Reja : kirish I- bob




Download 52.43 Kb.
bet4/6
Sana22.05.2023
Hajmi52.43 Kb.
#63070
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 sinflarda musiqa o\'qitish
Sanoat binolari va binolariga qo, semenar, Lok va buyoqlar, intefaol metoddoc, 1-Amaliy mashg\'ulot Choynak yopqich, 111, 1, Psixologiya (B.Umarov), Документ Microsoft Word, Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf, 2-k Chizma geometriya bilet, Estrada, Аброрники оҳирги варианти, Rangtasvir (S.Abdirasilov, N.Tolipov, N.Oripova), Hisobot Xudayberdiyeva
________________________
1.Qodirov R. Boshlang’ich maktabda ko’p ovozda kuylash T.,1997
II OLTINCHI SINFDA DARS MAVZUSI VA UNING O’QUVCHILARNING BILIM VA MALAKASIGA MOSLIGI

II-1 Oltinchi sinf Musiqa darsida ikki ovozda kuylash

O’rta sinflarda musiqa o’qitishning mazmun-mohiyati Ziyodaxon Latipovna Xodjayeva Andijon davlat universiteti Annotatsiya: Mazkur maqolada umumiy o’rta ta’lim maktabining o’rta sinf o’quvchilariga musiqa madaniyati fanini o’qitishning ilmiy-nazariy ahamiyati va mazmun-mohiyati haqida fikr-mulohazalar yurutilgan. Ma’naviyat tushunchasi insonni ruhan va mafkuraviy jihatdan barqaror bо’lishini ta’minlaydi. О’zbekiston xalqining asrlab yig’ib, avaylab, avloddan - avlodga eltib kelgan ma’naviy bisotining salmoqli bir qismi uning musiqasi, kuy va qо’shiqlari hisoblanadi. Xalqimiz ayniqsa she’riyat bilan bevosita bog’langan folklor qо’shiqlari, bolalar qо’shiqlari, maqom sikllari, katta va mumtoz ashulalarga nihoyatda boy. O’rta sinf o’quvchilariga musiqa madaniyati fanini o’qitishdan kutilayotgan narsa shuki, o’rta sinf musiqa madaniyati darsliklaridagi mavzular orqali ularning hayoliy, fikriy dunyosini boyitish, o’quvchilar qalbida vatanga insonlarga, mehr-muhabbat ruhini shakillantirishdan iboratdir. Keling avvalo o’rta sinf o’quvchilarining psixologik-fiziologik jihatlariga to’xtalib o’tsak. O’rta sinf tayanch-ta’lim bosqichi boshlanadi. 6-sinfda o’quvchilar psixologik tomondan ancha o’zgargan bo’ladi. Ularning hayotiy tajribalari boyigan, konkret fanlarni o’rganish jarayonida ilmiy dunyo qarashlari tarkib topayotgan davr bilan farq qiladi. Fikrlash bir muncha rivojlanganligi sababli, ko’rgazmali idrokdan ko’ra so’z orqali mantiqiy idrok qobiliyatlari rivojlana boshlandi. Shunga muvofiq o’rganiladigan asarlar ham janr, hajm va badiiy mazmun jihatidan tobora jiddiylashib boradi. Ovoz diapazoni (Do1 - Mi2 ) ma’lum miqdorda rivojlangan bo’ladi. 6-sinf o’quvchilarning quyi sinflarda olgan vokal-xor malakalari takomillashadi, bu malakalar ashulaning to’g’ri va ta’sirli aytilishini ta’minlaydi, bolalar ovozining yaxshilanishiga va parvarish qilinishiga yordam beradi. Vokal-xor mashqlari sifatida xalq quyi va qo’shiqlaridan parchalar kuylash va shu vosita bilan milliy musiqa ohanglari xususiyatlarini bolalar xissiyotiga singdirib borish maqsadga muvofiqdir. O’qituvchi o’zi qo’shiqni ifodali qilib kuylab berishi va o’quvchilarni musiqiy o’quv qobiliyatlarini o’stirish kerak: 1. Sof unisonga erishishi. 2. Musiqiy jumlani boshidan oxirigacha to’la idrok etishi, 3. Notaga qarab qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. O’quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab, nixoyatda oddiy mashqlardan, qo’shiq naqoratlaridan, kuylash uchun qo’lay bo’lgan ladlardan boshlash maqsadga muvofiqdir. Eng oddiy va murakkab mashqlarni ham, asosan solfedjio qilish yo’li bilan o’rganish va kuylash lozim, chunki bu jarayonda notalarni nomlari va balandligi holatini ham anglab boriladi. Ikki ovozlikda kuylashni boshlashdan oldin, sinf taxtasida yoki plakatlarda ko’rsatib notalar nomini va tovushning balandlik holatini aniqlab, ovoz chiqarib bir necha marta takrorlab so’ng, kuylash zarur. Dastlab katta tertsiya, sof kvarta, sof kvinta, katta seksta singari ohangdosh intervallar, mashqlar uchun asos bula oladi. Chunki, bu intervallar kuylash uchun qo’lay yoqimli va o’quvchilar xotirasida saqlanishi oson. Intervallar faqat ikki ovozda kuylanmasdan, balki tinglash uchun ijro etib, ularda yuqori va pastki tovushni aniqlashni topshirish lozim. Bunday savollar o’quvchilarni garmonik o’quvini kuchaytiradi, intervallarni ongli ravishda o’zlashtirish tuyg’usi paydo bo’ladi. Ikki ovozlik qo’shiqlarni kuylash uchun, kichiq kanonlardan boshlab kattarok xajmdagi jo’rsiz (akapella) asarlarga o’tish, o’quvchilarni bir-birini diqqat bilan eshitib, kuylash qobiliyatiarini o’stiradi. Ikki ovozli qo’shiqlarni tanlaganda, ikki ovozli elementi bor, kichiq xajmdagi asarlar maqsadga muvofiqdir. Har qaysi ovozning ohanggi aniq ravshan, mustaqil bo’lishi kerak. Pastki ovoz quyi shirali, xushohang, yaxshi esda qoladigan bo’lishi ayniqsa muhimdir. Ovoz partiyalarining diapazoni, seksta septima oktavalar xajmidan oshmaydigan qo’shiqlar aytishga ayniqsa qo’laydir. Qo’shiqlar o’rtacha tempda yozilgan bo’lishi kuylash uchun foydali va osondir. Ikki ovozli qo’shiqlarni ohanglari imitatsiya jihatidan shakli yengil va oson bo’lishi kerak. O’zbek xalq qo’shiqlarni o’qituvchi ikki ovozlik qilib,qayta ishlab o’rgatishi o’quvchilarni talaffuzi intonatsiyasi va xotirasini rivojlantiradi. Ikki ovozlikni kuylashda, bir ovoz cho’zib, ikkinchi ovoz harakatlashishi ham, bolalarni eshitish qobiliyatlarini ustiradi. Keyinchalik esa, ovozlarni parallel bir tomonga yo’nalishi, ovozlarni qarama-qarshi yo’nalishi va har xil murakkabrok holatida ham kuylash mumkin bo’ladi. Musiqa darsida ikki ovozda kuylash uchun bolalar ovozini diskant va altga bo’lish shart emas, balki taxminiy bo’lishi ham mumkin. Chunki ikkinchi, uchinchi ovozni kuylaganda bolalarni musiqa o’quvi ko’proq o’sadi. Shuning uchun ovozlarni galma-gal almashtirib kuylatish lozim. Buning uchun albalta dastlab, sof unisonga erishiladi. So’ngra, ikki ovozli asarlarga utiladi. Oltinchi sinf bolalarning ovozlari yangroq ovoz apparatlari shakllangan, ko’nikma va malaka ega bo’lganligi sababli ikki ovozli qo’shiqlarni o’rgatish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim jarayonida 6-sinf o’quvchilar - o’zbek xalq cholg’u orkestri, xor san’ati simfonik orkestr, vokal-simfonik asarlar, saxnaviy musiqa asarlari, raqs san’ati, musiqali drama va komediyalar, opera san’ati, o’zbek musiqasida opera janri haqidagi bilimlarga ega bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Umuman olganda, musiqa savodi darsining ko’proq ta’limiy funktsiyasini bajarmogi lozim. Shuning uchun musiqa savodiga doir beriladigan har bir yangi atama, tushuncha yoki nazariy element musiqa faoliyatining barcha turlari amaliyotida qo’llanib, o’quvchining musiqiy bilim doirasini boyitib borishi lozim. Bu esa o’ quvchining musiqiy savodxonligi tarkib topishida asosiy ro’l o’ynaydi. Musiqa savodidan o’lchovlar, ladlar, ton va yarim ton, alteratsiya belgilari, dinamik belgilari, interval lar, reprizalar bilan tanishtirib musiqiy asariami tahlil qilish yaxshi natija beradi. Oltinchi sinfda o’quvchilami ovoz diapazoni 1 -ovozlar uchun (Do, - Fa2). II - ovozlar uchun (si - Re2), bu davrda o’quvchilarga qo’shiqlarpi ikki ovozlik qilib o’rgatish maqsadga muvofiqdir. Chunki bu paytda, ayrim o’quvchilarda mutatsiya davri boshlanadi. Mutatsiya davridan oldin o’g’il va qiz bolalar ovozi o ‘rtasidagi farq uncha sezilmaydi. Mutatsiya paytida qo’shiq o’rgatish o’qituvchidan katta mas’uliyatni talab etadi. Qo’shiqlar bolalaming ovoz imkoniyatlariga mos tushishi va dars davomida ulaming ovozlarini asrab avaylash ishlariga yordam berishi lozim. Darsning asosiy qismini ashula aytishga sarf etib, ovozlarini charchatmaslik kerak. o’quvchilami ikki ovozga ajratib qo’shiqlami ikki ovozlik qilib, ulaming ovozlariga moslash ovoz tarbiyasining muhim vositasidir. Xor bo’lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash faoliyatlari, asarlarni tahlil qilishda mavzular asosida mantiqan bog’lanadi. Yangi dastur asosida yil mavzusi chorak mavzusi va dars mavzusi bir -biri bilan bog’lanadi. Oltinchi sinfda musiqa madaniyati darslarida quyidagi qo’shiqlar o’rgatiladi. ≪Bolalar≫, J.Jabborov she’ri, H.Rahimov musiqasi. ≪Munajjib bobo≫, P.Mo’min she’ri, N.Norxo’jayev musiqasi. ≪Xush keldingiz≫, H.G’ulomov she’ri, S.Boboyev musiqasi. ≪Dono bola≫, M.Mirzayev she’ri, N.Norxo’jayev musiqasi. ≪Go’shtlar≫, K,Ganriguliyev she’ri, V.Ahmedov musiqasi. Oltinchi sinfda quyidagi asarlar tinglanadi. O’zbek xalq kuylari, ≪Jonon≫, ≪Norim-norim≫, ≪Gulizorim≫, A.Navoiy she’ri, Hoji Abdulaziz Abdurasulov musiqasi. ≪Sharq taronalari≫, U.A’zim she’ri, D.Omonullayeva musiqasi. ≪Qaydasan≫, T.To’la she’ri, Ik.Akbarov musiqasi. ≪Elizaga≫, L.V.Betxoven musiqasi. Oltinchi sinf vil mavzusi: ≪Mumtoz musiqa≫ I - chorak: Mumtoz musiqa haqida ma’lumot II - chorak: Zamonaviy musiqa va uning asosiy xususiyatlari. HI - chorak: Sharq xalqlari mumtoz musiqasi. IV - chorak: ≪Evropa mumtoz musiqasi bilan tanishuv≫. Shuningdek, quyidagi so’zlarning izohlari ham tavsiflanadi: Mumtoz musiqa - yetuk, namunaviy degan ma’noni anglatadi. Shashmaqom - o’zbek va tojik xalqlari musiqa merosining yetuk mukammal asari. Zamoaviy musiqa - hozirgi kunda o’z moxiyatini va qadrini yo’qotmagan musiqa asarlarga aytiladi, Janr - musiqaning turi. Diapazon - ashulachilar ovozini kengligi, xajmi. Yettinchi sinflarda musiqa o’qitish jarayoni yakunlanadi. Unda quyi sinflarda olingan bilim va malakalar chuqurlashadi, takomillashib umumlashadi. Ayniqsa, musiqani tinglab, badiiy jihatdan mustaqil tahlil qilish qo’shiq o’rgatish5 musiqa savodi kabi dars faoliyatlarini tatbiq etish ishi nixoyasiga yetadi. 7 - sinf o’quvchilari psixologik - fiziologik harakteriga ko’ra diqqat - e’tiborlari turg’un, dunyoqarashi rivojlangan boladi. Ular mustaqil fikr yuritish, hikoya tuzish, musiqaga doir albom referatlar, sinf burchaklari vako’rgazmali qurollar tayyorlash qobiliyatiga ega bo’ladilar. O’qituvchi o’quvchilaming bu ijodiy xususiyatlaridan foydalanib, musiqa san’atiga, musiqa savodiga doir ko’rgazmali qurollar tayyorlash vazifasini topshirishi mumkin. Shuningdek, mashhur bastakorlarga doir albbomlar tayyorlashni ham topshirishi mumkin. Vokal - xor ishlari qo’shiq o’rgatish jarayonida ularni ovozlarini asrab tarbiyalash ishi murakkablashadi. 7-sinfda esa ovoz shakllanishi notekis bo’ladi, chunki bu yoshda mutatsiya davri kuchayadi. Ayniqsa o’g’il bolalarda ovoz boylamlari yug’onlashib, ovoz registri bir oktavaga pasayadi. Natijada o’quv va ovoz o’rtasidagi koordinatsiya buzilib, ba’zan bolalar sof intonatsiyada aniq kuylay olmaydilar. Вunday paytda o’qituvchi kuylash uchun qo’lay yo’llami izlashi lozim. Ovozni toliktirmasdan erkin, ravon kuylashga o’rgatishi kerak. Mutatsiya davrida bolalar ovozida kun sayin o’zgarish ro’y beradi. Buni hisobga olib, qo’shiqni ovoz partiyasini ikki ovozga boiish lozim. Yoki ovozlami transportirovka qilib pastki tovushlarga tushirish lozim. Yettinchi sinf o’quvchilarining ovoz diapazoni birinchi ovozlarda (Do, - Mi2) ikkinchi ovozlarda esa- (Si kich-Re2) gacha bo’ladi. Tajribalar mutatsiya davrida ovozlami to’g’ri taqsimlash, ovozlami tekis chiqishi va qiyinchiliklargaduch kelmaslikka olib keladi. Tanlangan qo’shiqlar qahramona, lirik, estrada, o’zbek xalq qo’shiqlaridan bo’lib, o’quvchilarda o’rganishga qiziqish uyg’otishi lozim. Ba’zi bir qo’shiqlami solist yordamida ham o’rgatish mumkin. Ashula aytganda dinamik belgilari, tempi, badiiy ijrosiga erishish zarur. Yettinchi sinflarda musiqa savodinioldingi; bilimlarga tayanib, notaga qarab kuylash, intervallar, o’lchovlar, dinamik belgilar, parallel major va minor ladlari kabi mavzularda alohida to’xtab o’tib, musiqali misollar keltirishimiz mumkin. Bu davrda o’g’il bolalar ovozi shartli ravishda erkakcha ovozga qiz bolalar ovozi esa balog’atli xotin-qizlar ovoziga asta-sekin o’ta boshlaydi. O’g’il bolalar tomog’ida ovoz boylamlari yo’g’onlashadi, qizlarda, shishlar paydo bo’lishi mumkin. Natijada diapazon qisqarib, yuqori pardalarda kuylash og’irlashadi. Tez charchash holatlari paydo bo’ladi. Mutatsiya davrida o’g’il va qiz boialarga ashula o’rgatish mas’suliyat talab etiladi. Qo’shiqlami bolalaming ovoz imkoniyatlariga moslashtirib dars davomida, ulaming ovozlarini asrab-avaylab o’rgatish lozim. Ovoz partiyalarini aniq ajratib, ikki ovozda ashula ayttirish, ovoz tarbiyasining muhim vositasidir. Bolalaming intizomida ham o’zgarishlar paydo bo’ladi. Emotsional uyg’onishlar, organizmdagi garmonik o’zgarishlar darsga nisbatan qizimqishini pasayishiga sabab bo’ladi. Bu davrda o’qituvchi moxirlik bilan musiqiy asarlar mazmunini hayotimiz bilanbog’liq o’tishi, uning vositasida axloqiy go’zallik tarbiyasini berish dars mazmunini boshqa fanlar bilan borlab olib borishi lozim. Musiqa savoddidan o’lchovlar, ladlar ton va yarim ton, alteratsiya belgilari, dinamik belgilari, intervallar, reprizalar bilan tanishtirib musiqiy asarlarni tahlil qilish yaxshi natija beradi. Yangi dastur asosida mavzusi chorak mavzusi va dars mavzusi bir-biri bilan bog’lanadi. Xulosa sifatida yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalardan shuni aytishimiz mumkin bo’ladi-ki, ta’limning ushbu bo’g’inida o’quvchilar turli musiqa janrlari bilan tanishganligi va turli xalqlar musiqasi bilan yaqindan tanishganligi sababli ularning dunyoqarashi va fikrlash qobiliyatlari, biror mavzuga doir mushohada qilish ko’nikmalari sezilarli darajada shakillanadi. 1

____________________


WWW. Ziyonet. Uz

Download 52.43 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 52.43 Kb.