• 1.3. Birikmalar
  • Referat Gurux : 16-12 biqkt bajardi: Amirov Sh Tekshirdi: Xushnazarov o toshkent- 2014




    Download 0.66 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/6
    Sana19.02.2023
    Hajmi0.66 Mb.
    #42823
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Referat Gurux 16-12 biqkt
    Презентация1, energies-13-06587-v2, 007, Kitob 8564 uzsmart.uz - копия (2) - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия, Sharibova Gulshoda, tarmoq buyicha, 7-sinf informatika, DESIGN YOUR OWN CITY1.1, инфор тест 10 синф, hisobot ichi 2, Avtomatlashtirishning texnik vositalari(Majmua), majmua, Mavzu Zamonaviy kiyim assortimenti, Mavzu Bemalollik qo‘shimchalari
    1.2. Joiz o’lcham va o’tqazishlar 
    Detallarni chizma loyihasidagi o’lchamlari bir xil bo’lgan holda ham ularni 
    mutlaq aynan bir xil o’lchamli qilib tayyorlab bo’lmaydi. 
    Detallarni o’zaro almashtirish va yig’ish paytida qo’shimcha turli xildagi 
    to’g’rilash ishlarini bajarmaslik uchun ularni nominal o’lchamlariga nisbatan 
    ma’lum miqdorda chetga chiqqan holda tayyorlanishi mumkinligi oldindan 
    belgilab qo’yiladi. 
    Detallarning eng katta va eng kichik o’lchamlari o’rtasidagi ayirma joiz 
    o’lcham (dopusk) deyiladi. Joiz o’lchamlarning turli qiymatlari belgilangan bo’lib, 
    10 ta aniqlik sinfi belgilangan. 
    Detallarning ishlash darajasiga qarab, ular bir-biriga turli darajada 
    qo’zg’aluvchanlik bilan birikishi kerak. Detallar oraliq (orasi ochiq) hosil qilib 


    biriktirilsa, teshik va val o’rtasidagi ayirma ularning o’zaro harakatlanishiga imkon 
    beradi. 
    Detallar sirib o’tqaziladigan bo’lsa, val diametri teshik diametridan katta 
    bo’ladi va val teshikka kuch bilan o’tqaziladi. Detallarning birikish xarakteri 
    o’tqazish turi bilan aniqlanadi. 
    O’tqazishlar presslab o’tqaziladigan, o’tuvchan va qo’zg’aluvchan turlarga 
    bo’linadi. Presslab o’tqazish bu detallarni siqib o’tqazish demakdir. 
    Qo’zg’aluvchan o’tqazishlarda esa detallar o’rtasida tirqish bo’lishi kerak. 
    Standartlash-majburiy me’yorlar-standartlar kiritish yo’li bilan bir xildagi mahsulot 
    ishlab chiqarishni ta’minlash tizimidir. 
    Standartlash natijasida uzel va mashinalarni loyihalash osonlashadi, chunki 
    standart detallarni konstruktsiyasini ishlab chiqarishga hojat qolmaydi. 
    1.3. Birikmalar 
    Mashinalar uzellardan, uzellar esa, o’z navbatida detallardan
    tuzilgan.Detallarni biriktirish natijasida uzellar, uzellarni birlashtirish natijasida
    mashina hosil qilinadi.Detallarni yig’ish.uzellarni yig’ish har xil birikmalar 
    vositasida bajariladi.
    Birikmalar ajraladigan va ajralmaydigan bo’ladi. Agar 
    uzellarni yoki detallarni biri-biridan ajratish, mashinani qismlarga ajratishbirikkan 
    elementlarini sindirish shart bo’lsa, bunday birikma ajralmaydigan, aks holda 
    ajraladigan birikma deyiladi. Ajraladigan birikmalarga ponali, shponkali, shlitsali 
    va boltli, vintli birikmalar kiradi. Rezba vositasida biriktirish ajraladigan 
    birikmalarning eng ko’p tarqalgan va muhim turidir. Bolt, vint, shpilka yordamida 
    ajraladigan birikmalar ichida rezbali birikmalar katta yuk ta’sirida yetarli darajada 
    ishonchli ishlaydi, ularni yig’ish va ajratish kiyinchilik tug’dirmaydi, nisbatan 
    arzon turadi, xamma o’lchamlari standartlashtirilgan. Detal yuzasida rezba hosil 
    kilish uchun ularning tanasida vintsimon arik,chalar ochiladi. Qurilish 
    mashinalarida eng ko’p tarkalgan rezbalar kuyidagilardan hisoblanadi: metrik 
    rezbalar-katta va mayda qadamli bo’lib, ular dinamik kuchlar ta’sirida ishlovchi 
    detallar va vintlarda qo’llaniladi. Katta qadamli rezbalar M xarfi bilan belgilanib, 


    uning yoniga rezbaning tashqi diametrini ko’rsatuvchi son (mm)larda yozib 
    qo’yiladi. Masalan: M18, M13. 
    Dyumli rezbalarda qadam o’rniga rezba uzunligining bir dyumidagi (bir 
    dyum 25,4 mm ga teng) tolalar soni ko’rsatilgan. Ular gaz va vodoprovod 
    armaturalarida qo’llaniladi 
    Shponkali birikmalar burovchi momentni valdan 
    valga, shkivga yoki tishli g’ildirakka va aksincha uzatish uchun qo’llaniladi. 
    Shponkal tuzilishi bo’yicha ponasimon, prizmatik va segmentli bo’ladi (1.1-rasm). 
    1.1-rasm.Mashina detallari, brikmalar va qismlar 
    Parchin mixli birikmalar. Metall konstruktsiyalarida mustahkam choklar, 
    turli idish va qozonlarida germetik, mustahkam jips choklar hosil qilish hamda 
    payvand choklaridan foydalanish mumkin bo’lmaydigan birikmalarda qo’llaniladi. 
    Payvand birikmalar qurilish mashinalarida eng ko’p tarqalgan birikmalar 
    bo’lib, bunda detallarning birikish joylari payvandlash yo’li bilan hosil qilinadi. 
    Payvand choklarini temirchilik, avtogen va elektrik payvandlash usullarida hosil 
    qilinadi. 

    Download 0.66 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0.66 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat Gurux : 16-12 biqkt bajardi: Amirov Sh Tekshirdi: Xushnazarov o toshkent- 2014

    Download 0.66 Mb.
    Pdf ko'rish