• Elektroforez va elektroosmos. Elektrokinetik hodisalarning ahamiyati
  • Reja: Gellar Gellarning peptizatsiyalanishi




    Download 3.12 Mb.
    bet3/11
    Sana23.09.2023
    Hajmi3.12 Mb.
    #83797
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Gellar va uning xillari.Gellarning peptizatsiyalanishi referat
    Karbon kislotal-WPS Office
    Iviq hosil bo’lishi
    Agregativ beqaror sistemalar-zollar struktur hosil qilish hodisasini ko‘rib o‘tgan edik. Buning natijasida gellar hosil bo‘ladi. YuMB eritmalarida ham strukturalar hosil bo‘ladi. YuMB eritmalarining strukturalar hosil qilishi natijasida iviqlar hosil bo‘ladi.
    Iviqlar xossalari jihatdan gellarga o‘xshaydi. Ammo ularning farqli tomonlari ham bor:

    • Iviqlar gomogen sistemalardir.

    • Gellarda fazoviy turlar Van-der-Vaals kuchlari hisobiga hosil bo‘ladi, iviqlarda esa kimyoviy va vodorod bog‘lar hisobiga hosil bo‘ladi.

    Iviq hosil bolish jarayoniga tasir qiluvchi omillar
    Iviqlar YuMB lar ma‘lum darajada bo‘kkanda hosil bo‘ladi. Shu bilan birga iviq hosil bo‘lishi YuMB larning chin eritmalarida ham sodir bo‘ladi. Bu jarayonga quyidagi omillar ta‘sir etadi:

    • YuMB ning eritmadagi konsentratsiyasi;

    • YuMB molekulalarining o‘lchami va shakli;

    • Harorat;

    • Vaqt;

    • Indifferent elektrolitlar ishtiroki;

    • Muhitning pH qiymati.

    Konsentratsiya ortishi bilan iviq hosil bo‘lish jarayoni tezlashadi. Jelatinaning 30% li suvli eritmasi 300C da iviq hosil qilsa, 10% li eritmasi - 220C da iviq hosil qiladi. Iviqlar uchun sinerezis xosdir-ya‘ni, ular asta-sekin fazoviy to‘rdan suyuqligini siqib chiqaradilar. Iviq to‘rini to‘ldirib turuvchi suyuqlik intermitsellyar suyuqlik deyiladi.
    Elektroforez va elektroosmos. Elektrokinetik hodisalarning ahamiyati
    Kolloid zarrachalar ma‘lum bir zaryadga ega bo‘lganligi uchun kolloid eritmaga tashqaridan elektr toki berilganda zarrachalar biror elektrodga tomon harakat qiladi: manfiy zarracha musbat elektrodga, musbat zarracha manfiy elektrodga tomon boradi. Kolloid zarrachalarning tashqi elektr maydon ta‘sirida harakat qilish hodisasi elektroforez yoki katoforez deyiladi.
    Bu hodisani 1807 yilda Moskva universitetining professori Reyss birinchi bo‘lib kashf etgan. Reyss bir parcha loyga ikki nayni o‘rnatib, bu naylarga tozalab yuvilgan qum soldi va ikkala nayga bir xil balandlikda suv quydi. So‘ngra bu suvga o‘sha vaqtda elektrning birdan bir manbai bo‘lgan Volt ustuni elektrodlarini tushirdi. Tok yuborilgandan bir oz vaqt o‘tgach, musbat elektrod tushirilgan naydagi suv loyqalanadi: loy zarrachalari sekin asta ko‘tarilib, suvda suspenziya hosil qila boshladi. Lekin shu bilan bir vaqtda bu naydagi suv kamaya bordi, manfiy elektrod tushirilgan nayda esa suv ko‘tarila boshladi. Reyss bu tajribasi bilan loy zarrachalari manfiy zaryadli ekanligini isbotladi. Shu yo‘l bilan elektroforez usulida zarrachalarning zaryadlarini aniqlash mumkin bo‘ldi. Reyss tajribasida biz ikki hodisani ko‘ramiz: bulardan biri loy zarrachalarining musbat elektrod tomon harakati bo‘lsa, ikkinchisi suyuqlikning manfiy elektrod tomon harakatlanishidir. Suyuqlikning elektr maydonida g‘ovak jism orqali elektrodlar tomon harakat qilishi elektroosmos deyiladi. Elektroosmos yo‘nalishiga qarab suyuqlik zaryadi ishorasini aniqlash mumkin. Rus olimlari I.Jukov va B.Nikolskiy elektroosmos hodisasidan foydalanib suvni tozalash usulini topdilar.
    Dispers sistemalarda uchraydigan elektrokinetik hodisalar jumlasiga elektroforez va elektroosmosdan tashqari "cho‘kish potensiali" ya‘ni (Dorn effekti) va "oqib chiqish potensiali" yoki Kvinke effekti ham kiradi.
    Bu to‘rtta elektrokinetik hodisalar kolloid kimyoning o‘zida ham katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Kolloid sistemaning dzeta-potensiali kattaligi ayni sistemaning agregativ barqarorligi uchun xarakteristika bo‘la oladi.
    Elektroforezda dispers faza zarrachalarining harakat tezligi, elektroosmosda esa dispers muhitning harakat tezligi elektr maydon kuchlanganligi E ga va dispersion muhitning dielektrik o’tkazuvchanligi (ε) ga to’g’ri, muhitning qovushqoqligi (η) ga teskari proporsional bo’ladi.
    Elektroforez va elektrosmos tadqiqot ishlarida va amaliyotda katta ahamiyatga ega. Masalan, oqsillarni tahlil qilishda va ajratishda elektroforez hodisasidan, g‘ovak sistemalardan namni yo‘qotishda elektroosmos hodisalaridan keng foydalaniladi.
    Elektroosmos hodisasi –torfning va daraxtlarning qurishini tezlatishda, terini oshlashda, zollarning dispersion muhitini tozalashda, turli kompozisiyalarda materiallarni quritishda ishlatiladi.
    1859 yilda Kvinke elektroosmosga teskari hodisani (elektrodlarda potensiallar farqi hosil bo‘lishini) aniqladi va uni oqim potensiali deb nomladi. Kvinke potensiallar farqi yuzaga kelishini suv va suvli eritmalarning turli xil g‘ovak materiallar (tuproq, daraxt, qum, grafit va boshqalar) dan oqib o‘tishida kuzatdi. Bu hodisa tirik organizmlar uchun ham xos. Masalan, arteriyalarda qon harakatlanganda kamgina oqim potensiali (~0,001-~0,002B) paydo bo‘ladi. Elektrokardiogrammalarda kuzatiladigan to‘lqinlardan biri oqim potensial bilan tushuntiriladi.
    Oqim potensiali yuzaga va diafragmaning qalinligiga bog‘liq, oqib o‘tayotgan suyuqlikning miqdoriga bog‘liq emas, balki oqimni ushlab turuvchi bosimga bog‘liq bo‘lib, u quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: ET=
    Elektroosmosda oqim potensiali suyuqlik harakatining hajmiy tezligi bilan quyidagicha bog‘lanishda bo‘ladi:
    ET=
    1878 yilda Dorn elektroforezga teskari hodisani ochdi va uni sedimentatsiya (cho‟kish) potensiali deb nomladi.
    Sedimentatsiya potensiali – idishda turli balandlikda joylashtirilgan elektrodlarda potensiallar hosil bo‘lish hodisasi bo‘lib, bu dispers faza zarrachalarining cho‘kishiga olib keladi. Shunday qilib, potensiallar farqi zarrachalar harakati natijasida yuzaga keladi. Elektroosmos, elektroforez, oqim potensiali va sedimentatsiya potensiallari hodisalari umumiy nom bilan elektrokinetik hodisalar deyiladi. Dispers sistemada qattiq zarrachaga elektrolit ionlarining tanlab adsorbilanishi natijasida ma‘lum tuzilishga ega bo‘lgan qo‘sh elektr qavat (QEQ) paydo bo‘ladi.
    AgNO3 + KI = AgI + KNO3
    Reaksiya bo‘yicha mayda dispersli AgI cho‘kmasini olishda stabilizasiya (barqaror) qilish uchun dastlabki moddalar (elektrolitlar) dan biri mo‘l miqdorda olinadi. Bu vaqtda ortiqcha olingan elektrolit ionlaridan biri ya‘ni AgI cho‘kmasi tarkibiga kiruvchi Ag+ (AgNO3 mo‘l miqdorda olinganda) yoki I- (KI mo‘l miqdorda olinganda) ionlaridan biri AgI cho‘kmasi sirtiga adsorbilanadi. Mo’l miqdorda adsorbilangan ion potensial belgilovchi (aniqlovchi) ion deyiladi va ular qo‘sh elektr qavatning ichki qismini tashkil etadi. Buni yaxshiroq tushuntirish uchun AgI zolining 2 xil holatda ya‘ni, AgNO3 mo‘l olinganda va KI mo‘l miqdor olingandagi tuzilishlarini ko‘rib chiqamiz:
    AgNO3 + KI AgI + KNO3
    Mitsellaning formulasi: Agar reaksiya uchun kumush nitrat eritmasi ortiqcha miqdorda olinsa musbat zaryadli zarracha hosil bo‘ladi.
    Agar mitsellyar eritma orqali doimiy tok o‘tkazilsa AgNO3 mo‘l miqdorda olinganda hosil bo‘lgan kolloid zarracha katodga, KI mo‘l miqdorda olinganda hosil bo‘lgan kolloid zarracha anodga tomon harakatlanadi. Bu hodisa elektroforez deyiladi.
    Elektrokinetik hodisalar geologiya, tuproqshunoslik, agrotexnika va texnikaning turli sohalarida keng qo‘llaniladi. Masalan, ular suspenziyalarni suvdan tozalashda, yog‘och va torfni quritishda, toza kaolin hosil qilishda, mashinalar detallarini bo‘yashda katta ahamiyatga ega.

    Foydalanilgan adabiyotlar:



    1. T.M. Boboev, X.R.Raximov. Fizikaviy va kolloid kimyo. Toshkent, 2004.

    2. K.S. Axmedov, X.R. Raximov. Kolloid kimyo. - O‛zbekiston‖. Toshkent, 1993.

    3. Axmedova M.A. Kolloid kimyo fanidan laboratoriya mashg`ulotlari. Uslubiy ko`rsatma Toshkent, O`zMU, 2005, 2006.

    4. Grigorov O.N. Руководство к практическим занятиям по коллоидной химии.




    Download 3.12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 3.12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Gellar Gellarning peptizatsiyalanishi

    Download 3.12 Mb.