Reja: Atmosferaning Yerdagi hayot uchun ahamiyati va uning tuzilishi




Download 125,04 Kb.
bet4/10
Sana18.05.2024
Hajmi125,04 Kb.
#241283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Atmosfera havosining tarkibi. Iqlim o‘zgarishini keltirib chiqaruvchi manbalar va omillar

Karbonat angidridi gazining atmosferada mavjudligi ham biosfera uchun zarur omildir. Uning atmosferadagi umumiy miqdori 2300 mlrd. tonnaga teng bo‘lib, u tirik organizmlarning nafas olishi, vulqonlar otilishi va yonish jarayonlarida hosil bo‘ladi. Nafas chiqarish jarayonida odam bir soatda o‘rtacha 20 litr karbonat angidridi chiqaradi. Ba’zi yirik hayvonlar esa nafas bilan atmosferaga soatiga 150 litrgacha karbonat angidridi ajratib chiqaradi. Bundan tashqari amerikalik mutaxassislar hisobiga ko‘ra 80 mlrd. t karbonat angidridi havoga okeanlar suvidan chiqadi.
Karbonat angidridining me’yoriy miqdori tiriklik uchun zarurdir. Yashil o‘simliklarda kechadigan fotosintez jarayonida asosiy xomashyo karbonat angidridi hisoblanadi. Binobarin, shu moddasiz fotosintez amalga oshmas, kislorod va uglevodlar hosil bo‘lmas edi. Ammo atmosferada uning ko‘payishi noxush holatlarga olib keladi. Nafas olinadigan havo tarkibida bu gaz miqdorining 1% ga oshishi odamni noxush qiladi, 25% ga oshishi esa uni o‘limga olib kelishi mumkin.
Atmosfera havosida karbonat angidridi miqdorining ko‘payishi yerdagi iqlimga ta’sir qilish yoki qilmasligi to‘g‘risida mutaxassislar turlicha fikrdalar. V. I. Lebedev (1976) ma’lumotlariga ko‘ra atmosferada karbonat angidridining ko‘payishi er iqlimiga ta’sir qilmaydi, balkim u o‘simliklar tomonidan ko‘proq o‘zlashtirilib, fotosintez jarayonini tezlashtiradi va shunga muvofiq o‘simliklarning hosildorligini oshiradi. Ammo, ko‘pchilik mutaxassislar fikricha atmosferada karbonat angidridi miqdorining oshishi Sayyoramiz iqlimini o‘zgartiradi. Chunki karbonat angidridi gazi o‘z tabiatiga ko‘ra quyoshdan kelayotgan qisqa to‘lqinli nurlanishni erga yaxshi o‘tkazadi, ammo yerdan sinib chiqqan uzun to‘lqinli issiqlik nurlanishini yuqoriga o‘tkazmay, tutib qoladi. Shuning uchun ham havoda bu gaz miqdorining oshishi Yerda «Issiqxona effekti»ni oshirib, iqlim haroratining ko‘tarilishiga olib kelishi to‘g‘risidagi fikr haqiqatga yaqinroqdir. B.M. Smirnov (1978) ma’lumotlariga ko‘ra havodagi karbonat angidridining miqdori 2025 yilda 1978 yilga nisbatan 35% ko‘payishi mumkin. Bu esa Yer yuzi o‘rtacha haroratini 0,2-0,50C ga ko‘tarishi mumkin. U.Kellogning 1977 yildagi bashoratlariga ko‘ra karbonat angidridining miqdori 70-yillar o‘rtalariga qaraganda 2050 yilga borib 50% ga ko‘payadi, shunga muvofiq havoning o‘rtacha yillik harorati 1,5- 6,00C gacha ko‘tarilishi mumkin. Havo haroratining bunday ko‘tarilaborishi o‘z navbatida dunyo muzliklariga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi — ularning erishi tezlashib, tabiiy ofatlarni keltirib chiqaradi. Hozirgi kunda ba’zi mamlakatlar hududida ro’y berayotgan to‘fonlar va suv toshqinlarining ko‘payayotganligi Kellog bashoratlarining to‘g‘riligidan dalolat beradi.
Ozon (O3) kislorodning allotropik shakl o‘zgarishi bo‘lib, uni 1839 yil nemis kimyogari Shenbeyn kashf qilgan. Ozon ultrabinafsha nurlari hamda havodagi elektr zaryadi ta’sirida kislorod molekulalarining parchalanishdan hosil bo‘ladi. U troposferada ilk bor 1873 yilda aniqlangan, atmosferaning yuqori qatlamlarida esa uni ingliz kimyogari Gartli 1881 yilda topgan. Bu gaz atmosferaning 70 km balandligigacha bo‘lgan qavatida uchraydi. Biroq uning eng zich joylashgan o‘rni 25-30 km balandlik oralig‘ida bo‘lib, bu erda u «ozon pardasi» (ozon ekrani) ni hosil qiladi. Agar gipotetik ma’noda ozon gazi siqilsa, bu pardaning qalinligi 1-3 mm ni tashkil qiladi. Uning og‘irligi atmosfera havosi umumiy og‘irligining 10 milliondan bir qismiga teng. Lekin shunga qaramay ozonning biosferadagi ahamiyati beqiyos kattadir. Agar Yer yuziga kelayotgan quyosh nurining 20% atmosferada tutib qolinadigan bo‘lsa, uning 13% faqatgina ozon pardasida tutiladi. Ozon qatlami o‘zida ayniqsa quyosh nuri tarkibidagi ultrabinafsha nurlarini ko‘proq tutib qoladi. Ultrabinafsha nurining me’yorda bo‘lishi tiriklik uchun muhimdir, chunki u yashil o‘simliklar tomonidan fotosintez jarayoniga ishtirok ettiriladi, ammo uning erga ko‘p tushishi terini kuydirib, teri-rak kasalliklarini keltirib chiqaradi, yetarli bo‘lmasligi esa turli patogen mikroorganizmlarning ko‘payishiga sharoit yaratadi.
Ozonning Yer yuzini ortiqcha ultrabinafsha nurlardan himoya qilishidan tashqari uning yer usti havosidagi tabiiy miqdori nafas olish jarayonini yengillashtiradi. Bu me’yoriy miqdor 0,0001 mg/l bo‘lib, bunday havo toza va shifobaxsh hisoblanadi. Biroq havoda ozonning ko‘payib ketishi organizmga zarar beradi, uning miqdori 0,02-0,03 mg/l ga etganida odamning nafas yo‘llari yallig‘lanib, zotiljam kasalligi kelib chiqadi.

Download 125,04 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 125,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Atmosferaning Yerdagi hayot uchun ahamiyati va uning tuzilishi

Download 125,04 Kb.