• 1.3.1. Yuk stansiyasidan va unga tutashgan temir yo‘l shoxobcha yo‘llaridan vagon oqimlarinig marshrutlashtirish
  • 1.3.2. Ortish joylaridan vagon oqimlarini marshrutlashtirishni rejasini hisoblash
  • Yuk stansiyaning hisobiy sutkalik yuk va vagon




    Download 214,33 Kb.
    bet5/23
    Sana07.07.2024
    Hajmi214,33 Kb.
    #266866
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    G\'ANIYEV OXIRGI TAYYOR

    1.3. Yuk stansiyaning hisobiy sutkalik yuk va vagon

    aylanmasini aniqlash


    Stansiyalarda yuk va tijorat ishlarining tashkil qilish, yuk omborlarining parametrlari va turlari, hamda ortish-tushirish mashinalarining (OTM) soni hisobiy sutkalik yuk va vagon aylanmasi miqdori asosida aniqlanadi [8]. Hisobiy sutkalik yuk aylanmasi kelayotgan va jo‘natilayotgan yuklar uchun quyidagi formula yordamida aniqlanadi:


    Qs = Qy · Kn / 365 , t/sut (1.1)

    bu yerda



    yillik yuk aylanmasi (har bir yuk turi uchun topshiriqdan qabul qilinadi), t;






    yuk tashishning nomuntazamlik koeffitsienti.

    Konteynerlarda tashiladigan yuklar uchun sutkalik konteyner aylanmasining miqdori kelish va jo‘nash bo‘yicha quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
    Ni = Qs · βi / qi , kont/sut (1.2)

    bu yerda

    βi

    konteyner parkidagi i – turdagi konteynerlarning ulushi
    (topshiriqdan qabul qilinadi);




    qi

    i -turdagi konteynerning o‘rtacha yuklamasi, t;




    i –

    konteyner turlari (3, 5 va 20 tonnalik);

    Berilgan yuklar uchun hisobiy sutkalik vagon aylanmasi (konteynerlardan tashqari) quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
    nj = Qs · αj / Ptj , vag/sut (1.3)

    bu yerda

    αj

    vagon parkidagi j - o‘qli vagonlarning ulushi (topshiriqdan
    qabul qilinadi);




    Ptj

    j -o‘qli vagonga yuklashning texnik me’yori, t;




    j –

    vagon turlari (4 va 8 o‘qli);

    Konteynerlarni tashish uchun hisobiy sutkalik vagon aylanmasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
    n4 = N3 / 11+ N5 / 5 + N20 / 2, vag/sut (1.4)

    bu yerda

    N3 , N5 , N20 - 3, 5 va 20 tonnalik konteyner aylanmasi.

    Hisobiy vagonlar quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
    nh = n4 + 2 · n8, vag/sut (1.5)
    Yuk saroyi:
    Idishli-o‘rovli vagonlangan jo‘natma
    Qs.k. = 480000 · 1,1/365 = 1446 t/sut; Qs.j. = 470000 ·1,1/365 = 1416 t/sut;
    n4.k. = 1446 · 1 / 52 = 28 vag/sut; n4.j. = 1416 · 1 / 52 = 27 vag/sut.
    Konteynerlar
    Qs.k. = 255000 · 1,15/365 = 803 t/sut; Qs.j. = 225000 · 1,15/365 = 709 t/sut;
    N3.k. = 803 · 0,5 / 1,6 = 251 kont/sut; N3.j. = 709 · 0,5 / 1,6 = 222 kont/sut;
    N5.k. = 803 · 0,5 / 3,2 = 125 kont/sut; N5.j.= 709 · 0,5 / 3,2 = 111 kont/sut;
    n4.k. = 251 / 11+ 125 / 5 = 48 vag/sut; n4.j. = 222 / 11+ 111 / 5 = 42 vag/sut.
    Og‘ir vazinli yuklar
    Qs.k. = 195000 · 1,1/365 = 588 t/sut; Qs.j. = 175000 · 1,1/365 = 527 t/sut;
    n4.k. = 588 · 1 / 50 = 12 vag/sut; n4.j. = 527 · 1 / 50 = 10 vag/sut.
    1-temir yo‘l shoxobcha yo‘li:
    Boshqa yuklar
    Qs.k. = 135000 · 1,1 / 365 = 407 t/sut; n4.k. = 407 · 1,0 / 46 = 9 vag/sut;
    Qum
    Qs.j. = 970000 · 1,1 / 365 = 2923 t/sut; n4.j. = 2923 · 1,0 / 69 = 42 vag/sut;
    2-temir yo‘l shoxobcha yo‘li:
    Boshqa yuklar
    Qs.k. = 120000 · 1,1 / 365 = 362 t/sut; n4.k. = 362 · 1,0 / 46 = 8 vag/sut;
    Paxta tolasi
    Qs.j. = 875000 · 1,1 / 365 = 2637 t/sut; n4.j. = 2637 · 1,0 / 68 = 39 vag/sut;
    Hisob-kitob natijalarini 1.2-jadvalga kiritiladi. Topshiriqqa muvofiq yuk saroyiga idishli-o‘rovli vagonlangan jo‘natmada, konteynerlarda va og‘ir vazinli yuklar yetib keladi va xuddi shunday yuklar yuk saroyidan jo‘natiladi.
    1-temir yo‘l shoxobcha yo‘liga boshqa yuklar yetib keladi va qum,shag‘al,sheben ortib jo‘natiladi.
    2-temir yo‘l shoxobcha yo‘liga boshqa yuklar yetib keladi va paxta tolasi ortib jo‘natiladi.
    1.2-jadval ma’lumotlari asosida jo‘nash bo‘yicha yuk stansiyasining quyidagi ko‘rsatkichlarini aniqlaymiz:
    1. Sutkalik yuk aylanmasi,
    ∑Qs.j.  2652 + 2923 + 2637  8212 t/sut;
    2. Sutkalik vagon aylanmasi,
    ∑nj.  79 + 42 + 39  160 v/sut;
    3. O‘rtacha statik yuklama,
    Rst.j.  ∑Qs.j. / ∑nj.  8212 / 160  51,32 t.
    1.2-jadval
    Yuk stansiyasining hisobiy sutkalik yuk va vagon aylanmasi

    Yuk ob’-
    yektlari

    Yuklarning
    nomlari

    Vagonning
    turi

    Sutkalik yuk aylanmasi

    tonnalarda

    vagonlarda

    Qs.k.

    Qs.j.

    nk

    nj

    Yuk
    saroyi

    Idishli-o‘rovli vag. jo‘n.

    Yopiq vag.

    1446

    1416

    28

    27

    Konteynerlar

    Platf.

    803

    709

    48

    42

    Og‘ir vazinli yuklar

    Platf.

    588

    527

    12

    10

    Jami




    2837

    2652

    88

    79

    1-TYShY

    Boshqa yuklar

    Yopiq vag.

    407




    9




    Qum

    Yarim och. vag.




    2923




    42

    2-TYShY

    Boshqa yuklar

    Yopiq vag.

    362




    8




    Paxta tolasi

    Yopiq vag.




    2637




    39

    Hammasi




    3606

    8212

    105

    160



    1.3.1. Yuk stansiyasidan va unga tutashgan temir yo‘l shoxobcha yo‘llaridan vagon oqimlarinig marshrutlashtirish


    Jo‘natish stansiyasida yuk ortilgan vagon toki tayinlangan stansiyaga yetib borgunicha yo‘l safarida bir necha turdagi: terma, olib chiquvchi, uchastka va o‘tkinchi poyezd lar sostavida bo‘lishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida yukli vagonini yo‘l safaridagi bir necha oraliq va texnik stansiyalarda turli texnik hamda yuk va tijorat operatsiyalarni bajarish paytlarida to‘xtab turishini keltirib chiqaradi [10].


    Yo‘l safaridagi oraliq va texnik stansiyalarda vagonlarni to‘xtab turishidagi va texnik hamda yuk va tijorat operatsiyalarini bajarishdagi xarajatlarning qisqartirishning birdan bir yo‘li yuklarni ortish joylaridan marshrutlashtirishdir.
    Temir yo‘l Ustavida marshrutlashtirishga katta ahamiyat berilgan, uning 22-bandida ommaviy yuklarni tashish katta hajmlarda mavjud bo‘lganida asosiy oylik tashish rejasida yuk jo‘natuvchilar (jo‘natuvchining marshruti), shuningdek poyezd larni shakllash rejasiga muvofiq bir yo‘nalish marshrut poyezd iga guruh vagonlarini birlashtirish yo‘li bilan temir yo‘li tashkil etadigan marshrutlarda yuklarni tashish nazarda tutilishi, shuningdek tosh ko‘mir, koks, ma’dan, neft, don g‘alla yuklarini, mineral o‘g‘itlarni, qurilish materiallarini va boshqa ommoviy yuklarni yuk jo‘natuvchilar odatda jo‘natuvchining marshrutlarida tashishga taqdim etishlari kerakligi belgilab qo‘yilgan.
    Yuk tashish Qoidalarida marshrutga quyidagicha ta’rif berilgan – bir yoki bir necha stansiyada bir yoki bir necha yuk jo‘natuvchilar ortgan, bir stansiyada tushirishga yoki tarqalishga (raspыleniya) tayinlangan, yuk poyezd larini shakllash rejasida nazarda tutilgan vagon oqimlarini bittadan kam bo‘lmagan stansiyani qayta ishlovdan bo‘shatish sharti bilan O‘zbekiton Respublikasi temir yo‘llaridan texnikaviy foydalanish Qoidalariga va vagonlardan marshrutlar tashkil etish (shakllash) rejasiga muvofiq yuk jo‘natuvchi yoki temir yo‘li belgilangan massada yoki uzunlikda shakllagan, poyezd sostavi marshrut deb ataladi.
    Marshrutlar tashkil etish va shakllash usullari bo‘yicha quyidagi turlarga:
    a) bir stansiyada bir yuk jo‘natuvichi ortgan vagonlardan shakllangan hamda bir temir yo‘l shoxobcha yo‘lda shoxobcha egasi va boshqa jo‘natuvchilar – mazkur temir yo‘l shoxobcha yo‘li kontragentlari ortgan vagonlardan shakllangan jo‘natuvchining marshrutlariga [11];
    b) bir stansiyada turli yuk jo‘natuvchilar hamda bir yuk jo‘natuvchi yoki turli yuk jo‘natuvchilar temir yo‘l uchastkasidagi yoki uzelidagi bir necha stansiyadan ortgan vagonlardan shakllangan pog‘onasimon marshrutlarga, bo‘linadilar.

    1.3.2. Ortish joylaridan vagon oqimlarini marshrutlashtirishni rejasini hisoblash


    Ortish joylaridan vagon oqimlarini marshrutlashtirish rejasini hisoblash uchun 1.2-jadval asosida yuk stansiyasida yuk obyektari bo‘yicha ortiladigan (jo‘natiladigan) yuklarni yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlanishi hisoblab chiqiladi 1.3-jadvalga kiritiladi.


    1.3-jadval
    Yuk stansiyada yuk obyektari bo‘yicha yuk ortish rejasini
    A”, “B” va “V” yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlanishi



    Yuk
    obyektari

    Sutkada, vag.

    Oyda, vag

    Jami

    A ga
    29%

    B ga
    50 %

    V ga
    21 %

    Jami

    A ga
    29%

    B ga
    50 %

    V ga
    21 %

    1

    Yuk saroyi

    79

    23

    39

    17

    2370

    690

    1170

    510

    2

    1-TYShY

    42

    12

    21

    9

    1260

    360

    630

    270

    3

    2-TYShY

    39

    11

    20

    8

    1170

    330

    600

    240


    Download 214,33 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 214,33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yuk stansiyaning hisobiy sutkalik yuk va vagon

    Download 214,33 Kb.