261
Kriptovalyutalarning RDP-mayning usuli kapital qo’yilmalarni asta-
sekin ko’paytirishni ko’zda tutadi. Pullarni bosqichma-bosqich
ko’paytirish yoki olingan dividentlarni reinvestitsiya qilish ham
mumkin.
Mayningning bulutli platformalarida boshlag’ich bonusni tekinga olish
imkoniyati ham bor. Ushu bonus katta emas,
ammo ishni boshlash uchun
yetadi. Bu xolat esa reklama ro’lini o’ynab, mayning jarayoniga yangi
kriptovalyutachilarni jalb qilishga yordam beradi. RDP-mayningda birlamchi
bonusning miqdori bir ming dogikoin atrofida bo’ladi. Foydalanuvchi
mayning faoliyatini boshlash uchun akkauntni faollashtirishi va bonusni
hisoblash quvvatiga almashtirishi kerak. Shundan so’ng
esa virtual pullarni
ishlash jarayonini boshlash mumkin bo’ladi. Hisoblash quvvatining minimal
hajmi bir AQSH dollarida tengdir. Mayning jarayonini boshlashdan avval,
RDP-servisda qanday kriptovalyuta mayningi balan shug’ullanishingi zni hal
qilib olishingiz kerak bo’ladi. O’z xoxishingizga ko’ra, bitkoin, dogikoin,
bitcash, ethirium yoki laytkoinni tanlashingiz mumkin.
Agarda yangi
hisoblash quvvatlari sotib olsangiz, elektron hamyoningiz yanada tezroq
virtual pullarga to’la boshlaydi. Virtual pullarni tizimdan chiqarib olish
uchun foydalanuvchi o’zining virtual hamyoni nomerini ko’rsatishi
kerak
bo’ladi. Pullarni tizimdan chiqarish bir necha kun davomida amalga
oshadi.Shuni ham qo’shimcha qilish lozimki, mablag’ sarf qilmasdan turib,
virtual pullarni mayning qilish qonun bo’yicha ta’qiqlanmagan, ammo bunda
keyinchalik firibgarlarning tuzog’iga tushib qolmaslik
chora-tadbirlarini
ko’rib qo’yish maqsadga muvofiq bo’ladi. Avvalo tegishli forumlar orqali u
yoki bu mayning loyihasi haqida ma’lumotlar yig’ish va tegishli hulosalar
chiqarish kerak bo’ladi. Shuni ham aytish kerakki, katta mablag’ sarf
qilmasdan turib kriptovalyutalar generatsiya qilish uchun eng ma’qul
variant
bulutli taxnologiyaga asoslangan mayning hisoblanadi. Internetda ajratilgan
bonus tufayli kriptovalyutalar mayningini boshlang’ich pul mablag’lari sarf
qilmasdan turib boshlashga imkon beradigan bir qancha imkoniyatlar mavjud,