• 1.2. Yuk stansiyasining texnik tavsifnomasi
  • -BOB. YUK STANTSIYASINING TEXNIK VA EKSPLUATATSION XUSUSIYATLARI




    Download 214,33 Kb.
    bet4/23
    Sana07.07.2024
    Hajmi214,33 Kb.
    #266866
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    G\'ANIYEV OXIRGI TAYYOR

    1-BOB. YUK STANTSIYASINING TEXNIK VA EKSPLUATATSION XUSUSIYATLARI




    1.1. Yuk stansiyasining iqtisodiy tavsifnomasi


    Yuk stansiyasi yirik sanoat markazida joylashgan bo‘lib, toshko‘mir ombori, yog‘och materiallari ombori, qurilish materiallari, sheben, paxta tozalash zavodi va qishloq xo‘jalik texnikasi bazasi kabi korxona va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatadi. O‘zining temir yo‘l shoxobchasiga ega bo‘lmagan yuk jo‘natuvchilar va yuk oluvchilar uchun, yuk stansiyasida mexanizatsiyalashgan yuk saroyi mavjud. 1.1- jadvalda yuk stansiyasining yuk ob’ektlari bo‘yicha sutkalik vagon aylanmasi ko‘rsatilgan.


    1.1-jadval
    Yuk stansiyasining sutkalik vagon aylanmasi



    Yuk ob’ektlarining nomlari

    Kelish

    Jo‘nash

    1

    Qurilish saroyi

    9

    -

    2

    Tekistil kombinati

    -

    42

    6

    Paxta tozalash zavodi

    -

    39

    7

    Yuk saroyi

    88

    79




    Jami

    105

    160

    Yuk saroyida konteynerlar, ma’dan, og‘ir vazinli, xavfli va idishli-donali yuklar bilan ortish-tushirish ishlari bajariladi. Yuk saroyida barcha ortish-tushirish ishlari mexanizatsiyalashgan va kompleks mexanizatsiyalashgan usulda olib boriladi.




    1.2. Yuk stansiyasining texnik tavsifnomasi


    Yuk stansiyasi 2-toifadagi stansiya bo‘lib, unda poezdlar va vagonlar bilan quyidagi ishlar bajariladi:


    - Yuk stansiyasidan uzatma poezdlarini qabul qilib olish;
    - stansiyaga yetib kelgan uzatma poezd sostavlariga ishlov berish;
    - sostavlarni yuk ob’ektlari bo‘yicha tarqatish (rasformirovaniya);
    - vagonlarni yuk ob’ektlariga otrish-tushirish uchun olib kirib berish;
    - yuk ob’ektlarida ortish-tushirish ishlari bajarilganidan so‘ng vagonlarini olib chiqish;-stansiyaning kalendar rejasi bo‘yicha jo‘natuvchining marshrutlarni yig‘ish;
    - uzatma poezd sostavlarini yig‘ish;
    -marshturlarni va uzatma poezd sostavlarini shakillantirish (formirovaniya);
    - stansiyadan jo‘natiladigan poezd sostavlariga ishlov berish;
    - marshrut va uzatma poezdlarni stansiyadan jo‘natish.
    Yuk stansiyasi ko‘ndalang turdagi stansiya bo‘lib, uning qabul qilish-jo‘natish va saralash parklari parallel joylashgan [6,7].
    Saralash parkida 6 ta yo‘llar bo‘lib, ular quyidagicha ixtisoslashtirilgan:
    4-yo‘l marshrutlarini yig‘ish 1-TYSHY uchun;
    5-yo‘l marshrutlarini yig‘ish 2-TYSHY uchun;
    6-yo‘l uzatma poezd sostavlarini yig‘ish uchun;
    7-yo‘l yuk saroyiga kelgan vagonlarni yig‘ish uchun;
    8-yo‘l 1-Temir yo‘l shoxobcha yo‘liga vagonlarni yeg‘ish uchun;
    9-yo‘l 2- Temir yo‘l shoxobcha yo‘liga vagonlarni yeg‘ish uchun;
    Yuk stansiyasining barcha strelkali o‘tkazgichlari elektrli markazlashtirilgan.Sostavlarni tarqatish uchun № 1-tortish yo‘li va shakillantirish uchun esa № 2-tortish yo‘lidan foydalaniladi. Stansiyaga 2 ta temir yo‘l shoxobchasi tutashadi. Yuk saroyi berk turdagi saroy bo‘lib, unda konteynerlar, og‘ir vazinli yuklar, boshqa yuklar, uchun omborlar va ochik maydonlar loyihalashtirilgan.



    Download 214,33 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 214,33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -BOB. YUK STANTSIYASINING TEXNIK VA EKSPLUATATSION XUSUSIYATLARI

    Download 214,33 Kb.