• Suniy intellektning amaliy sohalari tahlili.
  • Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali “kompyuter injiniringi”




    Download 381.18 Kb.
    bet1/3
    Sana20.11.2023
    Hajmi381.18 Kb.
    #101772
      1   2   3
    Bog'liq
    MI 1 Mansurova Zarina
    9nformati nazorat ishi., detalization three days 210, Namangan muhandislik -texnologiya instituti, 1-sherek esabati, 7-klass Zoologiya Olimpiada, MM va TX Xavfli sharoitda shamollatishni qo\'llash tadbirlari, BOSHLANG\'ICH SINFLARDA TINISH BELGILARINI O\'RGATISH METODIKASI.., 616 4- New Total English Pre-Intermediate. Workbook 2011, 92p, MI 1 Mansurova Zarina Anvar qizi, asbobwunoslik javob, geo.mus iw 3, Qayumova Pokiza Hasan qizi, билд, BILET


    RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI “KOMPYUTER INJINIRINGI” FAKULTETI
    MKI 11-22 GURUH MAGISTRANTINING “SUN’IY INTELLEKT VA NEYRON TARMOQLARI FANIDAN TAYYORLAGAN

    Bajardi: Mansurova Z
    Qabul qildi: Yaxyayev S
    Reja:

    1. Sun’iy intellektning amaliy sohalari tahlili.

    2. Intellektual agentlrning turlari

    3. Qidiruv algoritmlari va optimallashtirish masalalari

    Sun'iy intellektning amaliy sohalari tahlili. SI ning qo`llanilish sohalariga quyidagilar kiradi:
    ▪ Teoremalarni isbotlash;
    ▪ O`yinlar;
    ▪ Timsollarni tanib olish;
    ▪ Qaror qabul qilish;
    ▪ Adaptiv (moslashuvchan) dasturlash;
    ▪ Mashinada musiqalarini bastalash;
    ▪ Tabiiy tilda ma’lumotlarni qayta ishlash;
    ▪ O`qituvchi tarmoqlar (neyrotarmoqlar);
    ▪ Og`zaki kontseptual o`qitish.
    NTlar quyidagi sohalarga qo’llanilmoqda: timsollarni tanib olish, ma’lumotlarni ishlash, timsollardagi ma’lumotlarni to’ldirish, assosiativli qidiruv, sinflash, optimallashtirish, bashoratlash, tashxis qo’yish, signallarni ishlash, jarayonlarni boshqarish, ma’lumotlarni segmentlash, ma’lumotlarni siqish, murakkab jarayonlarni boshqarish, mashinali ko’rish, nutqlarni tanish va h.k. Hozirgi vaqtda har bir predmet sohada NTli masalalarni topish mumkin. Iqtisod va biznes. Bozorlar va banklarning sinishini oldindan aytish, avtomatik diling, kreditlarni qaytarmaslikning oqibatini baholash, ko’chmas mulk narxini baholash, avtomatik reytinglash, buyum va pulli oqimlarni optimallashtirish, chek va shakllarni hisoblashni avtomatlashtirish kabi masalalarni yechishda qo’llaniladi. Misol: yirik savdo shaxobchalarida ma’lumotlarning katta oqimimini tahlil qiluvchi NTli vosita
    Tibbiyot. Bu sohada tibbiy tasvirlarni ishlash, bemorlarning holatini
    monitoring qilish, tashxis qo’yish, davolashni samaradorligini faktotli tahlil qilish,
    davolashni nazorat qilish kabi masalalar yechiladi. Misol: ko’z qatlami tomirlaridagi melonomlarni oldindan tashhislash tizimi
    Аvionika. Bu sohada o’rgatuvchi avtomatlar, radar signallarini anglab olish, kuchli shikastlangan samolyotda uchish apparatini boshqarishga moslashish kabi masalalar yechiladi. Misol: Samolyotning qanday shikastlanish turidan qat’iy nazar real vaqt rejimida uchishni avtomatik rejimga o’tkazish.
    Aloqa. Bu sohada bideoaxborotlarni siqish, tez kodirovka-dekodirovkalash,
    sotkali tarmoqlarni va paketlarni marshrutlash sxemalarini optimallashtirish kabi masalalar yechiladi. Misol: ranglarni 240:1 darajada qisish orqali kodlashtirishning maxsus sxemasi
    Internet. Bu sohada axborotlarni assotsiativ qidiruv, elektron kotibalar va
    tarmoqlardan foydalanuvchi agentlar, tizimlarda axborotlarni filtrlash, manzilli reklama, elektron savdo uchun manzilli marketing kabi masalalar yechiladi. Misol: alohida neyroagentlar ko’rinishidagi foydalanuvchilarning kasbiga qiziqishlarini va foydalanishlarini ta’minlovchi AGENTWARE tizimi (neyrokotibalar) .
    Siyosiy texnologiyalar. Bu sohada sotsiologik so’rovlarni tahlil qilish va
    umumlashtirish, reytinglarni tashhislashni oldindan aytish, muhim faktorlarni
    ajratib olish, aholining sotsial dinamikasini vizuallashtirish kabi masalalar yechiladi.
    Xavfsizlik va qo’riqlash tizimlari. Ushbu sohada shaxsni anglab olish, shaxs ovozini va yuzini tanib olish, avtomobillarning tartib raqamini tanib olish, aerokosmik rasmlarni tahlil qilish, axborot oqimlarni monitoring qilish, yasama(imzo, rasm, so’z, chek va h.k.)larni aniqlash kabi masalalar yechiladi. Misol: yasama cheklarni aniqlash tizimi (Tearing up the Rules, Banking
    Technology, noyabr 1993). Axborotlarni kiritish va ishlash. Ushbu sohada qo’lyozma cheklarni ishlash, imzolarni, barmoq izlarini va ovozlarni aniqlash, kompyuterga iqtisodiy va soliq xujjatlarini kiritish kabi masalalar yechiladi. Misol: to’lov xujjatlarini va soliq deklaratsiyalarini avtomatik kiritish va anglab olish uchun Flex Read seriyali paketlar. Rossiyada YU.I.Juravlev ilmiy raxbarligida RASPOZNAVANIE dasturiy tizimi ishlab chiqilgan boʻlib, undagi dasturlar bibliotekasi chiziqli, mantiqli, statistik, neyrotoʻrlar, bashoratlashning gibrid usullari, bashoratlash usullari, sinflash va pretsedentlardan bilimlarni olish, hamda bashoratlash va sinflashning uyushgan usullari bilan ta’minlangan. RASPOZNAVANIE tizimi tarkibiga kiruvchi dasturiy paketlar (PARK, OBRAZ, DISARO, LOREG va TaxonSearch) koʻplab amaliy masalalarni yechishda qoʻllanilgan va amaliyotga tadbiq etilgan:
    Biznes va va moliya sohasida:
    ▪ kvartiralarning narxini baholash;
    ▪ kreditli kartochkalarni nazorat qilishda;
    ▪ harakatdagi obyektlarni tanib olishda.
    Tibbiyotda va sogʻliqni saqlash sohasida:
    ▪ aholini yoshi boʻyicha klasterlashda;
    ▪ koʻkrak rakini aniqlashda;
    ▪ insultga tashxis qoʻyish;
    ▪ yurak tomirlariga tashxis qoʻyish;
    ▪ sariq kasalligini bashoratlash;
    ▪ qandli diabet kasalligini bashoratlash;
    Texnik tashxis qoʻyish sohasida:
    ▪ dvigatellarning yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlashda;
    ▪ texnik qurilmalarning holatini nazorat qilishda.
    Qishloq xoʻjaligi sohasida:
    ▪ ekin maydonlarining holatini aniqlashda;
    ▪ mevalarni oʻlchoviga qarab taxlashda.
    Geologiya sohasida:
    ▪ kam uchraydigan metallar va neft qazilmalarini aniqlash.
    ▪ foydali qazilmalarining holatini aniqlash.
    Tasvirlarni qayta ishlash sohasida:
    ▪ qoʻlyozma raqamlarni, harflarni va simvollarni tanib olish;
    ▪ shaxs imzolarini tanib olish;
    ▪ biometrik belgilar – barmoq izlari, qoʻl, yuz, quloq, koʻz tasvirlarini tanib
    olish;

    ▪ tasvirlar ketma-ketligida dinamikani segmentlash va tanib olish.


    Exspert tizim(ET)lar – bu SI ning amaliy tizimlari bo’lib, ular biror bir

    predmet sohadagi exspertlarning empirik bilimlari asosida shakllantirilgan


    bilimlarga asoslanadi. ETlar exspertlar soni kam bo’lganda, masalani yechishda
    yetarli operativlik holati yetishmaganda yoki exspertlar uchun havfli va
    sog’lig’iga zarar etkazuvchi sharoitlarda qo’llaniladi. ETlar yordamida yechiladigan masalalar sinfiga quyidagilarni kiritish mumkin: tashxislash, bashoratlash, tanib olish, boshqarish, loyihalash, monitoringlash.
    ETlardan foydalaniladigan faoliyat sohalariga quyidagilarni kiritish

    mumkin: tibbiyot, hisoblash texnikasi, harbiy ishlar, mikroelektronika,


    radioelektronika, huquqshunoslik, iqtisod, ekologiya, geologiy (foydali qazilmalarni qidiruv), matematika.
    Ishlab chiqarishda, harbiy sohada, informatikada, kompyuter tizimlarida,

    elektronikada keng va samarali qo`llanilayotgan ETlarga misollar [14, 44, 53, 57]:


    DENDRAL – murakkab organik molekulalar strukturalarini tanish uchun ET;
    MOLGEN – DNK strukturasini aniqlovchi ET;
    XCON – VAX 11 hisoblash komplekslarini loyihalashtiruvchi ET;
    MYCIN – ichak kasalliklariga tashxis qo`yuvchi ET;
    PUFF – sil kasalligiga tashxis qo`yuvchi ET;
    MACSYMA – algebraik ifodalarni soddalashtiruvchi ET;
    YES/MVS – katta EHM dagi katta razryadli MVS operatsion tizimlarni
    boshqaruvchi ET;
    PROSPECTOR – foydali qazilmalarni topishda maslahat beruvchi ET;
    POMME – mevali bog`larga qarashga maslahat beruvchi ET;
    AIRPLANE – samolyot yerga qo`nishida uchuvchiga yordam beruvchi ET;
    ESPLAN – Baku neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarishni
    rejalashtiradigan ET;
    MODIS – gipertonik kasalliklarning turli shakllariga tashxis qo`yuvchi ET;
    MIDAS – energetik tizimlarda ishdan chiqish holatlarini aniqlash va tuzatish uchun ET;
    NetWizard – lokal tizimlarni loyihalovchi ET;
    ACES - xaritada o`zgarish kiritish bo`yicha kartografik ishlarni amalga
    oshiradigan ET;
    ASTA - analitikka tutuvchi signalni jo`natgan radar turini aniqlashga yordam
    beradigan ET;
    DART- raqiblarning buyruq beruvchi markazlari, boshqaruvi va
    aloqalarining razvedka qilinganida olingan natijalarni qayta ishlashga yordamlashadigan ET;
    HANNIBAL- raqibning radioalmashish razvedkasi sohasida vaziyatnibaholashni amalga oshiradigan ET;
    I&W - razvedkadagi analitiklarga keyingi qurolli to`qnashuv qachon va
    qayerda bo`lishini bashorat qilishida yordamlashadigan ET;
    RUBRIC – foydalanuvchiga formatlanmagan matnlarni o`zida
    mujassamlashtirgan MBga kirish huquqini olishga yordam beradigan ET;
    CODES – MBni ishlab chiquvchi mutaxassisga, MBning kontseptual
    sxemasini aniqlash uchun IDEF1 yondashuvni qo`llashni istayotgan mutaxassisga yordamlashadigan ET;
    MIXER - Texas Instruments SBIS TI990 uchun ishlab chiqilgan
    mikrodasturlarni yozishda dasturchilarga ko`maklashadigan ET;
    ACE - telefon tarmog`idagi nosozliklarni aniqlashda, uni sozlash va tiklash
    chora tadbirlari bo`yicha tavsiyalar beradigan ET.



    Download 381.18 Kb.
      1   2   3




    Download 381.18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali “kompyuter injiniringi”

    Download 381.18 Kb.