|
Reja: Atmosferaning Yerdagi hayot uchun ahamiyati va uning tuzilishi
|
bet | 6/10 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 125,04 Kb. | | #241283 |
Bog'liq Atmosfera havosining tarkibi. Iqlim o‘zgarishini keltirib chiqaruvchi manbalar va omillar6.2.2. Kimyoviy ifloslanish. Muhitning kimyoviy ifloslanishi organizmda zaharlanish va turli surunkali kasalliklarni keltirib chiqaradi. Kuchli kimyoviy zaharlar inson organizmiga kanserogen (lot. cancer – rak), teratogen (gr. teratos – badbashara) va mutagen (lot. mutatio – o‘zgarish) ta’sir ko‘rsatadi.
Muhitning kimyoviy ifloslanishida asosiy o‘rinni og‘ir metallar va dioksinlar egallaydi. Og‘ir metallar nomi ularning atom og‘irligiga nisbatan olingan bo‘lib, ularga mis, rux, marganes, temir, kobal’t, molibden va boshqalar kiradi. Bu metallar ma’lum miqdorda organizm uchun zarur bo‘lib, uning hayot jarayonlarini me’yorda tutishga ishtirok etadi. Ammo 20 turdan ortiq og‘ir metallar mavjud-ki, ular inson organizmiga faqatgina zarar etkazadi. Ular orasida o‘ta xavflilari simob, kadmiy, qo‘rg‘oshin va mishyakdir. Bu moddalarning inson organizmiga ta’sirini quyidagi misollarda ko‘rish mumkin:
1) odam organizmining simob bilan zaharlanishi Minimato kasalligini keltirib chiqaradi. Kasallikning nomi yapon baliqchilik qishloqchasi nomidan olingan bo‘lib, suv bo‘yida joylashgan Minimato qishlog‘i aholisining asosiy oziq-ovqat mahsuloti baliq hisoblangan. Suvga tushgan simobdan zaharlangan baliqlar qishloq aholisini yoppasiga kasallantirgan. Minimato kasalligida aql zaiflashadi, tomir tortishadi, behush holatga tushib, odam halok bo‘ladi. Kasallik nasldan-naslga o‘tadi;
2) kadmiydan zaharlanish buyraklar faoliyatini izdan chiqarib, gavda skeletini buzadi. Uning 20-30 mg. dozasi organizmni halok qilishi mumkin. Kadmiy bilan zaharlangan muhitda o‘simliklar 70% kadmiyni tuproqdan, 30% ni havodan olib, uni ozuqa zanjiriga kiritadilar. Inson tomonidan iste’mol qilingan ozuqa tarkibidagi bu og‘ir metall modda almashinish jarayonida organizmdan juda sekin chiqib ketadi va shuning uchun ham u to‘planaborib, organizmda surunkali kasalliklarni keltirib chiqaradi. Kadmiydan zaharlanishda dastavval buyraklar, jinsiy organlar va nerv sistemasi faoliyati izdan chiqadi. Keyinchalik o’pka faoliyati buzilib, suyaklarda og‘riq paydo bo‘ladi;
3) qo‘rg‘oshin muhitga asosan avtotransportdan qo‘rg‘oshin bug‘i sifatida chiqariladi. U organizmdagi turli organlarda – suyakda, mushaklarda, jigarda, taloq va buyraklarda, limfa tugunlarida, yurakda va bosh miyada to‘planadi. Qo‘rg‘oshindan zaharlanish qon tomirlarining torayishi, arterial qon bosimining oshishi, suyaklardagi kalsiy tuzining kamayishidan tomir tortish va kamqonlik kasalliklarini keltirib chiqaradi;
4) mishyakdan zaharlanish ko’ngilni aynatadi, qorinda kuchli og‘riq paydo qilib, tomir tortish, o‘tkir yurak-qon tomir va buyrak kasalliklarini keltirib chiqaradi. Mishyak og‘ir metallar orasida kuchli zaharli modda bo‘lib, uning odamni halok qiluvchi dozasi 0,96-0,2 g. Bu ko‘rsatkich qo‘rg‘oshinda 20-50 g., simob tuzlarida 0,5 g. ni tashkil qiladi.
Muhitning kimyoviy zaharlanishida dioksinlar alohida o‘rin tutadi. Dioksinlar o‘ta xavfli birikmalar bo‘lib, ular tarkibida xlor va ftor saqlovchi aromatik uglevodorodlardan hosil bo‘ladi. Dioksinlar juda kichik dozada ham organizmni jiddiy zaharlab, unga kanserogen (onkogen), teratogen va mutagen ta’sir ko‘rsatadi. Bular qatoriga formal’degid, benz-a-piren, polisiklik aromatik uglevodorodlar, xloroorganik (DDT, geksaxloran) va fosfoorganik birikmalarni kiritish mumkin. Dioksinlar ko‘pincha qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan turli xildagi pestisidlar (gerbisidlar, insektisidlar, bakterisidlar) tarkibida saqlanadi va inson organizmiga asosan nafas olish yo‘li orqali kiradi.
|
| |