• Temir (III)-gidroksid zolining koagullanish ostonasini aniqlash.
  • Reja: Gellar Gellarning peptizatsiyalanishi




    Download 3.12 Mb.
    bet7/11
    Sana23.09.2023
    Hajmi3.12 Mb.
    #83797
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Gellar va uning xillari.Gellarning peptizatsiyalanishi referat
    Karbon kislotal-WPS Office
    Mavzu: Fe(OH)3 zolliga elektrolitlar qo’shib koagullash
    Kolloid sistemalar yaxshi rivojlangan sirtlararo chegarasiga ega va dispers faza – suyuqlik chegarasida ortiqcha erkin miqdordagi energiyasi bor. Shu sababli kolloid eritmalarda energiyani kamaytirish uchun bazi hodisalar bo’lib o’tadi. Kolloid sistemalarning ko’zga tashlanib turadigan belgisi – ularning beqarorligidir. Shu xususiyatlari tufayli, ulardan ko’pincha cho’kma ajralib chiqadi yoki chin eritmalar hosil qiladi. Kolloidlarning dispersion darajasi ortishi bilan ular chin eritmaga aylanadi, shu bilan birga teskari jarayon ham sodir bo’ladi. Bunda mitsellalar o’zaro yopishishi natijasida kolloid zarrachalar kattalashadi. Bu hodisa koagullanish deb ataladi. Kolloid sistemaga har xil faktorlar ta’sir etishi natijasida koagullanish yuz beradi. Bu faktorlar o’zining tabiati jihatidan xilma - xil bo’lishi mumkin. Masalan, uzoq davom etgan dializ elektrolit va elektrolitmas eritmalarni qo’shish, mexanik tasir ko’rsatish (aralashtirish yoki chayqatish), qattiq qizdirish yoki qattiq sovutish va hokazo. Liofob zollar har qanday elektrolit eritmalari qo’shilishi bilan koagullanadi. Bunda elektrolit ionlaridan biri koagullovchi bo’ladi. Elektrolit konsentratsiyasi koagullanish chegarasi deb atalgan minimal miqdordan oshdi deguncha eritma yaqqol koagullanadi.
    Liofil (suvdagi eritmasi olinadigan bo’lsa-gidrofil) kolloidlarning koagullanishi shu sinfga kiruvchi kolloidlarning bir qancha boshqa xossalari singari, ko’pgina xususiyatlari bilan ajralib turadi. Gidrofil kolloidlarni koagullash uchun avval ular degidratlanishi va so’ngra zaryadi neytrallanishi ham mumkin. Shu maqsadda kolloid eritmaga oldin elektrolit qo’shib, uning zaryadini neytrallash mumkin, ammo bunda eritma koagullanmaydi. Keyin sistemaga suv qavatini buzuvchi spirt, aseton yoki tannin qo’shish kerak, shundagina koagullanish jarayoni boshlanadi.Modda kolloid holatga o‘tganida uning sirti juda ortib ketishi haqida yuqorida aytib o‘tildi. Shuning uchun kolloid eritmalarda dispers faza bilan dispersion muhit o‘rtasida chegara sirtning potensial energiyasi katta bo‘ladi. Erkin energiya minimumga intiladi, degan prinsipga muvofiq, kolloid eritma fazalar o‘rtasidagi sirt energiyani kamaytirishga intiladi. Shu sababli kolloid zarrachalar yiriklashib umumiy sirtni kamaytiradi. Kolloid eritma zarrachalarining bir-biri bilan qo‘shilib, yiriklashish hodisasi ( koagullanish) deyiladi. Yiriklashgan zarrachalar og`irlik kuchi ta`siri ostida eritmaning yuqori qismlaridan past qismlariga tusha boshlaydi, nihoyat zarrachalar eritmadan ajraladi. O‘z-o‘zicha bo‘ladigan koagulyatsiya ancha uzoq vaqt davom etadi. Koagulyatsiyani turli vositalar yordamida tezlatish mumkin. Koagulyatsiya uch xil yo‘l bilan: zolga elektrolit qo‘shish, zolga boshqa kolloid qo‘shish va zolni qizdirish yo‘li bilan tezlashtiriladi.
    Kolloid kimyo sohasida dastlab ishlagan olimlar Sel`mi, Grem va Faradey metallarning gidrozoliga elektrolit qo‘shilganda koagulyatsiya ro‘y berishini kuzatganlar. Faradey bu hodisani oltin gidrozolida kuzatdi. Elektrolit qo‘shilganda vujudga keladigan koagulyatsiyani mukammal o‘rganish quyidagi xulosalarga olib keldi:
    1. Agar kolloid eritmaga har qanday elektrolitdan etarli miqdorda qo‘shilsa, koagulyatsiya sodir bo‘ladi. Koagulyatsiya sodir bo‘lganligini bevosita ko‘rish mumkin bo‘lsa, u ochiq koagulyatsiya, ko‘rish mumkin bo‘lmasa, yashirin koagulyatsiya deyiladi.
    2. Ochiq koagulyatsiya bo‘lishi uchun elektrolit konsentratsiyasi koagulyatsiya konsentratsiyasi (koagulyatsiya chegarasi) qiymatidan ortiq bo‘lishi kerak.
    3. Koagulyatsiyaga elektrolitning faqat bir ioni ( kolloid zarracha zaryadiga qarama-qarshi zaryadli ioni) sabab bo‘ladi. Musbat zaryadli kolloidlar anionlar ta`siridan, manfiy zaryadli kolloidlar esa kationlar ta`siridan koagulyatsiyalanadi.
    4. Ayni kolloidning koagulyatsiya chegarasi birinchi navbatda koagulyatsiyalayotgan ion valaent-ligiga bog`liq bo‘ladi. Koagulyatsiya-layotgan ionning valentligi katta bo‘lsa, uning koagulyatsiyalash xususiyati ham kuchli bo‘ladi. Tajriba ko‘rsatishicha, agar bir valentli kationning koagulyatsiyalash xususiyatini 1 desak, ikki valentli kationniki 70, uch valentli kationniki esa 550 bo‘ladi. Elektrolitning koagulyatsiya konsentratsiyasi ( koagulyatsiya chegarasi) 1l zolga qo‘shilgan elektrolitning milli mol miqdorlari bilan ifodalanadi. Shul`se va Gardi elektolit ionining valentligi bilan uning koagulyatsiyalash kuchi orasidagi bog`liqlikni aniqladilar. Shul`se-Gardi qoidasi deyiladigan bu
    bog`liqlik quyidagicha ta`riflanadi:
    Koagulyatsiyalovchi ionning valentligi qancha katta bo‘lsa, uning koagul-yatsiyalash kuchi shuncha ko‘p va koagulyatsiya konsentratsiyasi shuncha kam bo‘ladi.
    5. Kolloid sistemalarning agregativ barqarorligi va koagulyatsiyasi haqidagi hozirgi nazariya 1945 yilda rus olimlari B.V.Deryagin va L.D.Landau tomonidan taklif qilindi. Bu nazariyaga muvofiq, zarrachalar orasida o‘zaro tortishish va o‘zaro itarilish kuchlari ta`sir etadi. Zarrachalararo masofa o‘zgarganida sistemadagi potensial energiyaning o‘zgarishini aniqlash uchun absissalar o‘qiga masofa, ordinatalar o‘qiga sistemaning potensial energiyasini qo‘yib, “potensial energiya diagrammasi” hosil qilinadi. Bunday diagramma tuzishda o‘zaro itarilish energiyalari musbat, o‘zaro tortishish energiyalari esa manfiy ishora bilan olinadi.
    Temir (III)-gidroksid zolining koagullanish ostonasini aniqlash.
    Nazariy qism. Ma’lumki, kolloid eritmalar har qanday elektrolitdan yetarli miqdorda qo’shilsa, koagul-yatsiya vujudga keladi. Koagullanishni tug’diruvchi konsentratsiya yetarli bo’lmasa, koagullanish yashirin kechadi. Koagullanishni vujudga kelganligini ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lsa, ochiq koagullanish deb ataladi. Ochiq koagullanishni vujudga keltiradigan elektrolitning minimal konsentratsiyasi ayni kolloidning koagullanish ostonasi deb ataladi.Har bir elektrolit uchun zolning koagullanish chegarasi quyidagi tenglama bilan hisoblash mumkin:
    Turli elektrolitlarning aniqlangan koagullanish ostonasini solishtirib, koagulyator–ionining belgisini hamda tekshirilayotgan zolning kolloidzarracha zaryadining belgisi (ishorasi) aniqlanadi.



    Test
    1. Kolloidlarning dispersion darajasi..... ular chin eritmaga aylanadi

    1. Ortishi bilan

    2. Kamayishi bilan

    3. Holat kuzatilmaydi

    2. Mitsellalar o’zaro yopishishi natijasida kolloid zarrachalar kattalashadi. Bu hodisa nima deyiladi?

    1. Sedimentatsiya

    2. Koagullanish

    3. Bo'kish

    3. Gidrofil kolloidlarni koagullash uchun avval ular va so’ngra zaryadi neytrallanishi ham mumkin.

    1. Degidratlanishi

    2. Gidratlanishi

    3. Oksidlanishi

    4. Koagulyatsiya necha xil yo'l bilan tezlashtiriladi?

    1. 2 xil

    2. 3 xil

    3. 4 xil

    5. Faradey koagulyatsiya hodisani nimada kuzatdi?

    1. oltin gidrozolida

    2. Mis gidrolizida

    3. Alyuminiy gidrolizida

    6. Koagulyatsiya hodisasini qaysi olim kuzatgan?

    1. Sel`mi

    2. Grem

    3. A va B javoblar

    7. Koagulyatsiya sodir bo‘lganligini bevosita ko‘rish mumkin bo‘lsa, u ochiq koagulyatsiya, ko‘rish mumkin bo‘lmasa, qanday koagulyatsiya deyiladi?

    1. yashirin

    2. Ochiq

    3. To'g'ri javob yo'q

    8. ...... koagulyatsiya bo‘lishi uchun elektrolit konsentratsiyasi koagulyatsiya konsentratsiyasi (koagulyatsiya chegarasi) qiymatidan ortiq bo‘lishi kerak.

    1. Yashirin

    2. Ochiq

    3. To'g'ri javob yo'q

    9. Qaysi olimlar elektolit ionining valentligi bilan uning koagulyat-siyalash kuchi orasidagi bog`liqlikni aniqladilar?

    1. Shul`se va Gardi

    2. Faradey va B.V.Deryagin

    3. B.V.Deryagin va L.D.Landau

    10. Ochiq koagullanishni vujudga keltiradigan elektrolitning minimal konsentratsiyasi ayni kolloidning nimasi deb ataladi?

    1. Koagullanish ostonasi

    2. Koagulyatsiya

    3. Yopiq koagulyatsiya


    Krossvord

    1. Mitsellalar o’zaro yopishishi natijasida kolloid zarrachalar kattalashadi. Bu hodisa nima deyiladi?
    2. Gidrofil kolloidlarni koagullash uchun avval ular va so’ngra zaryadi neytrallanishi ham mumkin.
    3. Faradey koagulyatsiya hodisani qaysi gidrolizda kuzatdi?
    4. Koagulyatsiya sodir bo‘lganligini bevosita ko‘rish mumkin bo‘lsa, u ochiq koagulyatsiya, ko‘rish mumkin bo‘lmasa, qanday koagulyatsiya deyiladi?
    5. ...... koagulyatsiya bo‘lishi uchun elektrolit konsentratsiyasi koagulyatsiya konsentratsiyasi (koagulyatsiya chegarasi) qiymatidan ortiq bo‘lishi kerak.




    Download 3.12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 3.12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Gellar Gellarning peptizatsiyalanishi

    Download 3.12 Mb.