• 1.4.1. Ortish joylaridan marshrutlashtirishning samarali
  • 1.4.2. Marshrutlashtirishni tashkil etish bilan bog‘liq
  • 1.5. Yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘l safaridagi texnik stansiyalardagi iqtisodni aniqlash
  • 1.5.1. Marshrutlar shakllashning kalendar rejasini ishlab chiqish
  • -jadval Varianlar bo‘yicha ortish joylaridan marshrutlashtirish rejasi




    Download 214,33 Kb.
    bet7/23
    Sana07.07.2024
    Hajmi214,33 Kb.
    #266866
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
    Bog'liq
    G\'ANIYEV OXIRGI TAYYOR

    1.4-jadval
    Varianlar bo‘yicha ortish joylaridan marshrutlashtirish rejasi

    Vari-
    ant

    Marshrut
    turlari

    Yuk ob’-
    yektlari

    Hammasi

    Shu jumladan

    A ga

    B ga

    V ga

    Mar.

    Vag.

    Mar.

    Vag.

    Mar.

    Vag.

    Mar.

    Vag.

    I

    Jo‘natuv-
    chining

    1-TYShY

    28

    1484

    7

    371

    12

    636

    9

    477

    2-TYShY

    26

    1378

    6

    318

    11

    583

    9

    477

    Jami

    54

    2862

    13

    689

    23

    1219

    18

    954

    II

    Pog‘onasimon

    Stansiya bo‘yicha

    54

    2862

    15

    795

    28

    1484

    11

    583



    1.4.1. Ortish joylaridan marshrutlashtirishning samarali

    variantini tanlab olish


    Jo‘natuvchining va pog‘onasimon martshrutlarni tashkil etish texnika -iqtisodiy hisoblar, martshrutlarni tashkil etish bo‘yicha sarflarni va iqtisodlarni taqqoslash natijasida marshrutlashtirish-ning samarali varianti tanlab olinadi. Vagon oqimlarini marshrut-lashtirishda ortish punklarida vagonlarni qo‘shimcha to‘xtab turishi (vagon-soat) va qo‘shimcha manevr ishlar (lokomotiv-soat) bo‘yicha sarflar vujudga keladi. Marshrutlashtirishning iqtisodi esa har bir marshrut poyezd i qayta ishlovsiz o‘tib boradigan yo‘l safaridagi texnik stansiyalar sonidan va ularda vagonlarni to‘xtab turishi (vagon-soat) va manevr ishlarini (lokomotiv-soat) bo‘yicha kamayish natijasida vujudga keladi [13].




    1.4.2. Marshrutlashtirishni tashkil etish bilan bog‘liq

    sarflarini hisoblash


    Marshrutlarni tashkil etish bilan bog‘liq sarflar ikkita ko‘rsat-kichlarni hisoblashdan iborat bo‘ladi:


    a) ortish punklarida vagonlarni qo‘shimcha to‘xtab turishi bo‘yicha vagon-soat sarflari
    Rv.s. = nh.m.·tyuk·ev.s. , so‘m (1.8)

    bu yerda

    nh.m.

    haqiqiy marshrutlashtirilgan vagonlar soni, vag;




    tyuk

    vagonlarni yuk operatsiyalarida to‘xtab turish vaqti, soat;




    ev.s.

    bir vagon-soat to‘xtab turishni bahosi, ming so‘m.

    b) ortish punklarida qo‘shimcha manevr ishlari bo‘yicha lokomotiv-soat sarflari,
    Rl.s. = Nm·Tm·el.s. , so‘m (1.9)

    bu yerda

    Nm

    marshrutlar soni, marta;




    Tm

    bitta marshrutni tashkil etishga manevr ishlari sarfi, soat;




    el.s.

    bir lokomotiv-soat bahosi, ming so‘m.

    Marshrutlarni tashkil qilish bo‘yicha umumiy sarflar:
    Rum. = Rv.s. + Rl.s. , so‘m (1.10)
    1-variant, jo‘natuvchining marshruti
    Rv.s. = 2862 · 4,8 · 0,5 = 6868,8 ming so‘m;
    Rl.s. = 54 · 2,3 · 1,0 = 124,2 ming so‘m.
    Rum. = 6868,8 + 124,2 = 6993 ming so‘m;
    2-variant, pog‘onasimon marshrut
    Rv.s. = 2862 · 2,8 · 0,5 = 4006,8 ming so‘m;
    Rl.s. = 54· 3,2 · 1,0 = 172,8 ming so‘m.
    Rum. = 4006,8 + 172,8 = 4179,6 ming so‘m.

    1.5. Yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘l safaridagi texnik stansiyalardagi iqtisodni aniqlash


    Marshrutlashtirishning iqtisodi esa har bir marshrut yo‘nalishlar bo‘yicha qayta ishlovsiz o‘tib boradigan yo‘l safaridagi texnik stansiyalar sonidan va ularda vagonlarni to‘xtab turishi (vagon-soat) va manevr ishlari (lokomotiv-soat) bo‘yicha kamayish natijasida vujudga keladi.


    a) vagon-soatlar bo‘yicha iqtisod,
    Ev.s. = ny.m. · Ktex · Δt · yev.s. , ming so‘m (1.11)

    bu yerda

    ny.m.

    mazkur yo‘nalishga jo‘natiladigan marshrutlashtirilgan vagonlar soni, vagon;




    Ktex

    mazkur yo‘nalishdagi yo‘l safaridagi texnik stansiyalar soni;




    Δt

    yo‘l safaridagi texnik stansiyalarda tranzit vagonlarni qayta ishlovda to‘xtab turishiga nisbatan tranzit vagonlarni qayta ishlovsiz to‘xtab turishidagi iqtisodi, soat.

    b) lokomotiv-soatlar bo‘yicha iqtisod,
    El.s. = Ny.m.·Ktex·Tr.f.·el.s. , ming so‘m (1.12)

    bu yerda

    Ny.m.

    mazkur yo‘nalishga jo‘natiladigan marshrutlar soni, marta;




    Tr.f.

    yo‘l safaridagi texnik stansiyalarda texnik poyezd larni tarqatish shakllashga sarflanadigan vaqt, soat;

    Vagon oqimlarini marshrutlashtirish natijasida yo‘l safaridagi texnik stansiyalardagi umumiy iqtisod quyidagicha aniqlanadi,
    ∑Eum. = ∑Ev.s. + ∑El.s., ming so‘m (1.13)

    bu yerda

    ∑Ev.s.

    yo‘nalishlar bo‘yicha jami vagon-soatlar bo‘yicha iqtisod;so‘m




    ∑El.s.

    yo‘nalishlar bo‘yicha jami lokomotiv-soatlar bo‘yicha iqtisod;so‘m

    1-variant, jo‘natuvchining marshruti
    A-yo‘nalishiga: Ev.s. = 689 · 7 · 5,1 · 0,5 = 12298,65 ming so‘m;
    El.s. = 13 · 7· 1,1 · 1,0 = 100,1 ming so‘m;
    B-yo‘nalishiga: Ev.s. = 1219 · 11 · 5,1 · 0,5 = 34192,95 ming so‘m;
    El.s. = 23 · 11 · 1,1 · 1,0 = 278,3 ming so‘m;
    V-yo‘nalishiga: Ev.s. = 954 · 5 · 5,1 · 0,5 = 12163,5 ming so‘m;
    El.s. = 19 · 5 · 1,1 · 1,0 = 99 ming so‘m.
    ∑Ev.s. = 12298,65 + 34192,95 + 12163,5 = 58655,1 ming so‘m;
    ∑El.s. = 100,1 + 278,3 + 99 = 477,4 ming so‘m.
    Yo‘l safaridagi texnik stansiyalardagi umumiy iqtisod:
    ∑Eum. = 58655,1 + 477,4 = 59132,5 ming so‘m;
    II -variant, pog‘onasimon marshrut
    A-yo‘nalishiga: Ev.s. = 795 · 7 · 5,1 · 0,5 = 14190,75 ming so‘m;
    El.s. = 15 · 7 · 1,1 · 1,0 = 115,5 ming so‘m;
    B-yo‘nalishiga: Ev.s. = 1484 · 11 · 5,1 · 0,5 = 41626,2 ming so‘m;
    El.s. = 28 · 11 · 1,1 · 1,0 = 338,8 ming so‘m;
    V-yo‘nalishiga: Ev.s. = 583 · 5 · 5,1 · 0,5 = 7433,25 ming so‘m;
    El.s. = 11 · 5 · 1,1 · 1,0 = 60,5 ming so‘m.
    ∑Ev.s. = 14190,75 + 41626,2 + 7433,25 = 63250,2 ming so‘m;
    ∑El.s. = 115,5 + 338,8 + 60,5 = 514,8 ming so‘m.
    Yo‘l safaridagi texnik stansiyalardagi umumiy iqtisod:
    ∑Eum. = 63250,2 + 514,8 = 63765 ming so‘m;
    Vagon oqimlarini marshrutlashtirish natijasidagi umumiy sof iqtisod quyidagicha aniqlanadi,
    E = ∑Eum. – Rum. , so‘m (1.14)
    I-variant, jo‘natuvchining marshruti
    E = 59132,5 – 6993 = 52139,5 ming so‘m.
    I I -variant, pog‘onasimon marshrut
    E = 63765 – 4179,6 = 59585,4 ming so‘m.
    Variantlar bo‘yicha hisob kitob natijalarini 1.5-jadvalga kiritiladi.

    1.5-jadval
    Ortish joylaridan marshrutlashtirishni variantlar bo‘yicha
    umumiy sof iqtisodi

    Marshrut
    turlari

    Sariflar

    Iqtisod

    Umumiy sof iqtisod E , ming so‘m

    Rum. , ming so‘m

    ∑Eum. , ming so‘m

    Jo‘natuvchining

    6993

    59132,5

    52139,5

    Pog‘onasimon

    4179,6

    63765

    59585,4

    Texnika - iqtisodiy hisoblari shuni ko‘rsatdiki mazkur vagon oqimlari va marshrutlashtirishning shartlari uchun yuk stansiyasida va unga tutashgan temir yo‘l shoxobcha yo‘llarida pog‘onasimon marshrutlarni tashkil etish samarali hisoblanadi, chunki Epog‘. > Ejo‘n. , ya’niy, jo‘natuvchining marshrutiga nisbatan pog‘onasimon marshrutida umumiy sof iqtisod:


    ΔE = Epog‘. – Ejo‘n. = 59585,4 – 521139,5 = 7445,9 ming so‘m ga ziyod.
    Marshrutlashtirishning samarali varianti uchun marshrutlarni shakllashning kalendar rejasini ishlab chiqiladi.


    1.5.1. Marshrutlar shakllashning kalendar rejasini ishlab chiqish


    Yuk stansiyasida pog‘onasimon marshrutlarni shakllash uchun kalendar reja ishlab chiqiladi. Kalendar reja 1.3- va 1.4-jadval ma’lumotlari asosida oyning dekadalari, dekadaning sanalari, stansiya bo‘yicha jami, yo‘nalishlar va yuk jo‘natuvchilar (obyektar) bo‘yicha bir tekisda ishlab chiqiladi. 1.6-jadvalda stansiyasidan oy kunlari bo‘yicha pog‘onasimon marshrutlar shakllashning “A”, “B” va “V” yo‘nalishlarga taqsimlab chiqilgan kalendar rejasi ko‘rsatilgan. Pog‘onasimon marshrutlarini shakllashda barcha yuk obyektari qatnashadi [14].


    Pog‘onasimon marshrutlarni kalendar rejasini (1.6-jadval) ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat:
    1-bosqich – kalendar rejani “Oylik yuk ortish rejasi” qatori 1.3-jadvalning oyda hammasi qatori ma’lumotlari – jami 4800; A ga 1380; B ga 2400 va V ga 1020 vag. asosida to‘ldirib chiqiladi. So‘ngra yo‘nalishlar bo‘yicha vagon oqimlari yuk obyektari bo‘yicha taqsimlab chiqiladi: A ga tayinlangan 1380 ta vag. yuk saroyidan 690 ta, 1-TYShY dan 360 ta va 2-TYShY dan 330 ta vag. jo‘natiladi va h.k.
    2-bosqich – kalendar rejani “Oyda hammasi” qatori 1.4-jadvalning II-variant, pog‘onasimon marshrutlar qatori ma’lumotlari – stansiya bo‘yicha 54 ta mar., 2862 ta vag.; shu jumladan A ga 15 mar. 795 vag., B ga 28 ta mar. 1484 ta vag. va V ga 11 ta mar. 583 ta vag. asosida to‘ldirib chiqiladi.
    3-bosqich – kalendar rejani “Oyda hammasi” qatoridagi stansiya bo‘yicha 54 ta marshrutni va ulardagi 2862 ta vagonlarni oyning dekadalari bo‘yicha bir tekis taqsimlab chiqiladi: I-dekadada 18 ta mar. va 18 · 53 = 954 ta vag., II- va III-dekadalarda esa 18 tadan mar va 18 · 53 = 954 tadan vag. So‘ngra dekadanig sanalari bo‘yicha ham marshrutlar va vagonlar taqsimlab chiqiladi.
    4-bosqich – kalendar rejani “Oyda hammasi” qatoridagi “A”, “B” va “V” yo‘nalishlarga tayinlangan marshrutlarni va vagonlarni 3-bosqichdagi kabi oyning dekadalari va dekadaning kunlari bo‘yicha bir tekis taqsimlab chiqiladi. Yo‘nalishlar bo‘yicha marshrutlarni va vagonlarni taqsimlashda shunga ahamiyat berish kerakki, oyning har bir sanasi bo‘yicha ularning jami stansiya bo‘yicha shu sanadagi marshrutlarga va vagonlarga teng bo‘lishi kerak.
    5-bosqich – kalendar rejaning oyning sanalarida “A”, “B” va “V” yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlangan marshrut sostaviga har bir yuk jo‘natuvchilar qanchadan yuk ortilgan vagon taqdim etishlari belgilab chiqiladi. Bunda har bir yuk jo‘natuvchining sutkalik yuk ortish miqdoridan kelib chiqqan holda oyning kunlari bo‘yicha bir tekisda bo‘lishiga ahamiyat beriladi.
    6-bosqich – kalendar rejani oyning sanalari, dekadalari va “oyda hammasi” yuk jo‘natuvchilar bo‘yicha jamlanadi va balansi tekshiriladi. Va nihoyat “Oylik yuk ortish rejasi” dan “Oyda hammasi” (marshrutlashtirilgan) vagonlar chegirib, marshrutlashtirishdan qoldiq vagonlar miqdari aniqlanadi va balansi tekshiri

    Download 214,33 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




    Download 214,33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval Varianlar bo‘yicha ortish joylaridan marshrutlashtirish rejasi

    Download 214,33 Kb.