• Mualliflar
  • Hurmatli onalar, otalar, buvilar va bobolar, pedagoglar!
  • Раскраска uz indd




    Download 15.19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana22.10.2023
    Hajmi15.19 Mb.
    #89683
      1   2
    Bog'liq
    Sayyoramizni asrang!
    Boymamatova Rayhona Abduhalil qizi, erkin-iqtisodiy-hududlarni-tashkil-etishda-jahon-tajribasi, H , 1. Пул ва банклар НЎД, KOSMONAVTIKA KUNI, kllqNsMrYUpx59jvw5Q9TAFI6iBIlR1COmUr54Nc, Mavzu Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fan sifatida, McDonald\'s kompaniyasi, 1 Algoritm murakkabligini statik va dinamik o‘lchovlari Vaqt va, 1701192845, EVTANAZIYA VA PALLIATIV YORDAM ETIK MUAMMOLAR SIFATIDA, Talabalardagi psixologik stress holatini yengishning tarbiyaviy -fayllar.org, Talabalardagi psixologik stress holatini yengishning tarbiyaviy -fayllar.org (1), 1 Aylantiruvchi moment formulasini korsating?-fayllar.org


    3
    3+
    bo yash kitobi uchun texnik vazifa



    4
    Mualliflardan: ushbu boʻyash kitobi 3 dan 7 gacha maktab yoshidagi bolalar uchun 
    moʻljallangan boʻlib, maqsadi ekologik ta’lim-tarbiya boʻyicha bilimlar berish hisoblanadi. 
    Biz ushbu kitobga bolalar uchun ekologik materiallarni jamladik.
    Bolalar uchu atalgan ushbu boʻyash kitobi ustida ishlash jarayonida oʻz tavsiyalarini 
    taqdim etgan pedagoglar va MTM tarbiyalanuvchilarining ota-onalariga chuqur 
    minnatdorlik izhor etamiz. 
    Mualliflar: Grosheva I.V., Kuryayeva I.V., Nekrasova Ye.А.
    Taqrizchilar:
    Boboyeva D.R.
    Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogik texnologiyalar kafedrasi 
    professori, pedagogika fanlari nomzodi
    Jumaniyazova Z.R.
    Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika va psixologiya 
    kafedrasi pedagogi
    Odilova D.A 
    Toshkent shahar 309-son davlat maktabgacha 
    ta’lim tashkiloti metodisti
    “Yer sayyorasi – bizning umumiy uyimiz” parsial dasturiga muvofiq ravishda yaratilgan 
    boʻyash kitobi maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va mutaxassislarini qayta 
    tayyorlash va ularning malakasini oshirish Instituti Ilmiy uslubiy kengashining qarori bilan 
    tasdiqlangan (Bayonnoma № 6 “17” may 2022 yil), Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha 
    ta’lim vazirligining Muvofiqlashtiruvchi kengashi va chop etishga tavsiya etilgan 
    (Bayonnoma № 2 “27” may 2022 yil).


    1
    Hurmatli onalar, otalar, 
    buvilar va bobolar, 
    pedagoglar!
    Soʻnggi paytlarda ekologiya mavzusi aql bovar qilmas darajada dolzarb, hattoki, 
    urfga kirgan deyish ham mumkin. Soʻzma-soʻz tarjimada ekologiya uy haqidagi fan degan 
    ma’noni bildiradi, ammo umumiy olib qaraganda, bu tushuncha chuqur mohiyatga ega. Bu 
    fan bolalarga tabiatni asrashni oʻrgatadi. Bolalar chiqindi tashlashlari emas, yigʻishlari 
    kerak. Hayvon va oʻsimliklarga ziyon yetkazmasdan, ularni ehtiyot qilishlari lozim. 
    Ekologiya odamlarga nafaqat atrof-muhitni asrab-avaylash, balki uni ifloslantirmaslik 
    uchun mumkin boʻlgan barcha ishni qilishga oʻrgatadi. Biz bu jamlanmada bolalar bilan 
    birgalikda boʻyash orqali ularning ekologik bilimlarini mustahkamlash uchun ekologiyaga 
    oid suratlarni yigʻdik. 
    “Sayyoramizni asra!” boʻyash kitobi EXHT ning “Maktabgacha yoshdagi bolalarning 
    ekologik ta’limi” loyihasi doirasida Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ishlab 
    chiqilgan va 3 dan 7 gacha maktabgacha yoshdagi bolalar uchun moʻljallangan “Yer 
    sayyorasi – bizning umumiy uyimiz” parsial dasturiga ilova hisoblanadi. 
    Kitob 3 boʻlimdan iborat: “Notirik tabiat”, “Jonli tabiat”, “Insonning tabiat bilan 
    oʻzaro ta’siri” va “Ekologik xavfsizlik”. Har bir bet mavzuga oid kompozitsiyalar va 
    ekologiya yoʻnalishidagi belgilardan iborat. 
    Boʻyash davomida bolalar atrofimizdagi olamning qanchalar xilma-xil va chiroyli 
    ekanligini bilib oladilar va tabiatga, uning boyliklariga ehtiyotkorona munosabatda 
    boʻlish haqidagi olingan bilimlarni mustahkamlaydilar. Boʻyash kitobi bolalarni goʻzal 
    olamga qoʻshilishga, atrof-muhit bilan ehtiyotkorona munosabatda boʻlish va sogʻlom 
    turmush tarzining zaruriyatini tushunishga, qoʻl motorikasi, ijodiy qobiliyat, estetik 
    didni shakllantirishga yordam beradi. 
    Boʻyash kitobiga boʻyoq, qalam va flomasterda chizish mumkin. 
    Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi har bir bolaning rivojlanishi va 
    salohiyatini toʻliq yuzaga chiqarish uchun ularning sifatli ta’limi va huquqlariga katta 
    ahamiyat bermoqda. Har bir bola muvaffaqqiyatga erishishi mumkin, ammo buning uchun 
    bilim va bizdan – bolalar bilan shugʻullanadigan kattalardan qoʻllab-quvvatlash talab 
    etiladi. 
    Oʻzingiz va farzandlaringiz tasavvurlarining keng qanot yozishiga imkon bering. 
    Keling, asosiy qoidaga amal qilamiz: “Bolaning qanotini qirqma. Kun kelib, qanot 
    yozganda, senikini pastlashiga yoʻl qoʻymaydi!”. Ushbu boʻyash kitobida biz taklif 
    etayotgan vazifa va harakatlar roʻyxatiga yangi gʻoyalarni qoʻshing. 
    Umid qilamizki, bu kitob bolalaringizga nafaqat ekologiya haqidagi tasavvurlarni 
    tizimlashtirishga, balki olingan bilim, hunar va malakalarni hayotda qoʻllashlariga ham 
    yordam beradi. 

    Download 15.19 Mb.
      1   2




    Download 15.19 Mb.
    Pdf ko'rish