• Bo’yin tovlash
  • Kompromiss
  •  Nizoli vaziyatlarni bartaraf qilish




    Download 183.61 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana25.03.2023
    Hajmi183.61 Kb.
    #46603
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    37lFkFjlqjnzBLe61HBS0sH9a0FCpIBoVdby2gEd
    1 курс кузги семестровка 2021 тегишли, 2-амалиёт-(26-77), Xazratqulov Shaxzod MTA , Sharipov Ruslan MTA , maqolam, Алишер Наваи, zamonaviy menejr, 123456, 2-labaratoriya, kurs ishi nbb(2), Buxoro Norbutayeva Farangiz, Operatsion Tizimlar (Syllabus-2023-2024)-07, Fazluddin Iqroruddin. Nikoh va oila risolasi, Fibonachchi qo\'llanmasi
    2. Nizoli vaziyatlarni bartaraf qilish  
    Nizoli vaziyatlarni bartaraf qilish uchun metodlarning ikki guruhidan-
    strukturali va shaxslararo usullaridan foydalanish mumkin.
    Ishga qo’yiladigan talablarni natijalar darajasini, (har bir ishchi 
    kutilaѐtgan natijalar darajasini, kim turli axborotlarni qabul qilishini va x.k.);
    Koordinatsion va integratsion metodlar (ulardan biriguruh zanjiri. 
    Rahbar odamlarni o’zaro ta’sirini, qarorlar qabul qilish)ni, tashkilot ichidagi 
    axborotlar oqimini tartibga keltiradi, natijada nizolarni vujudga kelishini oldini 
    oladi;
    Xodimlarni barcha kuchlarini umumiy maqsadga erishishiga 
    yo’naltiradi;
    Mukofotlar tizimini yaratish (minnatdorchilik, mukofot berish, xizmat 
    lavozimini ko’tarish orqali odamlar xulqiga ta’sir etish orqali nizoli 


    vaziyatlarni boshqarish mumkin). bo’yin tovlash (ѐki qochish), tekislash 
    (moslashish), kompromiss, raqobat, hamkorlik kabilarni nizoli vaziyatlarni 
    bartaraf qilishning shaxslararo metodlari deb atash mumkin.
    Bo’yin tovlash -nizoli vaziyatni inkor qilish shaklida namoѐn 
    bo’ladigan munosabat. Bunda rahbar vaqt, resurslar etishmasligini, muammoni 
    unchalik ahamiyatli emasligini bahona qiladi.
    Bunday hatti-harakatning shiori ―Pashshadan fil yasash kerak emas‖.
    nizoni xal qilishni ortga surish (o’z-o’zidan tinchib qoladi), raqiblarga 
    o’z adovatlarini o’ylab ko’rishlariga imkon berish.
    Tekislash –bu ikkinchi tomonni qiziqishlarini manfaatini unga 
    moslashish orqali qoniqtirish bo’lib, o’z manfaatlarini qondirilishiga katta 
    ahamiyat bermaslik. Bunda ―Sen yutishing uchun men yutqazishim kerak‖ 
    printsipi asosida harakat qilinadi. Bunda nizoni rivojlanib ketishidan qochish 
    va haqiqat ―raqibi‖ tomonida deb tushunish, kelajakda sherigi bilan til 
    topishiga intilish bunday xulqning namoѐn qilish sababi bo’lib hisoblanadi.
    Kompromiss –bu tomonlarni fikrlarini, pozitsiyalarni ochiq 
    muhokama qilib, har ikkala tomon uchun ham qulay va ma’qul echimni topish 
    usulidir.
    Bunday ѐndoshuvning afzalligi shundaki, bunda tomonlarni huquq 
    va vazifalarini muvozanatlashuvi va da’volar legalligi vujudga keladi.
    Kompromis rahbar munosabatlaridagi taranglikni olib tashlashga va 
    optimal echimni topishga ѐrdam beradi.
    Raqobat –kimnidir g’olib chiqishiga olib keladi va oxir oqibatda 
    sherigini yo’q qilishga olib keladi ―Men g’alaba qilishim uchun, sen 
    yutqazishing kerak‖. Bu nizoli vaziyatga ѐqimsiz va kam samarali ѐndashuv 
    bo’lib, hisoblanadi, lekin bunda yana shuni tan olish kerakki, raqobat qobiliyat 
    va talantni stimullashtiradi.
    Raqobat ko’pincha o’zini yuqori baholab va raqibini etarli 
    baholamagandan kelib chiqadi.

    Download 183.61 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 183.61 Kb.
    Pdf ko'rish