• Sanab o‘tiluvchi tur
  • Reja C++ dasturlash tili va uning tuzilmasi




    Download 38.91 Kb.
    bet6/7
    Sana20.10.2023
    Hajmi38.91 Kb.
    #89218
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1-ma\'ruza (C tilining leksik asoslari)
    Сирдарё 5 ташаббус, 415-------------, \'OT, 3 мавзу Дастурий таъмин.Операцион тизимлар, Талаба билимини баҳолаш, 1 мавзу, 1-mavzu. Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari faniga kirish, 3-mavzu. Ekspert tizimlar turlari, yaratish bosqichlari, 3 амалий машгулот, O\'quv Web kontentlarni yaratishning dasturiy vositalari, 1. Operatsion tizim tushunchasi va ularning ahamiyati 2, 2 Mavzu, 9 Mavzu Web texnologiya, презентация Excel
    #include
    int main ()
    {
    const double pi=3.1415;
    const int radius=3;
    double square=0;
    square=pi*radius*radius;
    cout<
    return 0;
    }

    Dastur bosh funksiyasining boshlanishida ikkita – pi va radius o‘zgarmaslari e’lon qilingan. Aylana yuzasini aniqlovchi square o‘zgarmas deb e’lon qilinmagan, chunki u dastur bajarilishida o‘zgaradi. Aylana radiusini dastur ishlashida o‘zgartirish mo‘ljallanmagan, shu sababli u o‘zgarmas sifatida e’lon qilingan.


    Sanab o‘tiluvchi tur: Ko‘p miqdordagi, mantiqan bog‘langan o‘zgarmaslardan foydalanganda sanab o‘tiluvchi turdan foydalanish ma’qul. Sanab o‘tiluvchi o‘zgarmaslar enum kalit so‘zi bilan aniqlanadi. Mazmuni bo‘yicha bu o‘zgarmaslar oddiy butun sonlardir. Sanab o‘tiluvchi o‘zgarmaslar C++ standarti bo‘yicha butun turdagi o‘zgarmaslar hisoblanadi. Har bir o‘zgarmasga (songa) mazmunli nom beriladi va bu identifikatorni dasturning boshqa joylarida nomlash uchun ishlatilishi mumkin emas. Sanab o‘tiluvchi tur quyidagi ko‘rinishga ega:
    enum { =, =
    ,… = } ;
    bu yerda, enum – kalit so‘z (inglizcha enumerate – sanamoq);
    – o‘zgarmaslar ro‘yxatining nomi;
    – butun qiymatli konstantalarning nomlari;
    – shart bo‘lmagan initsializatsiya qiymati (ifoda).
    Dastur ishlashi mobaynida qiymatlari o‘zgarishi mumkin bo‘lgan
    identifikatorga o‘zgaruvchilar deyiladi.
    Dasturlash tillarida dastur bajarilishi paytida qandaydir berilganlarni saqlab turish uchun o‘zgaruvchilar va o‘zgarmaslardan foydalaniladi.O‘zgaruvchi-dastur obyekti bo‘lib, xotiradagi bir nechta yacheykalarni egallaydi va berilganlarni saqlash uchun xizmat qiladi. O‘zgaruvchi nomga, o‘lchamga va boshqa atributlarga – ko‘rinish sohasi, amal qilish vaqti va boshqa xususiyatlarga ega bo’ladi. O‘zgaruvchilarni ishlatish uchun ular albatta e’lon qilinishi kerak. E’lon natijasida o‘zgaruvchi uchun xotiradan qandaydir soha zahiralanadi, soha o‘lchami esa o‘zgaruvchining aniq turiga bog‘liq bo’ladi. Shuni qayd etish zarurki, bitta turga turli apparat platformalarda turlicha joy ajratilishi mumkin.
    Dasturlash tillarida kalit so‘zlar mavjud bo‘lib ulardan boshqa maqsadlarda foydalanilmaydi. Quyida C++ tilining kalit so‘zlarini alfavit tartibida keltiramiz.
    C++ tilida: asm, auto, break, case, catch, char, class, const, continue, default, delete, do, double, else, enum, explicit, extern, float, for, friend, goto, if, inline, int, long, mutable, new, operator, private, protected, public,register, return, short, signed, sizeof, static, struct, swith, template, this, throw, try, typedef, typename, union, unsigned, virtual, void, volatile,while.

    Download 38.91 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 38.91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja C++ dasturlash tili va uning tuzilmasi

    Download 38.91 Kb.