Pedagogik jamoada quyidagi metodikalar o’tkaziladi va taxlil




Download 183.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana25.03.2023
Hajmi183.61 Kb.
#46603
1   2   3   4   5
Bog'liq
37lFkFjlqjnzBLe61HBS0sH9a0FCpIBoVdby2gEd
1 курс кузги семестровка 2021 тегишли, 2-амалиёт-(26-77), Xazratqulov Shaxzod MTA , Sharipov Ruslan MTA , maqolam, Алишер Наваи, zamonaviy menejr, 123456, 2-labaratoriya, kurs ishi nbb(2), Buxoro Norbutayeva Farangiz, Operatsion Tizimlar (Syllabus-2023-2024)-07, Fazluddin Iqroruddin. Nikoh va oila risolasi, Fibonachchi qo\'llanmasi
Pedagogik jamoada quyidagi metodikalar o’tkaziladi va taxlil 
qilinadi: 
Guruhdagi psixologik iqlimni aniqlash.
Muloqotda o’zini o’zi boshqara olish.
Nizolashuvchanlik darajasini aniqlash.
Metodikalar 
o’tkazilib 
taxlil 
qilinganidan 
so’ng 
guruhiy 
munosabatlarni yaxshilash maqsadida trening mashg’ulotlari o’tkaziladi.  
Muloqotda o’z – o’zini boshqarish darajasini aniqlash 
so’rovnomasi
Mazkur so’rovnoma amerikalik psixolog M.Snayder tomonidan 
ishlab chiqilgan bo’lib, shaxsning muloqot davomida o’z – o’zini qanchalik 
kuchli boshqara olishini o’rganishga xizmat qiladi.
Ko’rsatma: «Diqqat bilan quyidagi berilgan 10 ta gapni o’qib chiqing. 
Gaplar mazmunida ifodalangan fikr o’zingiz uchun qanchalik tegishli ekanini 
bildiring. Bunda «to’g’ri», «to’g’ri shekilli» kabi javoblardan foydalaning»
So’rovnoma materiali
Mening nazarimda, boshqalarning xatti – harakatlariga taqlid qilish 
oson emas,
Men atrofdagilar diqqatini jalb etish ѐki ularni kuldirish uchun har xil 
qiliqlar qila olgan bo’lar edim.
Mendan tuzukkina aktѐr chiqishi mumkin edi.
Atrofdagi odamlar nazarida men ba’zi narsalarni haddan tashqari 
yurakka yaqin olaman.
Do’stlar davrasida men kamdan – kam boshqalarning diqqat 
markazida bo’laman.
Har xil vaziyatlarda har xil odamlar bilan muloqot qilishda men 
o’zimni turlicha tutaman.
Men biror narsaga qat’iy ishonganimdagina uni himoya qilib, ѐqlab 
chiqishim mumkin.
Odamlar bilan muomala – munosabatda muvaffaqiyat qozonish uchun 
men atrofdagilarga ma’qul tushadigan xatti – harakatlarni qilishga intilaman.
Men «ko’rgani ko’zim bo’lmagan» odamlar bilan ham o’zimni 
do’stona tuta olaman.


Men har doim ham o’zimning haqiqiy sifatlarimni namoyish 
etmayman.
Natijalarni hisoblash.
Kalitga mos kelgan har bir javob uchun 1 ball qo’yiladi Kalit: 
«to’g’ri», «to’g’ri shekilli» - 1, 5, 7;
«noto’g’ri», «noto’g’ri shekilli» - 2, 3, 4, 6, 8, 9,10.
Tekshiriluvchining javoblari kalit bilan solishtirilgach, bolalarning 
umumiy yig’indisi hisoblab topiladi. Natijalarning talqini.Agar tekshiriluvchi 
samimiy javob bergan bo’lsa, uning muloqotda o’z – o’zini boshqara olish 
darajasi haqida quyidagi fikrlarni bildirish mumkin:
1 – 3 – kommunikativ nazorat sust; hulq – atvor barqaror, vaziyatga 
qarab o’zgaravermaydi muloqotda samimiy ravishda ko’ngildagi gapni 
gapirish ehtimoli yuqori: dangallik va cho’rtkesarlikning kuchli ekanligi 
atrofdagi ba’zilarga ѐqmasligi mumkin.
4 – 6 – kommunikativ nazorat o’rtacha; samimiyat daraji yuqori, lekin 
ba’zida hissiѐtlar «jilovi» bo’sh qo’yib yuboriladi: xulq – atvorda 
atrofdagilarning fikrlarini inobatga olish mavjud.
7 – 10 – kommunikativ nazorat yuqori; tezlik bilan har qanday rolga 
kirisha olish; vaziyat o’zgarishi bilan shaxsiy xulq – atvorni osongina 
o’zgartirish; atrofdagilarda qanday taasurot qoldirilishini oldindan bilish.
M.Snayderning ta’kidlashicha, kommunikativ nazorat darajsi yuqori 
bo’lgan odamlar qaysi vaziyatda o’zini qanday tutish kerakligini biladilar, o’z 
emotsiyalarining ifodalanishin boshqaradilar. Biroq ular o’zlarini tabiiy 
tutishga qiynaladilar, voqealar rivojini oldindan payqab bo’lmaydigan 
vaziyatlarni xush ko’rmaydilar. Kommunikativ nazorat darajasi past bo’lgan 
odamlar o’zini tabiiy va ochiq tutadilar, lekin vaziyat o’zgarganda, yangi 
vaziyatga moslashishda qiynaladilar.
Metodika manbasi: Rogov E.I. Nastolnaya kniga prakticheskogo 
psixologa: Ucheb.posbie: V 2 kn. – Z – e izd. – M.: Gumanit. Izd. Tsentr 
VLADOS, 2000: - KN. 2: Rabota psixologa so vzroslo’mi. Korrektsionno’e 
priѐmo’ i uprajneniya. – 480 s. 57 – 58 betlar.

Download 183.61 Kb.
1   2   3   4   5




Download 183.61 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik jamoada quyidagi metodikalar o’tkaziladi va taxlil

Download 183.61 Kb.
Pdf ko'rish