|
Reja: Fizikaning rivojlanish tarixidan ma’lumotlar
|
bet | 2/10 | Sana | 15.07.2024 | Hajmi | 217,72 Kb. | | #267676 |
Bog'liq 1. Fizikaning rivojlanish tarixidan ma’lumotlar. Sharq allomalar-fayllar.orgIssiqlik fizikasi — asosan, akademik P. Q. Habibullayev yaratgan ilmiy maktabda olib borilib, uning asosini O’zbekiston Fanlar akademiyasining issiqlik fizikasi bo’limi tashkil qiladi. Ilmiy ishlar: bir jinsli bo’lmagan muhitlar issiqlik fizikasi, lazer nurlarining jismlar bilan o’zaro ta'sirlashuvi, yuqori haroratli o’ta o’tkazuvchanlik yo’nalishlariga taalluqlidir.
Yadro fizikasi — bu sohadagi ishlar, asosan, Yadro fizikasi institutida olib boriladi. Ular O’zbekistonda 20-yillardan boshlan-gan. Lekin muntazam tadqiqotlar Fizika-texnika institutida akade-mik S. A. Azimov (1914 - 1988) rahbarligida olib borilgan. 1956-yilda esa Yadro fizikasi instituti tashkil qilingan. Hozir bu yerda: yadro spektroskopiyasi va yadro tuzilishi, yadro reaksiyalari, maydonning kvant nazariyasi, elementar zarralar fizikasi, relyativistik yadro fizikasi va boshqa yo’nalishlar bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Quyosh texnikasi fizikasi (geliotexnika) — bu yo’nalishning asosiy maqsadi quyosh nuri energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirishning fizik asoslarini ishlab chiqish va ular asosida yuqori samarali geliotexnik qurilmalarni yaratishga qaratilgan. Bu tarmoqning rivojlanishida akademiyaning muxbir-a'zosi . Umarovning (1921 — 1988) xizmatlari katta. Hozirgi paytda xonadonlarni issiq suv va issiqlik bilan ta'minlovchi quyosh isitgichlari, meva quritgichlar, sho’r suvlarni chuchuklash-tiruvchi qurilmalar, quyosh energiyasi asosida ishlovchi boshqa moslamalardan xalq xo’jaligida keng foydalanilmoqda.
Qiyin eruvchi materiallar fizikasi. Yuqori haroratli materialshu-noslikka oid bu tadqiqotlar 1976-yildan boshlab S. Azimov va boshqalar tomonidan keng ko’lamda o’tkazila boshlandi. Bu tadqiqot-larda to’plangan quyosh nuri bilan materiallarga termik ishlov berish usuli asos qilib olindi. Shu maqsadda 1987- yilda Toshkent viloyatining Paikent tumanida 1000 kv quvvatli katta quyosh sandoni qurib bitkazildi. Bunday qurilma shu paytga qadar Fransiyaning Odeyo shahridagina mavjud edi. Qurilmaning fokus masofasi 18 m bo’lib, u 54x42 m o’lchamga ega va 62 ta bir xil o’lchamdagi geliostatlardan iborat. 1993-yilda esa ,,Fizika — Quyosh" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tarkibida ,,Materialshunoslik" ilmiy-tekshirish instituti tashkil qilindi.
|
| |