|
Reja: Atmosferaning Yerdagi hayot uchun ahamiyati va uning tuzilishi
|
bet | 1/10 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 125,04 Kb. | | #241283 |
Bog'liq Atmosfera havosining tarkibi. Iqlim o‘zgarishini keltirib chiqaruvchi manbalar va omillar
Atmosfera havosining tarkibi. Iqlim o‘zgarishini keltirib chiqaruvchi manbalar va omillar
Reja:
9.1. Atmosferaning Yerdagi hayot uchun ahamiyati va uning tuzilishi
9.2. Atmosferaning gazlar tarkibi
Mavzuga doir tayanch iboralar
ingredient, parametrik, biologik, mexanik, og‘ir metall, dioksin, shovqin, radiatsion nurlanish, issiqlik, elektromagnit to‘lqinlari, quyosh radiatsiyasi, endorfin, favqulodda vaziyat, kanserogen, teratogen, mutagen.
Atmosfera – Yer yuzini o‘rab olgan havo qatlamidan iborat bo‘lib, uning og‘irligi Yer shari og‘irligining milliondan bir bo‘lagiga teng. Boshqacha qilib aytganda, atmosfera havosining umumiy massasi 5000 trillion tonnadan ko‘proq bo‘lib, u yer yuzasining 1 sm/kv maydoniga 1,32 kg dan to‘g‘ri keladi. Ana shu miqdoridagi havoning yarmi 6 km balandlikkacha bo‘lgan qatlamda, 99% 30 km balandlikkacha bo‘lgan qatlamda, qolgan 1% esa uning 30-3000 km oralig‘idagi qavatlarida joylashgan. Atmosferaning yuqori chegarasi qilib shartli ravishda 3000 km balandlik qabul qilingan, chunki bu balandlikda atmosfera havosining zichligi sayyoralararo bo‘shliq havosi zichligiga tenglashadi. Yerdan baland ko‘tarilgan sari havoning zichligi va shunga yarasha uning bosimi kamayaboshlaydi, buni inson organizmi yaqqol sezadi. Yerdan 5 km baland ko‘tarilganda kishining boshi aylanib, ko’ngli aynaydi, unda «tog‘ kasalligi» paydo bo‘ladi, aksincha tezlik bilan pastga tushganida, masalan samolyotda, havo bosimining keskin oshishidan quloq pardalari taranglashib, og‘riydi.
Atmosferaning Yerdagi hayot uchun ahamiyati. Atmosferaning tirik tabiat uchun ahamiyati beqiyos katta. Odam agar ovqatsiz haftalab, suvsiz bir necha kunlab yashay olsa, u havosiz bir necha daqiqagina, atmosferaning himoyasisiz esa faqat bir necha soniyagina yashay oladi, xolos. Shuning uchun ham xalq orasida juda zarur bo‘lgan narsani «havodek zarur» deb aytish odat tusiga kirib qolgan. Odamning bir sutkalik hayoti uchun 1 kg ovqat, 2l suv va 12 kg havo zarur. Bu havo tarkibida 500 l kislorod mavjud.
Atmosferaning tarkibida suv bug‘lari va turli xildagi tabiiy chang zarralari mavjud-ki, bular yerdagi hayot uchun muhim himoya vositasidirlar. Ularning asosiy qismi yer yuzasidan ko‘tariladi. Chang zarralari shuningdek fazoviy jismlardan ham ajraladi. Mutaxassislarning fikricha, havoga fazoviy jismlardan kelib qo‘shiladigan tabiiy chang zarralarining yillik miqdori 1 mlrd. tonnadan ortiq. Agar bu chang zarralari o‘z atrofiga suv bug‘larini kondensatsiyalamaganida Yerdagi o‘rtacha yillik harorat – 230C bo‘lar (hozir bu ko‘rsatkich +150C ga yaqin), Erning sirti quyosh nuridan kunduzi 1000C gacha qizib ketar, tunda esa fazoviy jismlar haroratidan 1000C gacha sovib ketar edi. Keyingi tadqiqotlar ko‘rsatishcha, haroratning sutkalik o‘zgarishi Oyda 150-2000C, Venera sayyorasida esa 5000C ni tashkil qiladi.
|
| |