165
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da belgilangan
vazifalardan kelib
chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi ta'lim tizimidagi islohotlarni amalga
oshirish,
mamlakatimiz
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini
yuqori
malakali
mutaxassislar bilan ta'minlash, hamda zamon talablariga
javob beradigan yuqori
malakali kadrlarni tayyorlash oliy va o‘rta maxsus ta'limi tizimidagi islohotlarni
rivojlantirishning mazmunini tashkil etadi.
Oxirgi yillarda O‘zbekistonda qurilish sohasi keng ko‘lamda
rivojlanmoqda. Qurilish sohasi negizini qurilish materiallari
va buyumlari tashkil
etadi. Bino va sanoat inshootlarining sifati, uzoq muddatga chidamliligi ko‘p
jixatdan qurilish materiallari va buyumlarini to‘g‘ri
tanlab olish va ishlatishga
bog‘liqdir. Shuning uchun qurilish sohasini tanlagan talabalarni “silikatlar
texnologiyasi” fanini puxta egallashlari juda muhimdir.
Ushbu fan qurilish materiallarining xom ashyoviy bazasi oid masalalar,
an'anaviy qurilish materiallarining xom ashyosi va ishlab chiqarish texnologiyasi,
sement xom ashyosi, tog‘ jinslari, g‘isht va to‘ldiruvchi xom ashyosi va ularning
fizik-kimyoviy xossalari va ulardan ratsional
foydalanish sohalarni, fan tarixi va
rivojining tendensiyasi haqida malumot va qo‘yiladigan
talablari, jarayonning
o‘ziga xos tomonlari va mohiyatini qamrab oladi.
1-Amaliy mashg’ulot (4-soat)