• Darsning rivojlantiruvchi maqsadi
  • Darsda foydalaniladigan texnologiy
  • Darsning borishi: I. Tashkiliy qism
  • III.Yangi mavzu.
  • Rasulova zilola durdimurotovna o‘quv jarayonini takomillashtirishda pedagogik tizim mazmun va mohiyati




    Download 1,09 Mb.
    bet26/37
    Sana13.06.2024
    Hajmi1,09 Mb.
    #263494
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
    Bog'liq
    Buxoro davlat universiteti

    Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarni duradgorlikda ishlatiladigan o`yuvchi asboblardan foydalanib, yog`ochni qo`lda o`yishni o`rgatish
    Darsning tarbiyviy maqsadi: O`quvchilarni duradgorlikda ishlatiladigan o`yuvchi asboblarni kundalik hayotimizdagi ahamiyti. Ish o`rnini toza saqlash va gigiyena qoidalariga rioy qilishga o`rgatish.
    Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Yog`ochlarni o`yishni turli xil usullarini o`rgatish, o`quvchilar ijodkorligini o`stirish.
    Darsni jihozlash: “Qoshiqcha yasash” uchun texnologik xarita, duradgorlikda ishlatiladigan o`yuvchi asboblar (iskana, bolg`a, arra, qisqich va boshqalar)
    Darsda foydalaniladigan texnologiy: Hamkorlikda o`qitish texnologiysi
    Dars metodi: “Suhbat”, “Videotopishmoq” (o`quv fil`mi, 5-7daqiqalari), “Arra” metodi.
    Shakllantiriladigan kompetensiyalar: Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish. Umummadaniy. Kommunikativ. Axborot bilan ishlash. Matematik savod-xonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish. Xavfsiz mehnat usullarini bajarish. Texnologik ma`lumotlarni o`rganish, tahlil qilish va amaliyotda qo`llay olish.Mahsulotlarni loyihalash va tayyorlay olish. To‘g‘ri va ongli kasb tanlashga doir layoqatga ega bo‘lish.


    Darsning borishi:
    I. Tashkiliy qism:
    O`quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish
    II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash “Videotopishmoq” metodidan foydalaniladi. Bunda o`quvchilar e`tiboriga “Yog‘och o‘ymakorligi” san`ati bo`yicha uning mohiytini tasviriy yoritishga yordam beruvchi izohlarsiz bir necha videolavha namoyish etiladi;
    - o`quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganligini izohlaydilar;
    - jarayonlarning mohiytini daftarlariga qayd etadilar;
    - o`qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob beradilar.
    III.Yangi mavzu.
    Yog`och detallarni tayyorlashda to`g`ri to`rt burchakli ochiq va yopiq, o`lchami hamda shakli har xil bo`lgan o`yiqlar hosil qilishga to`g`ri keladi. Ana shu ishlar kesuvchi va o`yuvchi iskanalar bilan bajariladi. Detallarni o`yishda asosan trapetsiy shakldagi o`yuvchi iskana ishlatiladi. Bunday iskanalar uglerodli asbobsozlik po`latidan yasaladi. Dastak yorilib ketmasligi uchun unga po`lat halqa kiydiriladi. Kesuvchi iskananing tig`i 25-30 gradius burchak hosil qilib charxlanadi. Ishlanganyog`och qanchalik qattiq bo`lsa, o`yuvchi va kesuvchi iskananing o`tkirlik burchagi shuncha katta bo`lishi lozim. O`yuvchi iskana asosan ensiz va chuqur o`yiqlar hosil qilishda ishlatiladi.
    Kesuvchi iskanalar tekis va yarim doira shaklida bo`ladi.
    O`yuvchi va kesuvchi iskanalar bilan ishlashda metall bolg`alardan emas, balki yog`och bolg`alardan yani to`qmoqlardan foydalaniladi.
    O`qituvchining kichik ma`ruzasi tugagandan so`ng, o`quvchilarga “Arra” metodi tushuntirilib, topshiriqlar beriladi.

    Download 1,09 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




    Download 1,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rasulova zilola durdimurotovna o‘quv jarayonini takomillashtirishda pedagogik tizim mazmun va mohiyati

    Download 1,09 Mb.