41
Ish nuqtasining kirish harakteristikasida qanday joylashishiga qarab
kuchaytirgichlar A, V, va AV rejimlarda ishlashi mumkin. 3.3-rasmda
kuchaytirgichning ish rejimlariga oid grafiklar ko`rsatilgan. A rejimda,
asosan, boshlang’ich kuchaytirish kaskadlari ishlaydi. Bu rejimda
ishlaydigan kaskadning bazaga berilgan siljish kuchlanishi (U
beo
) ish
nuqtasining dinamik o`tish harakteristikasi chiziqli qismining o`rtasida
joylashishini ta’minlab beradi.
Bundan tashqari, kirish signalining amplitudasi siljish kuchlanishidan
kichik (U
kir
U
beo
) bo`lishi va boshlang’ich kollektor toki I
ko
chiqish toki
o`zgaruvchan ‘tashkil etuvchisining amplitudasidan katta yoki tengligi (I
ko
I
kt
) shartiga amal qilinadi. Natijada kaskadning kirishiga sinusoidal
kuchlanish berilganda chiqish zanjiridagi tok ham sinusoidal qoida bo`yicha
o`zgaradi. A rejimda signalning chiziqli bo`lmagan
buzilishlari eng kam
bo`ladi. Ammo kuchaytirgich kaskadining mazkur rejimdagi foydali ish
koeffitsiyenti 20-30% dan oshmaydi.
V rejimda ish nuqtasi shunday tanlanganki, bunda osoyishtalik toki
nolga teng bo`ladi (I
ko
=0). Kirish zanjiriga
signal berilganda chiqish
zanjiridan signal o`zgarish davrining faqat yarmidagina tok o`tadi. Chiqish
toki impulslar shaklida bo`lib. ajratish burchagi
2
bo`ladi. V rejimda
chiziqli bo`lmagan buzilishlar ko`p bo`ladi. Lyokin
bu rejimda kaskadning
FIK 60-70% ni ‘tashkil qiladi. Mazkur rejimda, asosan ikki taktli quvvatli
kaskadlar ishlaydi.
3.3-rasm. Kuchaytirgichning ish rejimlariga oid grafiklar
AV rejimi A va V rejimlar oralig’idagi rejim bo`lib, chiqishda katta quv-
vat olish, shuningdek chiziqli bo`lmagan buzilishlarni kamaytirish maqsadida
qo`llaniladi.