36
III. KUCHAYTIRGICHLAR
Avtomatik
boshqarish sistemalari, radiotexnika, radiolokatsiya va
boshqa sistemalarda kichik qkuvvatli signallarni kuchaytirish uchun kuchay-
tirgichlardan foydalaniladi. Kichik quvvatli o`zgaruvchan signalning
parametrlarini bo`zmasdan doimiy kuchlanish
manbaining quvvati hisobiga
kuchaytirib beruvchi qurilma kuchaytirgich deb ataladi.
Kuchaytirgich qurilmasi kuchaytiruvchi element, rezistor, kondensator,
chiqish zanjiridagi doimiy kuchlanish manbai hamda iste’molchidan iborat.
Bitta kuchaytiruvchi elementi bo`lgan zanjir kaskad deb ataladi.
Kuchaytiruvchi element sifatida qanday
element ishlatishiga qarab
kuchaytirgichlar elektron, magnitli va boshqa xillarga bo`linadi. Ish rejimiga
ko`ra ular chiziqli va nochiziqli kuchaytirgichlarga bo`linadi. Chiziqli ish
rejimida ishlovchi kuchaytirgichlar kirish signalining uning shaklini
o`zgartirmasdan kuchaytirib beradi. Chiziqli bo`lmagan ish rejimida
ishlovchi kuchaytirgichlarda esa kirish signali ma’lum qiymatga erishganidan
so`ng chiqishdagi signal o`zgarmaydi.
Chiziqli rejimda ishlaydigan kuchaytirgichlarning
asosiy harakteris-
tikasi amplituda chastota harakteristikasi (AChX) dir. Ushbu harakteristika
kuchlanish bo`yicha kuchaytirish koeffitsiyentining moduli chastotaga
qanday bog’liqligini ko`rsatadi. AChX siga ko`ra chiziqli kuchaytirgichlar
tovush chastotalar kuchaytirgichi (TChK), quyi
chastotalar kuchaytirgichi
(KChK), yuqori chastotalar kuchaytirgichi (YuChK), syokin o`zgaruvchan
signal kuchaytirgichi yoki o`zgarmas tok kuchaytirgichi (UTK) va
boshqalarga bo`linadi.
Hozirgi vaqtda eng keng tarqalgan kuchaytirgichlar kuchaytiruvchi
element sifatida ikki qutbli yoki bir qutbli tranzistorlar ishlatiladi.
Kuchaytirish quyidagicha amalga oshiriladi. Boshqariladigan element
(tranzistor) ning kirish zanjiriga kirish signalining kuchlanishi (U
kir
) beriladi.
Bu kuchlanish ta’sirida kirish zanjirida kirish toki hosil bo`ladi. Bu kichik
kirish toki chiqish zanjiridagi tokda o`zgaruvchan ‘tashkil
etuvchini hamda
boshqariladigan
elementning
chiqish
zanjiridagi
kirish
zanjiridagi
kuchlanishdan ancha katta bo`lgan o`zgaruvchan kuchlanishni hosil qiladi.
Boshqariladigan elementning kirish zanjiridagi tokning chiqish zanjiridagi
tokka ta’siri qancha katta bo`lsa, kuchaytirish xususiyati shuncha kuchliroq
bo`ladi. Bundan tashqari chiqish tokining chiqish kuchlanishiga ta’siri
qancha katta bo`lsa, (ya’ni R
i
katta), kuchaytirish shuncha kuchliroq bo`ladi.
3.1- rasmda umumiy emmiterli (UE) kuchaytirish kaskadining sxemasi
hamda kirish va chiqish harakteristikalari ko`rsatilgan.
Kuchaytirish
37
kaskadlari UE, UB, UK sxemalar bo`yicha yig’iladi. Umumiy kolletorning
(UK) sxema tok va quvvat bo`yicha kuchaytirish imkoniyatiga ega. Bunga
K
i
1.
Sxema, asosan, kaskadning yuqori chiqish qarshiligini kichik qarshilikli
iste’molchi bilan moslash uchun ishlatiladi va emmiterli takrorlagich deb
ataladi. Umumiy bazali (UB) sxema bo`yicha yig’ilgan
kaskadning kirish
qarshiligi kichik
bo`lib, kuchlanish va quvvat bo`yicha kuchaytirish imkoniyatiga ega.
Bunda K
I
1.