• 7-BOB. KRIPTOVALYUTALAR BOZORIDAGIELEKTRON TIJORAT 7.1.Kriptovalyutalar elektron tijoratining rivojlanishi
  • -Bob uchun savollar va topshiriqlar




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet176/414
    Sana30.05.2024
    Hajmi5,77 Mb.
    #257728
    1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   414
    Bog'liq
    Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

    6-Bob uchun savollar va topshiriqlar: 
    1.
     
    Elektron tijoratning qanday muammolari mavjud va ular qanday hal 
    qilinishini tavsiflab bering; 
    2.
     
    Elektron savdoga bo’lgan asosiy tahdidlar nimalardan iboratligini 
    misollar nilab tushuntiring; 
    3.
     
    Elektron tijoratdagi iqtisodiy firibgarliklar nimalardan iborat 
    ekanligini aytib bering; 
    4.
     
    Elektron tijoratdagi ba’zi bir firibgarlik usullari haqida misollar 
    keltiring; 


    256 
    5.
     
    Elektron tijoratdagi firibgarloiklardan himoyalanishning konkret 
    usullari nimalardan iborat? 
    6.
     
    Elektron tijoratda havfsizlikni ta’minlash uchun qanday tavsiyalar 
    berish mumkin? 
    7-BOB. KRIPTOVALYUTALAR BOZORIDAGIELEKTRON 
    TIJORAT 
    7.1.Kriptovalyutalar elektron tijoratining rivojlanishi 
    Elektron tijorat rivojlangan sayin insonlarning “
    uzoqlardan-masofadan 
    turib
    ” elektron pullar to’lashlariga to’g’ri kela boshladi. Bunda pulni 
    masofadan turib qo’ldan qo’lga berishning esa umuman iloji yo’q. Shuning 
    uchun ham pullarni bir insondan ikkinchisiga masofadan turib o’tkazish 
    jarayonida o’ziga hos vositachilarga, ya’ni, elektron to’lov tizimlari, bank 
    yoki kur’yerlarga murojaat etish kerak bo’ladi. Har qanday vositachi esa 
    bajarayotgan pul o’tkazmalariga bog’liq bo’lgan operatsiyasi uchun 
    qandaydir to’lov olib qoladi, chunki hech kim tekinga ishlashni istamaydi. 
    O’tkazilayotgan pul miqdori qancha ko’p bo’lsa, vositachiga bo’lgan 
    to’lovlar tufayli pulni yo’qotish ham shunchalik ko’p bo’ladi, albatta. 
    Axborot texnologiyalari va elektron savdo rivojlangani sari ko’pchilik 
    odamlar pul o’tkazmalari bilan bog’liq harajatlarni kamaytirish borasida 
    o’ylanib qolishdi, ya’ni, qanday qilib ushbu harajatlarni kamaytirish va pul 
    o’tkazmalarining foydali ish koeffitsientini iloji boricha yuz foizga oshirgan 
    xolda elektron biznesni yuritish mumkin? Bu borada turli xildagi taklif va 
    mulohazalar juda ko’p edi, lekin ularning barchasi bir qancha sabablarga 
    ko’ra rad etildi.Chunki tovar va hizmatlar oldi-sottilaridagi vositachilarga 
    bo’lgan to’lovlarni olib tashlaganda ham, turli-tuman firibgarlardan qanday 
    himoyalanish ya’ni, pulni aynan Siz o’tkazganingiz yoki uni olganingizni 
    qanday isbotlash mumkin? Bu muammoning yechimi 2009-yillarda Satoshi 
    Nikamoto deb nomlangan shaxs yoki shahslar guruhi tomonidan murakkab 
    kriptografik matematik hisob-kitoblar natijasida ishlaydiganYangielektron 


    257 
    to’lov tizimini ommaga taqdim etgandan so’ng topildi. Bunday to’lovlarni 
    amalga oshirishda ishlatiladigan pul birligining nomi esa 
    bitkoin
    deb ataldi. 
    Bitkoin kriptografik elektron pul birliklari maxsus elektron hamyonlarda 
    saqlanib, bunday hamyonlarga pul tushirish va ularni turli xil maqsadlarda 
    ishlatish mumkin. Biror-bir bitcoin-hamyon hisobidan qancha elektron pul 
    ketgani yoki unga kelganini aniqlash uchun, mutaxassislar bir hamyondan 
    yoki boshqa manzildan ushbu elektron hamyonga qancha bitkoinlar kelganini 
    barchaga ochiq xolda ko’rsatishni taklif etdilar. Ya’ni, siz kriptovalyuta 
    tarmog’iga ulanganingizda, barcha bitcoinlar oldi-sotdisini aniq va ravshan 
    ko’rishingiz va kuzatishingiz mumkin bo’ladi. Shuningdek, barcha bitkoin 
    hamyonlar anonimdirlar (
    ya’ni, hamyonning egasikim ekanligi aytilmaydi
    ), 
    shuning uchun ham Sizning tanishingiz qaysi hamyon uniki ekanini aytmagan 
    bo’lsa, Siz hech qachon bu haqida bila olmaysiz.Tizimdagi hisob-kitoblarni 
    muntazam ravishda amalga oshirib borish kerakligi tufayli, bitcoinlarning 
    ma’lumotlar bazasi tezkor ishlashi uchun katta quvvatli zamonaviy 
    kompyuterlar kerak bo’ladi. Bunday quvvatli komp’yuterga ega bo’lish
    uchun minglab kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulash talab etiladi. Bu 
    kompyuterlar 
    foydalanuvchilarning 
    komp’yuterlari 
    ham 
    bo’lishi 
    mumkinalbatta. Ulardan biri esa istagingizga ko’ra Sizning komp’yuteringiz 
    bo’lishi ham mumkin. Agarda foydalanuvchi, o’z kompyuteri videokartasi 
    quvvatini tegishli dasturlardan foydalangan xolda bitcoin tizimini qo’llab-
    quvvatlash uchun taqdim etsa, bu yordami uchun unga o’sha bitcoin 
    valyutasining o’zida mukofot berishadi. Bunday pul topish usuli esa 

    mayning
    ” deya nom olgan.Quyida zamonaviy kriptovalyutaning afzallik va 
    kamchiliklar tomonlarini keltirib,ularga izoh beramiz: 

    Chegaralangan
    . Kriptovalyuta yaratilgan algoritmga asosan, ja’mi 21 
    milliontagacha bitcoin topish mumkin, bundan so’ng esa bitkoin 
    yetishtirish to’xtatiladi. Buning oqibatida nima bo’lishini hech kim
    bilmaydi, agarda moliyaviy portlash bo’lmasa, kriptovalyuta 


    258 
    muomalada qoladi va vaqti-vaqti bilan o’z kursini o’zgartirib 
    turaveradi.

    To’liq mahfiylik
    . Bitcoin-hamyonning raqamlari orqali uning egasi kim 
    ekanligini bilib bo’lmaydi, buning oqibatida esa noqonuniy pul 
    aylantirish va firibgarlikka yo’l ochiladi.

    Ta’minlanmaganlik
    . Kriptovalyuta, real pullarga o’xshab, doimiy 
    rezerv bilan ta’minlanmagani va bu bilan bog’liq boshqa sabablarga 
    ko’ra, bitcoin kursi kutilmaganda to’liq nolga tushib ketishi ham hech 
    gap emas. 

    Rasmiy ravishda ishlamaydi
    . Bitcoin moliya tizimiga yomon ta’sir 
    ko’rsatishi mumkin, shu sababli ko’p davlatlar (
    shu jumladan, bizning 
    mamlakat ham)
    kriptovalyutaga ishonchsizlik bilan qaraydi. Rossiyada 
    bitcoin yetishtirish bilan shug’ullanganlarni javobgarlikka tortish 
    bo’yicha qonun tayyorlashgan, lekin hozircha bu ish to’liq yo’lga 
    qo’yilmagan. Balki bitcoinlar hech qachon rasmiy ishlamasa ham 
    kerak, chunki uni qonuniylashtirishsa, bitkoin real valyutaning o’rnini 
    egallashi ham mumkin bo’ladi. 

    Unchalik mashxur emas
    . Hozircha ko’pgina moliyaviy muassasalar, 
    Internet-do’konlar va boshqa servislar bitcoinga ishonishmaydi va 
    kriptovalyuta 
    evaziga 
    maxsulot 
    sotmaydilar. 
    Mashxurlashishi 
    chegaralangani boyis bitkoin to’liq ishlatilmayapti. 
    Hozirgi davrdagi eng mashhur kriptovalyutalarning emblemalarini 
    (
    shartli 
    belgilari,piktogrammalarini

    quyida 
    nazardan 
    kechirishingiz 
    mumkin: 


    259 
    Kriptovalyutalarni mayining qilish uchun foydalanish mumkin b o’lgan 
    eng yaxshi dasturiy ta’minotlarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 
    CGMiner
    –Ushbu dastur virtual pullarni topish bo’yicha ishlaydigan 
    professionallar uchun mo’ljallangan. Ammo uning to’liq quvvat bilan ishlashi 
    uchun faqatgina katta quvvatli komp’yuterlar talab qilinadi. Foydalanuvchiga 
    esa MS DOS buyruqlarini yaxshilab o’zlashtirib olish zarur bo’ladi. 
    Dasturning ijobiy tomonlariga videokarta ishini tezlashtirish funktsiyasi 
    mavjudligi va buning natijasida xeshlashtirish jarayoni tezlashtirilishin i 
    kiritish mumkin. Bundan tashqari, dasturning optimal ishlash rejimini tanlash 
    imkoniyati ham uni boshqa dasturlardan farq qiladi.

    Download 5,77 Mb.
    1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   414




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish