• 8 . 2 . 5 . Mexanik ifloslanish.
  • Reja: Atmosferaning Yerdagi hayot uchun ahamiyati va uning tuzilishi




    Download 125,04 Kb.
    bet8/10
    Sana18.05.2024
    Hajmi125,04 Kb.
    #241283
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Atmosfera havosining tarkibi. Iqlim o‘zgarishini keltirib chiqaruvchi manbalar va omillar

    9.2.4. Biologik ifloslanish. Muhitning biologik ifloslanishi asosan patogin mikroorganizmlar vositasida sodir bo‘ladi. Mikroorganizmlar turli muhitni ishg‘ol qilganlar. Ular tuproqdan, suvdan, havodan va tirik organizmlardan makon topganlar. Ular orasida hayot uchun foydali bo‘lgan turlar oz emas. Ular yordamida tuproqdagi organik qoldiqlar parchalanib, biologik modda aylanishiga qatnashtiriladi. Odam organizmiga tushgan ozuqa ichak mikroflorasi yordamida parchalanib, hazm bo‘ladi. Ammo, inson uchun qulay bo‘lgan muhitning o‘zgarishi patogen mikroorganizmlarning ko‘payishiga imkon yaratadi. Masalan, yilning sovuq fasllarida bir necha kun davom etgan bulutli iliq havo gripp viruslari ko‘payishiga sharoit yaratadi va bunday sharoitda organizmning immuniteti pasayib, kasallikka tez chalinadi.
    Ba’zi hollarda yangi ekotizimlarga tasodifan yoki xatolik bilan kiritiladigan hayvon va o‘simlik turi tizimni buzib, qishloq xo‘jaligiga zarar etkazishi mumkin. Muhitning bunday ifloslanishiga makrobiologik ifloslanish deyiladi. Masalan, Kolorado qo‘ng‘izining Amerikadan tasodifan Yevropaga o‘tkazilishi fermerlarga katta iqtisodiy zarar keltirdi.
    Muhitning biologik ifloslanishida ayniqsa bakteriologik qurollardan foydalanish jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bakteriologik qurollar tirik mavjudotni qirib tashlashga mo‘ljallangan biologik qurol bo‘lib, ularning vositasida toksinlar ya’ni organizmlar ishlab chiqaradigan tabiiy zaharlar hamda kimyoviy sintezlanadigan o‘ta zaharli oqsillar (risin, difteriya toksini, botulin toksini) va inson genlari mutasiyasini keltirib chiqaruvchi nuklein kislotalari muhitga tarqatiladi.
    8.2.5. Mexanik ifloslanish. Mexanik ifloslanish − muhitning qattiq chiqindilar bilan ifloslanishidir. Qattiq chiqindilarga uy-ro‘zg‘ordan va umumiy ovqatlanish korxonalaridan chiqadigan oziq-ovqat qoldiqlari, o‘rama materiallar, chorva go‘ngi, uy supurindisi, qurilish chiqindilari, korxona va tashkilotlardan chiqariladigan turli tashlamalar va qattiq chiqindilar, konchilik va metallurgiyada hosil bo‘ladigan ag‘darmalar, shlak, qurum, kul va shu kabilar kiradi.



    Download 125,04 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 125,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Atmosferaning Yerdagi hayot uchun ahamiyati va uning tuzilishi

    Download 125,04 Kb.