|
Yuqori energiyalar fizikasi
|
bet | 3/10 | Sana | 15.07.2024 | Hajmi | 217,72 Kb. | | #267676 |
Bog'liq 1. Fizikaning rivojlanish tarixidan ma’lumotlar. Sharq allomalar-fayllar.orgYuqori energiyalar fizikasi sohasidagi ishlar akademik S. Azimov rahbarligida Fizika-texnika institutida boshlangan. Tadqiqotlar, asosan, ikki yo’nalishda olib borilmoqda: kosmik nurlar fizikasi va juda katta eneigiyagacha tezlashtirilgan zarra va yadrolarning nuklonlar hamda yadrolar bilan ta'sirlashuvlarini o’rganish.
Fizikaviy elektronika. o’zbekistonda bu sohadagi dastlabki tad-qiqotlar o’tgan asrning o’ttizinchi yillarida boshlangan. Bu soha-ning keyingi rivojlanishi, fizik-elektronchilar ilmiy maktabining vujudga kelishi, ko’p jihatdan akademik U. Orifov (1909 — 1976) nomi bilan bog’liq. 1967- yilda esa Fanlar akademiyasining elektro-nika instituti tashkil qilindi.
Yarim o’tkazgichlar fizikasi — bu sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlari yigirmanchi asrning 30- yillarida boshlangan. Bu ishlar ko’plab ilmiy-tekshirish institutlari va oliy o’quv yurtlarida olib borilmoq-da. Yarim o’tkazgichlar fizikasi sohasida o’zbek olimlarining yutuqlari ham talaygina. Jumladan, quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi o’zgartkichlar, yuqori kuchlanishli fotoelektrik generatorlar, ikki yoqlama sezgir fotoo’zgartkichlar ishlab chiqildi va ular asosida fotoelektrik qurilmalarning modullari yaratildi. seku nd (s) — seziy-133 atomi asosiy holatining ikkita o’ta nozik sathlari orasidagi o’tishga mos keluvchi nurlanish davrining 9192631770 tasiga teng bo’lgan vaqt;
Fizika fanining asosiy tekshirish uslubi — tajribadir. Tajribalar natijasini tushuntirish, asoslash maqsadida ilmiy nazariyalar yaratiladi. Bularning hammasi tabiatda mavjud bo’lgan obyektiv qonuniyatlarni o’rganishga va natijada ularning fizik qonunlarini yaratilishiga olib keladi. Fizik qonunlar fizik kattaliklar orasidagi ma'lum munosabatlar vositasida ifodalanadi.
4. Fizik kattalik deb, miqdor jihatdan har bir fizik obyekt uchun xususiy, lekin sifat jihatdan ko'plab obyektlar uchun umumiy bo 'Igan va bu obyektlarning biror xossasini ifodalovchi kattalikka aytiladi.
Fizik kattaliklar sistemasi asosiy va hosilaviy kattaliklardan iboratdir. Fizik kattalikning birligi deb, har birfizik kattalikni miqdoriy ifodalash uchun qo 'llaniladigan, shartli ravishda son qiymati birga teng deb belgilangan o 'lchamlifizik kattalikka aytiladi
Fizik kattaliklarning Xalqaro birliklar sistemasi (Sl—sistema intYernational) 1960- yilda o’lchov va tarozilar bo’yicha bosh konferensiyada qabul qilingan:
|
| |