• Elektron-nur trubkasi
  • Elektronlar dastasining xossalari va kullanilishi




    Download 71,54 Kb.
    bet10/11
    Sana22.12.2023
    Hajmi71,54 Kb.
    #126815
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Reja elektr toki, uning tabiati va ta’siri. Tok zichligi. Ketma--fayllar.org

    Elektronlar dastasining xossalari va kullanilishi.. Elektronlar dastasi jismga tushganda u ni isitadi. Elektronlar dastasining bu xossasidan xozirgi zamon texnikasida uta sof metallarni vakuumda elektronlar vositasida eritishda foydalaniladi.
    Tez harakatlanuvchi elektronlar moddaga urilib sekinlashganda Rent-gen nurlari paydo bo’ladi. Bu xossadan Rentgen trubkalarida foydalani-ladi, buni Siz XI sinfda o’rganasiz.

    Ustiga elektronlar yogdirilganda ba'zi modda-lar (shisha, rux, va kad-miy sulfidlar) yorug'lik niqaradi. Hozirgi vaqtda bunday moddalar (lyumi-noforlar1) orasida o’ziga tushgan elektronlar dastasi energiyasining 25 % gacha qismini yorug'lik energiyasiga aylantiradi-ganlari amalda qo’llaniladi.

    Elektr maydon elektronlar dastasini og'diradi. Masalan, kondensatorning plastinkalari orasidan o’tayotganda elektronlar manfiy zaryadli plastinkadan musbat zaryadli plastinka tomon og'adi .
    Elektronlar dastasi magnit maydonda ham og'adi. Magnitning shimoliy qutbi ustidan~ o’tayotganda esa o’ngga og'adi (178-rasm). quyoshdan kelayotgan elektron oqimlari Yerning magnit maydonida og'adi. Shuning uchun atmosferaning yuqori qatlamlaridagi gazlarning yorug'lik chiqarish hodisasi (kutb shafag'i) faqat kutblarda yuz beradi.

    Elektronlar dastasini elektr yoki magnit maydon yordamida boshkarish imkoniyatlaridan va lyuminofor surkalgan ekranning elektronlar dastasi ta'sirida yorug'lik chiqarishidan elektron-nur trubkalarida foydalaniladi.



    Elektron-nur trubkasi. Elektron-nur trubkasi televizor va ossillografning 2 asosiy qismi hisoblanadi. Ossillograf elektr zanjirlarida bo’ladigan tez o’zgaruvchan jarayonlarni tadkiq qilishda ishlatiladigan asbobdir.

    Elektron-nur trubkasining tuzilishi ko’rsatilgan. Bu asbob ichidan havosi so’rib olingan ballon bo’lib, uning devorlaridan biri ekran vazifasini o'taydi. Trubkaning tor uchida tez elektronlar manbai, ya'ni elektronlar zambaragi turadi. Zambarak katod, boshqaruvchi elektrod va anoddan iborat (ku-pincha bir necha anod bir-ketin turadi). Silindrik S katodning issiklikdan himoya qiladigan N ekran bilan uralgan qizdi-rilgan oksidli katlami elektronlar chiqaradi. Keyin bu elektronlar boshkaruvchi silindrik V elektroddagi teshikdan utadi (boshkaruvchi elektrod dastadagi elektronlar sonini rostlab turadi). A1 va A2. anodlarning g'ar biri metall silindrga kirgizib qo'yilgan mayda-mayda teshikli diska-lardir. Birinchi anod bilan katod orasida bir necha yuz va hatto bir nechaming volt potensiallar ayirmasi hosil qilinadi. Kuchli elektr maydon elektronlarni tezlashtiradi va okibatda ular katta tezlik oladi. Anodlarning shakli, joyla-shish tartibi va potensiallari shunday tanlanganki, bunda elektronlarning tezlashishi bilan birga elektronlar dastasi fokuslanadi ham, ya'ni dastaning ekrandagi kundalang kesimi nuqtaga aylanguncha kichrayadi.


    Elektronlar dastasi ekranga tomon bosib utadigan yulida ikki juft boshkaruvchi plastinkalar orasidan o'tadi (bu plastinkalar yassi kondensator plastinkalariga uxshaydi). Agar plastinkalar orasida elektr maydon bo'lmasa, dasta osmaydi va yorur nuqta ekranning markaziga tushadi. Vertikal joylashgan plastinkalarga potensiallar ayirmasi berilsa,dasta gorizontal yunalishda siljiydi, gorizon-tal joylashgan plastinkalarga potensiallar farqi berilsa, dasta vertikal yunalishda siljiydi.
    Ikkala juft plastinkalarni birgalikda ishlatib, yorug nuqtani ekranda istagan yunalishda siljitish mumkin. Elekt­ronlarning massasi juda kichik bo'lgani uchun boshkaruvchi plastinkalarning potensiallari farqi uzgarishini darhol sezadi.
    Televizorda ishlatiladigan elektron-nur trubkasida (kineskopda) elektronlar zambaragi xosil qilingan dasta magnit maydon yordamida Boshqariladi. Bu magnit maydonni trubkaning bo’g'ziga kiydirilgan g'altaklar hosil qiladi.
    Elektron-nur trubkalari elektron-hisoblash mashinalariga. EHM larga) ulanadigan qurilmalarda, ya'ni displeylarda keng qo’llaniladi. Displeyning televizor ekraniga o’xshagan ekraniga EHM yozilgan, olgan va ishlab chikargan axborot beriladi. Har qanday tilda yozilgan xatni, turli jara-yonlarning grafiklarini, real narsalarning tasvirini, shuning-dek, EHM ning programmasiga yozib olingan qonunlarga bo’ysu-nuvchi faraziy ob'yektlarni ekranda bevosita ko’rish mumkin.

    Elektron-nur trubkalarida elektr va magnit maydonlar Boshqaradigan ingichka elektron dastalari hosil qilinadi. Bu dastalar ossillograf, televizorning kineskoplari, EHM ning displeylarida ishlatiladi.


    XULOSA
    Uzluksiz ta’lim tizimida fizika kursini o’qitishda nazariy bilimlar bilan birgalikda amaliy hamda laboratoriya ishlarini bajarish muhim ahamiyatga ega, chunki amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida talabalarning nazariy bilimlari tajriba va hisoblashlar orqali mustahkamlanadi.

    Bu mavzu orqali biz elektr toki haqida chuqurroq bilimga ega bo’lishimiz mumkin . Oldingi maktab vaqtlarida egallagan bilimlarimizni mustahkamlab yanada yangi bilimlar bilan boyitishga yordam beradi. Bu mavzu elektr tokining tabiatini o’rganishda katta ahamiyatga ega.




    Download 71,54 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 71,54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektronlar dastasining xossalari va kullanilishi

    Download 71,54 Kb.