|
Reja elektr toki, uning tabiati va ta’siri. Tok zichligi. Ketma-ket va parallel ulash. Elektr yurutuvchi kuch (eyuk). Berk zanjir uchun Om qonuni. Vakuumda elektr toki. Elektron nur trubka. Kirish
|
bet | 2/11 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 71,54 Kb. | | #126815 |
Bog'liq Reja elektr toki, uning tabiati va ta’siri. Tok zichligi. Ketma--fayllar.orgASOSIY QISM
O‘ZGARMAS TOK
2.1 Elektr toki, uning tabiati va ta’siri
Erkin elektr zaryadlarining tartibli(bir tomonga yo‘nalgan)
harakati elektr toki deb ataladi. Elektr toki paydo bo‘lish va doimo bo‘lib turishi uchun birinchidan, moddada erkin elektr zaryadlari, ikkinchidan, ularni tartibli harakatga keltiruvchi elektr maydon, uchinchidan, zanjir berk bo‘lishi kerak.
Metallarda erkin elektronlar erkin zarralar bo‘lib hisoblanadi. Agar metall elektr maydonga kiritilsa, unda erkin elektronlar tartibsiz harakatlarini to‘xtatmagan holda maydon ta’sirida tartibli harakat qila boshlaydi, natijada tok vujudga keladi. Metallar elektronli o‘tkazgichlar yoki birinchi tur o‘tkazgichlar, erkin elektronlar esa o‘tkazuvchanlik tronlari deb ataladi. Birinchi tur o‘tkazgichlardan tok o‘tganda elektronlarning ko‘chishi o‘tkazgich tarkibida hech qanday
kimyoviy o‘zgarishlar hosil qilmaydi. Suyuq eritmalarda, ya’ni elektrolitlarda elektr musbat va manfiy ionlarning tartibli harakati tufayli yuzaga keladi. Gazlarda esa elektr toki musbat va manfiy ionlar hamda elektronlarning tartibli harakati
natijasida yuzaga keladi. Elektrolitlar ionli o‘tkazuvchanlikka, gazlar ion-elektronli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan o‘tkazgichlar deb ataladi. Elektrolitlar bilan gazlar ikkinchi tur o‘tkazgichlar deb ham ataladi. Ikkinchi tur o‘tkazgichlardan tok o‘tganda musbat va manfiy ionlarning harakati o‘tkazgich tarkibida kimyoviy o‘zgarishlar ro‘y berishiga olib keladi.
Elektr toki borligini tok tufayli yuz beradigan quyidagi ta’sir
yoki hodisalarga qarab bilish mumkin:
1) issiqlik ta’siri — tok o‘tayotgan o‘tkazgich qiziydi (masalan,
isitkich asboblari, cho‘g‘lanma lampalar, issiqlik o‘lchov asboblari);
2) kimyoviy ta’siri — elektr toki o‘tkazgichning kimyoviy
tarkibini o‘zgartiradi (masalan, elektroliz hodisasi);
3) magnit ta’siri (masalan, tokli o‘tkazgich yonida magnit
strelkasining og‘ishi, elektromagnitlar); 4) kuch ta’siri (masalan, magnit maydonda tokli simning
og‘ishi, elektrodvigatel);
5) yorug‘lik ta’siri (masalan, siyraklangan gazlarda razryad,
elektr yoyi)
Zaryadli zarrachalarning ma’lum birtomonga tartibli harakatiga “elektrtoki” deyiladi . Zaryadlar ikki turga bo’linib ,”+” va ”-” moduli jihatidan tengdir. Boshqacha aytganda neytral jismdagi musbat va manfiy zarralar ning miqdori hamma vaqt o’zaro teng bo’ladi. Nechta musbat zarra bo’lsa , manfiy zarralar soni ham shuncha bo’ladi. Yakkalangan sistemadagi zaryadlar miqdori vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydi. Bu hol zaryadlarning saqlanish qonuni deb yuritiladi. Biz elektr tokining turli muhitlarda namoyon bo’lishini ko’rib chiqmoqchimiz. Gazning zichligi biror yo’l bilan kamaytirilganda molekulalarning o’rtacha erkin yugirish yo’li uzunligi u joylashgan idishning o’lchamlariga yaqin bo’lsa bunday siyraklashgan Gaz vakuum deyiladi.Elektrtoki — elektr zaryadlarining tartibli harakati. Elektr toki paydo boʻlishi va doimo paydo boʻlib turishi uchun:
Moddada erkin elektrzaryadlari;ularni tartibli harakatga keltiruvchi elektr maydon; zanjir berk boʻlishi kerak.
Zaryadli zarralar tok tashuvchilar deb ataladi. Metallar va yarimoʻtkazgichlarda tok tashuvchilar elektronlardan, elektrolitlarda musbat va manfiy ionlardan, ionlashgan gazlarda musbat va manfiy ionlar hamda electronlardan iborat. Zaryadli zarralarning elektr maydon taʼsirida jismga nisbatan koʻchishi natijasida vujudga keladigan Elektr toki oʻtkazuvchanlik toki deb, zaryadlangan makroskopik jism (masalan, suyuqlik yoki gaz) larning koʻchishidan yuzaga keladigan elektr toki konveksion tok deb ataladi. Siljish toki deb ataladigan tok ham mavjud. Bu tok zaryadlar harakatiga bogʻliq boʻlmay, balki electr maydon kuchlanganligining vaqt boʻyicha oʻzgarishiga mutanosib (proporsional) boʻladi. Siljish toki magnit maydon hosil qilish xususiyati jihatidangina oʻtkazuvchanlik va konveksion tokka ekvivalentdir.
Elektr tokining mavjudligini tok tufayli yuz beradigan quyidagi taʼsir yoki hodisalarga qarab bilish mumkin:
Issiqlik taʼsiri — tokoʻtayotgandaoʻtkazgich (oʻtaoʻtkazgichbundanistisno) qiziydi; kimyoviy taʼsiri — Elektr toki oʻtkazgichning kimyoviy tarkibini oʻzgartiradi (masalan, elektrolizhodisasi); magnit taʼsiri (masalan, tokli oʻtkazgich yonida magnit milining ogʻishi, elektromagnitlar); kuchtaʼsiri (masalan, magnit maydonida tokli oʻtkazgichning ogʻishi, elektrdvigatellar);
yorugʻlik taʼsiri (masalan, siyraklangangazlardarazryad, elektryoyi). Tokkuchi ampermetr, milliampermetr, mikroampermetr va galʼvanometr bilan oʻlchanadi.
Zaryadlarning tartibli harakatiga oʻzgarmas tok dеb ataladi. Tokning yo’nalishi sifatida musbat zaryadlarning harakat yo’nalishi qabul qilingan.
Elektr toki deb elektr laryadlarining batartib harakatiga aytiladi, Tashqi elektr maydon ta'sirida o’tkazgichlardagi musbat zaryadlar maydon bo’ylab, manfiy zaryadlar esa maydonga qarshi harakatga keladi, ya'ni o’tkazgichda elektr toki vujudga keladi. Bu tok o’tkazuvchanlik toki deyiladi (1- a rasm).
Shartli ravishda elektr tokining yo’nalishi musbat zaryadlarning harakat yo’nalishi bilan mos, manfiy zaryadlarning harakatiga esa qarama-qarshi deb qabul qilingan. Masalan, metallardagi elektr tokining yo’nalishi elektronlarning harakat yo’nalishiga qarama-qarshi deb olinadi.
Agar elektr zaryadlarining batartib harakati zaryadlangan mak-roskopikjismlarning fazodagi ko’chishidan iborat bo’lsa, bunday tok ko’chish toki deyiladi (1- b rasm).
Elektr toki vujudga kelishi va mavjud bo’lishi uchun: 1) batartib harakat qilishi mumkin bo’lgan erkin zaryadlangan zarralar; 2)energiyasini bu zarralarning batartib
harakatiga sarflaydigan elektrmaydoni bo’lishi zarur.
a)
b)
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Reja elektr toki, uning tabiati va ta’siri. Tok zichligi. Ketma-ket va parallel ulash. Elektr yurutuvchi kuch (eyuk). Berk zanjir uchun Om qonuni. Vakuumda elektr toki. Elektron nur trubka. Kirish
|