|
Referat Bitiruv malakaviy ishining maqsadi
|
bet | 3/23 | Sana | 07.07.2024 | Hajmi | 214,33 Kb. | | #266866 | Turi | Referat |
Bog'liq G\'ANIYEV OXIRGI TAYYORopеratsiyalari 45
4-BOB IDISHLI-O‘ROVLI YUKLАRNI ОRTISH-TUSHIRISH ISHLАRI VА ОMBОR ОPЕRATSIYALАRINING KОMPLЕKS MЕХАNIZATSIYALАSH CHIZMАSINING SАMАRАLI VАRIАNTINI TЕХNIK-IQTISОDIY HISОBLАR АSОSIDА TАNLАSH 47
4.1. Оrtish-tushirish ishlаri vа оmbоr оpеratsiyalаrini kоmplеks mехаnizatsiyalаsh vа avtomatlashtirish chizmаsining tехnоlоgik tаvsifi 47
4.2. Tехnik-iqtisоdiy ko`rsаtkichlаrni hisоblаsh 49
4.3. Yillik iqtisоdni (tеjаmkorlikni) аniqlаsh 51
5-BOB TEMIR YO‘L TRANSPORTIDA YUKLASH-TUSHIRISH ISHLARIDA XAVFSIZLIK QOIDALARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR 54
5.1. Umumiy xavfsizlik talablari 54
5.2. Yuklash vaqtida ish xavfsizligi talablari 55
5.3. Yuk tushirish vaqtidagi xavfsizlik talablari 57
XULOSA 69
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA INTERNET MANBALARI RO‘YXATI 70
KIRISH
Respublikamizda chuqur iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi zamonda transport turlarining o‘rni nihoyatda katta bo‘lib, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarning yetakchi tarmoqlari sifatida ahamiyatlidir. Transport, ayniqsa temir yo‘l transporti har qanday jamiyatning davlatchilik hududiy tuzilishining, ichki va tashqi bozorning shakllanishida kuchli hal qiluvchi omil sifatida o‘rin tutadi.
O‘zbekiston Respublikasining prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ma’ruzalarida temir yo‘l transporti haqida shunday deganlar: Temir yo‘l tizimini rivojlantirishda hali muxim vazifalar oldimizda turibdi. Bu yurtimizda temir yo‘l transportiga bo‘lgan e’tiborni naqadar yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llari juda jadallik bilan rivojlanmoqda, buni yaqindagina Respublika hududida yagona temir yo‘l tarmoq tizimi barpo etilgani va Respublikamizning istalgan viloyatiga temir yo‘l orqali qulay, xavfsiz va tez borish imkoniyati yaratilganidan bilib olishimiz mumkin. Kelajakda bu transport turi yanada rivojlanib insonlar hayotida muhim ahamiyatga ega transport turi bo‘lib qoladi.
Temir yo‘l davlatimizning asosiy transport turlaridan biri hisoblanadi. Temir yo‘l transporti muhim davlat, xalq xo‘jalik va mudofaa ahamiyatiga egadir. O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyati O‘zbekistondagi eng yirik kompaniyalardan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyati 1994-yil 7-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi xududida joylashgan sobiq O‘rta Osiyo temir yo‘llari negizida tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llari aksiadorlik jamiyatining foydalanishdagi yo‘llari umumiy uzunligi qariyb 7000 km bo‘lib turli xil texnik qurilma va vositalardan, ya’ni temir yo‘l izlari, harakatdagi sostav (lokomotiv va vagon)lar, lokomotiv va vagon xo‘jalik inshootlari, signallar va aloqa qurilmalari va jihozlari, elektr, suv ta’minoti xo‘jaliklari, temir yo‘l stansiyalari va uzellaridan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llari aksiadorlik jamiyatining yillik yuk aylanmasi barcha turdagi transport yuk aylanmasining 90% ga yaqinini tashkil etadi. So‘ngi ma’lumotlarga qaraganda O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyati 2017 yil sarxisobi bo‘yicha 68 mln tonna yuk va 22 mln yo‘lovchi tashigan, yillik yuk aylanmasi 22.9 mlrd tonna-km bo‘lsa yo‘lovchi aylanmasi esa 3793 mln yo‘lovchi km ni tashkil etmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida transportning, ayniqsa yuk tashishlarning uchdan ikki ulishi to‘g‘ri kelayotgan temir yo‘l transportining ahamiyati yanada oshib bormoqda. Temir yo‘lning asosiy tashish vositalari – vagonlardan samarali foydalanish xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini yuk tashishlarda qondirishining asosiy va bosh omillaridan hisoblanadi. Nomaqbul yuk tashishlarni bartaraf etish, vagonlarning aylanishini jadallashtirish, ularning belgilangan muddatdan ziyod to‘xtab turishlariga barxam berish, vagonlarning yuk ko‘tarishidan maksimal foydalanish kabi tadbirlar iste’molchilarga yuklarni o‘z vaqtida va asrab yetkazib berishni hamda transport xarajatlarini kamaytirish imkoniyatini beradi.
|
| |