• Sub Bytes , ShiftRows , MixColumns va AddRoundKey
  • Asimmetrik shifrlashning umumlashtirilgan sxemasi.
  • - Sub Bytes – algoritmda jadval asosida baytlarni almashtiradi, ya’ni S-blok akslantirishlarini amalga oshiradi; - ShiftRows




    Download 296.25 Kb.
    bet7/8
    Sana30.01.2023
    Hajmi296.25 Kb.
    #40236
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    refarat
    1-ШАХСИЙ ТОПШИРИҚ (4), gulmira fizika i slayd, Mustaqil ish-1, usmon hasan, Og\'abek Olimov — QJT, PUL va BANK, 2-mavzu klassik shifrlash algaritmlari ishlash tartibini o`rgani-fayllar.org, 4-amaliy ish Mavzu Oqimli shifrlash Ishdan maqsad, Комплектации и цены. XRAY Cross, Matematika 1996-2007 [uzsmart.uz], 3 lifestyle, Romeo-and-Juliet-PDF, Boqijonov S 1-8-labaratoriya, Mavlyanova Shaxnoza Muxtarovna
    - Sub Bytes – algoritmda jadval asosida baytlarni almashtiradi, ya’ni S-blok akslantirishlarini amalga oshiradi;
    - ShiftRows – algoritmda berilgan jadvalga ko‘ra holat baytlarini siklik surish;
    - MixColumns – ustun elementlarini aralashtiradi, ya’ni algoritmda berilgan matritsa bo‘yicha akslantirishni amalga oshiradi;
    - AddRoundKey – raund kalitlarini qo‘shish, ya’ni bloklar mos bitlarini XOR amali bilan qo‘shish.
    Deshifrlash jarayonida shifrlash jarayonidagi Sub Bytes, ShiftRows, MixColumns va AddRoundKey funksiyalari o‘rniga mos ravishda invSub Bytes, invShiftRows, invMixColumns va AddRoundKey teskari almashtirish funksiyalari qo‘llaniladi.





    Rivest-Shamir-Adleman (RSA) - algoritmi ochiq kalitlarni shifrlash usuli bo'lib, shifrlashning eng xavfsiz usuli hisoblanadi. 1978 yilda Rivest, Shamir va Adleman tomonidan ixtiro qilingan va shuning uchun RSA algoritmi deb nomlangan.
    Asimmetrik shifrlashning birinchi va keng tarqalgan kriptoalgoritmi RSA 1993 yilda standart sifatida qabul qilindi. Ushbu kriptoalgoritm har taraflama tasdiqlangan va kalitning yetarli uzunligida bardoshligi e’tirof etilgan. Hozirda 512 bitli kalit bardoshlikni ta’minlashda yetarli hisoblanmaydi va 1024 bitli kalitdan foydalaniladi. Ba’zi mualliflarning fikricha protsessor quvvatining oshishi RSAkriptoalgoritmining to‘liq saralash xujumlarga bardoshligining yo‘qolishiga olib keladi. Ammo, protsessor quvvatining oshishi yanada uzun kalitlardan foydalanishga, va demak, RSA bardoshligini oshishiga imkon yaratadi.


    Asimmetrik shifrlashning umumlashtirilgan sxemasi.

    Asimmetrik kriptoalgoritmlarda simmetrik kriptoalgoritmlardagi kamchiliklar bartaraf etilgan:

    • Kalitlarni mahfiy tarzda yetkazish zaruriyati yo‘q; asimmetrik shifrlash ochiq kalitlarni dinamik tarzda yetkazishga imkon beradi, simmetrik shifrlashda esa himoyalangan aloqa seansi boshlanishidan avval mahfiy kalitlar almashinishi zarur edi;

    • Kalitlar sonining foydalanuvchilar soniga kvadratli bog‘lanishligi yo‘qoladi; RSA asimmetrik kriptotizimda kalitlar sonining foydalanuvchilar soniga bog‘liqligi chiziqli ko‘rinishga ega (N foydalanuvchisi bo‘lgan tizimda 2N kalit ishlatiladi).

    Ammo asimmetrik kriptotizimlar, xususan RSA kriptotizimi, kamchiliklardan holi emas:

    • hozirgacha asimmetrik algoritmlarda ishlatiluvchi funksiyalarning qaytarilmasligining matematik isboti yo‘q;

    • asimmetrik shifrlash simmetrik shifrlashga nisbatan sekin amalga oshiriladi, chunki shifrlashda va rasshifrovka qilishda katta resurs talab etiladigan amallar ishlatiladi (xususan, RSAda katta sonni katta sonli darajaga oshirish talab etiladi). Shu sababli asimmetrik algoritmlarni apparat amalga oshirilishi, simmetrik algoritmlardagiga nisbatan anchagina murakkab;



    Xulosa:
    Men ushbu referatni Standart shifrlash algoritmlari qo`llanilishi rejimlari, farqi va ularning qiyosiy tahlili mavzuda tayorladim. Bu referatni tayorlash jarayonida men dunyodagi shifrlash standarlari va ularning ishlatilish rejimlari algoritmlari haqida o`qib o`rgandim va ushbu mavzuni yoritdim. Insoniyat aqli va raqamli texnalogiya rivojlanib borarkan bu soxaga yani shifrlashga bo`lgan ehtiyoj ortib boradi va uni yanada rivojlanishi uchun harakatlar va ko`plab ishlar olib boriladi. Ma`lumotlar mahfiyligini saqlash maqsadida bunga shifrlashga bo`lgan ehtiyoj juda kata. Masalan, davlatlar o`rtasida amalga oshiriladgan suhbatlar, qandaydir ma`lumotlarni kovertatsiyasi, xattoki pul almashish jarayonida ham bu soha ancha yordam beradi. Bu mavzuda asosiy urg`u berilgan ma`lumotlar bular butun dunyoda tan olingan standartlar va ularning qo`llanilishi rejimlari haqida so`z borgan. Bu standartlar va shifrlashning qo`llanilsh rejimlari har bir boshqa shifrlashning asosi hisoblanadi. Xar bir davlatning o`zining standarti tasdiqlanadi. Bu standartlar birinchi bor Amerika, Rassiya davlatlari ishlab chiqa boshlagan.
    Bizning ham o`zimizning standart mavjud bu O‘zbekistonning ma’lumotlarni shifrlash standarti. O’z DSt 1105-2009 ma’lumotlarni shifrlash algoritmi diamatritsaviy funksiyalarni qo‘llagan holda 256 bit uzunlikdagi ma’lumotlar blokini shifrmatnga o‘girish va shifrmatnni dastlabki matnga ugirish uchun 256 yoki 512 bit uzunlikdagi kriptografik kalitlardan foydalanishga mo‘ljallangan. Bu standart shifrlash bizning malumotlarimiz oshkor bo`lmasligi uchun milliy xavfsizligimzni ta`minlash uchun ishlatiladi.
    Ushbu mavzuni yoritishda men turli davlatlarning qo`llanmalaridan foydalandim va o`qib o`rgangan ma`lumotlarimni ushbu refaratda yoritdim.

    Download 296.25 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 296.25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - Sub Bytes – algoritmda jadval asosida baytlarni almashtiradi, ya’ni S-blok akslantirishlarini amalga oshiradi; - ShiftRows

    Download 296.25 Kb.