Reja : kirish I- bob




Download 52.43 Kb.
bet2/6
Sana22.05.2023
Hajmi52.43 Kb.
#63070
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 sinflarda musiqa o\'qitish
Sanoat binolari va binolariga qo, semenar, Lok va buyoqlar, intefaol metoddoc, 1-Amaliy mashg\'ulot Choynak yopqich, 111, 1, Psixologiya (B.Umarov), Документ Microsoft Word, Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf, 2-k Chizma geometriya bilet, Estrada, Аброрники оҳирги варианти, Rangtasvir (S.Abdirasilov, N.Tolipov, N.Oripova), Hisobot Xudayberdiyeva
__________________
Nurmatov X. va Ibragimov O. «Oltinchi sinfda musiqa darslari uchun
qo’llanma». T.,1996


I- BOB OLTINCHI SINFLARDA MUSIQA O’QITISH ISH REJASI


I-1 Oltinchi sinfda musiqa o‘qitishni mazmuni va xususiyatlari 


Oltinchi sinfda musiqa o‘qitishning maqsad va vazifalari oldingi sinflarda
olgan bilim va malakalarini darajasiga asoslanib belgilanadi. Oltinchi sinfda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maqsadlar, musiqa tarbiyasining bosh mezonuvchilarning ma’naviy boyligining tarkibiy qismi bo‘lgan musiqaviy madaniyatini shakllantirishga qaratiladi. Mazkur maqsadlarni quyidagicha amalgaoshirish belgilanadi: Darsning barcha faoliyatlari vositasida doimiy ravishda o‘quvchilarning musiqaviy iqtidorini rivojlantirib borish. Vokal-xor malakalarini rivojlantirib, yakka jamoa bo‘lib kuylash, ikki ovozli kuylashgao‘rgatish. Musiqa idrokini rivojlantirish va asarlarni tuzilishi, shakli, ladi, tempi, mualliflari haqida fikr yuritishga o‘rgatish. 
Musiqa savodidan, oddiy musiqa terminlarini va atamalarini mohiyatini  
musiqa amaliyotida bilish va har bir musiqa asarida kuylab borish.
Oltinchi sinf o‘quvchilarining ovoz diapazoni (Do1 - Fa2) bo‘ladi. Oltinchi 
sinfda o‘quvchilarni o‘spirinlik davri boshlanadi. Buning natijasida organizmda aktiv o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Fiziologikpsixologik jihatdan o‘quvchilarni ovozini o‘zgarishi, bo‘yning o‘sishi, fanlarga qiziqishi, mustaqil fikr yurita olishi qobiliyatlari rivojlana boshlaydi. Natijada bosh miya yetarli darajada ozuqa ololmay, horg‘inlik holatlari ro‘y beradi. Ya’ni, dars davomida o‘quvchilarni diqqat e’tibori tarqaladi. Ularni jalb etish qiyinlashadi. Bu davrda ularga jiddiy, 
mehribona bir munosabatda bo‘lish, do‘stona suhbatlar o‘tkazish talab etiladi. Shuning uchun o‘qituvchi har biro‘quvchini kuzatib, uni o‘rganishi lozim. Chunki, o‘quvchilar kattalarni munosabatiga jiddiy e’tibor beradilar, ular ko‘proq kattalar bilan muomalada bo‘lishni istaydilar. Bolalarning intizomida ayrim o‘zgarishlar paydo bo‘ladi, ularning istagi va qobiliyati orasida tafovutlar sodir bo‘lib turadi. 
Bularning hammasi o‘qituvchidan yuqori malaka va ko‘nikmalarni talab
etadi. 
Bunday holatda o‘qituvchi o‘quvchilarni quyi sinflarda olgan bilim va 
malakalariga va hayotiy dalillarga suyanib ish tutishi yaxshi natija beradi. 
Buning uchun dars mazmunini hayot bilan bog‘lab olib borish zarur. Qo‘shiq o‘rgatish va musiqa tinglash jarayonida asarlardan parchalar kuylab ovoz-larini sozlashi bolalarda qiziqish uyg‘otadi. Bunda ijro uslublarini batafsil tushuntirish lozim. 
Asarlarni tahlil etishda bolalarni aktiv qatnashtirish maqsadga muvofiqdir. Har bir xalqning o‘z milliy musiqa san’ati mavjudligi, musiqa har bir tarixiy davrning badiiy aksi ekanligi haqida bolalarda aniq tushuncha hosil qilishi lozim. Shu asosda o‘zbek musiqasining
qisqa tarixi cholg‘u asboblari va o‘zbek xalq musiqa janrlari, maqomlari, mumtoz qo‘shiqlari, zamonaviy qo‘shiqlarini taqqoslab ko‘rsatish mumkin.
Masalan, «Shashmaqom» tojik va o‘zbek xalqlarining azaliy birodarlik ramzi ekanligi, ularning ko‘p cholg‘u asboblari bir xilda ekanligi va boshqa
xalqlar foydalanishi 
mumkinligi haqida xalq musiqasi asosida yaratilgan kompozitorlik asarlar, 
zamonaviy musiqava Sharq xalqlari musiqasi bilan tanishtirish, taqqoslash 
lozim.
Musiqa savodidan o‘lchovlar, ladlar, ton va yarim ton, alteratsiya belgilari
dinamik belgilari, intervallar, reprizalar bilan tanishtirib, musiqiy asarlari tahlil qilish yaxshi natija beradi. Oltinchi sinfda o‘quvchilarni ovoz
diapazoni 1-ovozlar uchun (Do1 - Fa2). II-ovozlar uchun (Sikich-Re2), 
bu davrda o‘quvchilarga qo‘shiqlarni ikki ovozlik qilib o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Chunki bu paytda, ayrim o‘quvchilarda mutatsiya davri boshlanadi. 
Mutatsiya davridan oldin o‘g‘il va qiz bolalar ovozi o‘rtasidagi farq 
uncha sezilmaydi. Mutatsiya paytida qo‘shiq o‘rgatish o‘qituvchidan
katta mas’uliyatni talab etadi.
Qo’shiqlar o’rtacha tempda yozilgan bo’lishi kuylash uchun foydali va osondir. Ikki ovozli qo’shiqlarni ohanglari imitatsiya jihatidan shakli yengil va oson bo’lishi kerak. O’zbek xalq qo’shiqlarni o’qituvchi ikki ovozlik qilib,qayta ishlab o’rgatishi o’quvchilarni talaffuzi intonatsiyasi va xotirasini rivojlantiradi. Ikki ovozlikni kuylashda, bir ovoz cho’zib, ikkinchi ovoz harakatlashishi ham, bolalarni eshitish qobiliyatlarini ustiradi. Keyinchalik esa, ovozlarni parallel bir tomonga yo’nalishi, ovozlarni qarama-qarshi yo’nalishi va har xil murakkabrok holatida ham kuylash mumkin bo’ladi. Musiqa darsida ikki ovozda kuylash uchun bolalar ovozini diskant va altga bo’lish shart emas, balki taxminiy bo’lishi ham mumkin. Chunki ikkinchi, uchinchi ovozni kuylaganda bolalarni musiqa o’quvi ko’proq o’sadi. Shuning uchun ovozlarni galma-gal almashtirib kuylatish lozim. Buning uchun albalta dastlab, sof unisonga erishiladi. So’ngra, ikki ovozli asarlarga utiladi. Oltinchi sinf bolalarning ovozlari yangroq ovoz apparatlari shakllangan, ko’nikma va malaka ega bo’lganligi sababli ikki ovozli qo’shiqlarni o’rgatish maqsadga muvofiqdir.1

__________________


1.Mansurov A. va Karimova D. «Umumiy ta’lim maktablarining 6-sinf musiqa
darsi uchun metodik tavsiyanomasi» T. 1997 y.

Download 52.43 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 52.43 Kb.