K4 kalitlardan har biri ochiq yoki berk holatda boʻlish mumkin. Soddalik uchun K4 K3 K2 K1 ikkilik kirish soʻziga ega boʻlgan toʻrtrazryadli RAOʻ ni koʻrib chiqamiz.
Mos razryadlardagi qarshilik qiymatlari 2 martaga farq qiladi. Bu holda, mazkur RAOʻ sxemasi 0 dan 15 gacha boʻlgan natural qator sonlarini ikkilik sanoq tizimdan oʻnlik sanoq tizimga oʻzgartiradi. Bunday oʻzgartirish mexanizmini koʻrib chiqamiz.
Jamlagich tomonidan bajarilayotgan amal, kirishdagi rezistorlarning berilgan qarshiliklari uchun quyidagi ifoda yordamida keltiriladi:


Demak, RAOʻ kirishidagi ikkilik sanogʻidagi bir uning chiqishida oʻnlik sanogʻidagi birga, ikki - ikkiga, ..., 15 esa, 15 ga mos keladi. RAOʻ registorlariga barharorlik va



nominal aniqligi boʻyicha jiddiy talablar qoʻyiladi. Ayniqsa AROʻ keng temperatura intervalida ishlaganda. Bir hil va proporsional qarshilikli rezistorlarni texnologik jihatdan rezistorli matritsali mikrosxemalar koʻrinishida yasash qulay. Shuning uchun rezistorli matritsali modifikatsiyalangan AROʻ keng tarqalgan variant boʻlib hisoblanadi. U ikki marotaba koʻp sonli rezistorlardan tuzilgan boʻlib, ular atigi ikki nominalga R va 2R teng boʻladi. Raqamli kodni boshqa usullarda kuchlanish va tokka oʻzgartiruvchi AROʻ lar ham mavjud.
2-rasmda keltirilgan AROʻ sxemasi, ikki marta integrallovchi yuqori aniqlikdagi AROʻ deb ataladi.






Download 10,03 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Download 10,03 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish” fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo'yicha uslubiy qo'llanma 5330500

Download 10,03 Mb.