• Blokcheyn texnologiyasidan foydalanmasligi ham mumkin. Bunday virtual valyutalarga misol qilib Yandeks-dengi, Veb-mani (WebMoney)
  • Virtual (raqamli/elektron) valyuta




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/414
    Sana30.05.2024
    Hajmi5,77 Mb.
    #257728
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   414
    Bog'liq
    Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

    Virtual (raqamli/elektron) valyuta
    – moddiy timsolda mujassam topmagan, 
    ammo to‘laqonli pul belgisi sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan pul 
    mablag‘laridir. 
    Kriptovalyuta
    – kriptografik algoritmlarni maxsus ko’rinishlarda qo‘llashga 
    asoslangan emission valyuta turi. 
    Tranzaksiyalar bloklari zanjiri (Block Chain / Blokcheyn)
    –taqsimlangan 
    ma’lumotlar to‘plamlarini tuzish metodologiyasi bo‘lib, bundahar bir ma’lumotni 
    qayd qilish unga egalik qilish tarixi haqidagi axborotdan iborat bo‘ladi, bu esa uni 
    qalbakilashtirish imkoniyatini qattiq chegaralab qo‘yadi. Blokcheyn virtual valyuta 
    tizimlarida operatsiyalarni bajarish va ularning tarixini saqlash uchun qo‘llanadi. 
    Bitkoin
    – mavjud virtual valyutalar ichida birinchi va eng keng tarqalgan 
    kriptovalyuta hisoblanadi vau bitkoin blokcheyni texnologiyasidan foydalanadi. 
    Virtual valyutalar kriptovalyutalarga mansub bo‘lmasligi va 
    Blokcheyn 
    texnologiyasidan foydalanmasligi ham mumkin. Bunday virtual valyutalarga misol 
    qilib
    Yandeks-dengi, 
    Veb-mani 
    (WebMoney)
    va 
    Kivi-hamyonni 
    (Qiwi)
    keltirishimiz mumkin. Ko‘pchilik virtual valyutalar, kriptovalyutalar va 
    blokcheyn atamalarini adashtirib yuboradi va ularnisinonim sifatida qo‘llaydi, 
    lekin bu faqat birinchi – bitkoin uchun to‘g‘ridir. Gap shundaki, blokcheyn 
    texnologiyasi maxsus Bitkoin uchun ishlab chiqilgan va ma’lum vaqt davomida 
    boshqa hech qaerda qo‘llanilmagan, hozir esa holat bunday emas. Blokcheyn 
    texnologiyasi asosida bitkoin kriptovalyutasi ixtiro qilingan va uni emissiya qilish 
    boshlangan. Blokcheyndan pul nominali nuqtai-nazaridan emas, balki davlat 
    reestrlari yuritish sohasida foydalanish umuman boshqa gap. Davlat sektorida 
    blokli zanjirlar bilan amalga oshiriladigan tajribalar butun dunyo bo‘ylab tarqalib 
    bormoqda. AQSHda sog‘liqni saqlash tizimi va boshqa bir qator tarmoqlarda, 
    Shvetsiyada mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishda, Buyuk Britaniyada pensiya 
    ta’minoti sohasida ham aynan shu yo‘lni, ya’ni blokcheyndan foydalanishni 


    33 
    tanlagan.Bunday loyihalarda davlatning risklari kriptovalyutalar yaratish bilan 
    taqqoslaganda, ancha pastroq darajada bo‘ladi. Shu bilan birga, ulardan olinadigan 
    ijtimoiy samara, raqamli va oddiy iqtisodiyotga qo‘shiladigan hissa yuqori bo‘ladi. 
    Masalan, hisob-kitoblarga ko‘ra, faqat AQSHning o‘zida mulk huqiqini ro‘yxatdan 
    o‘tkazish sohasida blokcheyn joriy qilish yiliga 2-4 mlrd dollar tejashga imkon 
    bergan bo‘lardi. Bunda tejamkorlik operatsiyalar tezlashuvi bilan, demak, tijorat 
    sektorinnig rivojlanishi bilan birga kuzatiladi.Blokcheyntexnologiyasitobora 
    ko‘proq quyidagi sohalarda qo‘llanilmoqda: mualliflik huquqi, saylovchilar 
    ovozini hisoblash, tashabbus kraudfandingi, ijtimoiy obru-e’tibor, sug‘urta, 
    reklama, stavkalar va boshqa bir qancha sohalar bunga misol bo’lishi mumkin. 
    Foydalaniladigan texnologiyalar vaalgoritmlar mohiyatiga kirishib o‘tirmasdan, 
    quyida blokcheyn texnologiyasining boshqalaridan ajralib turadigan asosiy 
    xusuyatlarini sanab o‘tamiz: 
    ma’lumotlar ko‘p marta takrorlangan bo‘lib, barcha qatnashchilar 
    tomonidan yaratilgan va qo‘llab-quvvatlanadigan taqsimlangan tarmoqda 
    saqlanadi, bu esa uni buzishni yoki o’zgartirishni amalga oshirishni imkonsiz qilib 
    qo‘yadi; 
    har bir qayd qilingan axborot o‘z tarixiga ega bo‘lib, bu axborotning kelib 
    chiqishi va uning haqiqiyligini tekshirishga imkon beradi; 
    ma’lumotlar to‘plamini tuzish xususiyatlari uni xakerlar hujumlariga yoki 
    g‘ayri qonuniy harakatlarga nisbatan chidamli qilib qo‘yadi. 
    Blokcheyn 
    texnologiyasining 
    sanab 
    o‘tilgan 
    xususiyatlari 
    kriptovalyutalarning asosiy xususiyati–ishonchlilikni ta’minlab beradi, ya’ni: 
    1. qalbakilashtirish imkonsizligi; 
    2. o‘g‘irlash imkonsizligi. 
    3. umumiy emissiya markazi yo‘qligi; 
    4. ochiq dasturiykod mavjudligi; 
    5. tashqi tartibga solish yo‘qligi (dasturiy kodga kiritilganidan tashqari); 
    6. transchegaraviylik mavjudligi. 
    Ishonchlilikdan tashqari, kriptovalyutalar foydalanuvchilarni foydalanish 


    34 
    qulayligi va tranzaksiya harajatlari minimalligi bilan ham o’ziga jalb qiladi. 
    Bitkoin (
    yoki boshqa har qanday kriptovalyuta
    ) qiymati maxsus birjalarda 
    (
    kriptobirjayoki virtual valyutalar birjasida
    )bozor talab va taklifi asosida 
    belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, ko‘plab virtual valyutalar moddiy 
    ta’minotga ega emas, balki ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi.Ta’kidlash joizki, 
    valyutalar, obligatsiyalar, aktsiyalar, veksellar va boshqa shu kabimoliyaviy 
    vositalarning mutlaq ko‘pchiligi ham ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi va 
    to‘liq moddiy ta’mniotga ega bo‘lmaydi. Biroq, agar klassik valyuta qiymati 
    asosan uni emissiya qiladigan mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy va siyosiy 
    tarkibiy qismlariga bog‘liq bo‘lsa, kriptovalyutalar qiymati faqat foydalanuvchilar 
    kutadgan natijalar bilan belgilanadi. 

    Download 5,77 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   414




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish