166
Demak, faol investitsion siyosat yuritish
va mavjud barcha moliyaviy
intellektual va boshqa resurslarni import o’rnini bosuvchi va eksportga chiqarish
mumkin bo’lgan qo’l ostimizdagi o’z zaminimiz
xomashyosini qayta ishlash,
ishlab chiqarish sohasini yaratishda ahamiyati kattadir.
Iqtisodiy asoslangan investitsion rejalarni bajarish va O’zbekiston
iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga tashqi davlatlar sarmoyasi va kreditlarni jalb
etish, amalda xalq xo’jaligida tarkibiy o’zgarishlarni rivojlantirish maqsadida
belgilangan eng muhim va ustuvor vazifa deb qaralmoqda.
Respublikamizda bu vazifani samarali bajarish
uchun investitsion faoliyat
yuritilishiga qulay muhit va zarur bo’lgan shart-sharoitlar, huquqiy me’yorlar
yaratildi, anchagina yetakchi donor-davlatlar va
xalqaro moliyaviy va sanoat
tashkilot va o’z investitsiyalari, kreditlarini ajratishmoqda.
Ular kattagina
miqdordagi investitsiya va kreditlarni ajratishga tayyor ekanligini bildirishdi.
Yuzaga kelgan barcha imtiyozlardan unumli va oqilona foydalanish uchun
samarali ishlab chiqarish turlarini loyihalashtirish va
ularni tadbiq etish talab
qilinadi.
Respublika xalq xo’jaligining asosiy tarmoqlari orasida qurilish materiallari
salmoqli o’rin egallaydi. Bu esa o’z
xomashyo bazasiga egaligimiz, sanoat, qurilish
materiallari va uy joy konstruksiyalariga bo’lgan yuqori ehtiyoj va malakali
mutaxassislarning borligi bilan belgilanadi.