• 9 .2. Atmosferaning gazlar tarkibi
  • Reja: Atmosferaning Yerdagi hayot uchun ahamiyati va uning tuzilishi




    Download 125,04 Kb.
    bet2/10
    Sana18.05.2024
    Hajmi125,04 Kb.
    #241283
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Atmosfera havosining tarkibi. Iqlim o‘zgarishini keltirib chiqaruvchi manbalar va omillar

    Atmosferaning tuzilishi. Atmosfera quyidagi asosiy qatlamlardan iborat:
    1) troposfera — atmosferaning Erga bevosita tegib turgan pastki qatlami bo‘lib, uning yer yuzidan balandligi qutblarda 10 km, ekvatorda 18 km gacha. Troposferaning asosiy xususiyati shundaki, atmosfera havosi umumiy massasining 80-90%, havodagi suv bug‘lari va chang zarralarining asosiy qismi shu qatlamda joylashgan bo‘lib, barcha hayot jarayonlari shu qatlamda kechadi.

    1. stratosfera — troposferaning yuqorisida joylashgan bo‘lib, atmosferaning 18-80 km oralig‘idagi bo‘shliqni egallaydi. Stratosferaning yerdagi tiriklik uchun ahamiyatli tomoni shundaki, atmosferadagi ozon gazi shu qatlamda biosferani zararli Quyosh energiyasidan himoya qiluvchi «ozon ekrani»ni paydo qilgan.

    2. ionosfera — bunga atmosferaning yerdan 80 km dan yuqori qatlami kiradi. Bu qatlamning ionosfera deyilishiga sabab, quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha va boshqa fazoviy nurlarning birgalikdagi kuchli ta’siridan bu qatlamda mavjud bo‘lgan siyrak havo zarralari ionlarga parchalangan.

    Ionsfera ikkita kichik qatlamdan tashkil topgan:

    • termosfera (80 - 1000 km oralig‘ida)

    • ekzosfera (1000 - 3000 km oralig‘ida)

    Termosferada havoning harorati juda yuqori bo‘lib, yerdan uzoqlashgan sari harorat tobora ko‘tarilaveradi. Uning eng yuqori chegarasida kinetik harorat +1000-20000C gacha ko‘tariladi. Holbuki, undan pastki qatlam —stratosferada buning aksi bo‘lib, uning yuqori chegarasida harorat – 75 - 900C gacha pasayadi. Atmosferaning bir-biriga bevosita chegaradosh bu ikkala havo qatlami haroratidagi bunday qarama-qarshilik havo zarralarini keskin harakatga keltirib, tezligi sekundiga 11,2 km gacha etadigan kuchli havo oqimi paydo bo‘lishiga va shu asnoda Yer yuzida shamol va to‘fonlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
    9.2. Atmosferaning gazlar tarkibi
    Atmosferaning troposfera qatlamidagi havo tarkibi 78,08% azot, 20,95% kislorod, 0,93% argon, 0,03% karbonat angidrididan tashkil topgan. Qolgan 0,001% ni inert gazlar — geliy, neon, kripton, ksenon, rodon va boshqalar tashkil qiladi. Mana shunday nisbatdagi gazlar tabiiy havo hisoblanib, inson organizmi unga evolyutsion taraqqiyot davomida adaptasiya olgan.
    Yer yuzidan atmosferaga ko‘tariladigan suv bug‘ining yillik miqdori 518600 km/kub bo‘lib, uning 86% (447900 km/kub) dengiz va okeanlar sathidan, qolgan 14% (70700 km/kub) quruqlik yuzasidan bug‘lanadi. Atmosferaga ko‘tariladigan suv bug‘ining miqdori shunchalik ko‘pki, oddiy qilib aytganda, bu suv bilan Yer sharini 10 m qalinlikda qoplash mumkin bo‘ladi. Suv bug‘iga qo‘shilib havoga unda erigan tuzlar ham ko‘tariladi. Havoga ko‘tariladigan chang tarkibida ham tuzlar, bakteriyalar, achitqi zamburug‘lari, o‘simlik va hayvon qoldiqlarining chirishidan hosil bo‘lgan boshqa organik moddalar mavjud.

    Download 125,04 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 125,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Atmosferaning Yerdagi hayot uchun ahamiyati va uning tuzilishi

    Download 125,04 Kb.