• Mavzu: Kraxmal va Fe(OH) 3 zollini dializ qilish.
  • Tajriba qism.
  • 1-tajriba. Jelatina zolini dializ qilish.
  • 2-tajriba. Kraxmal zolini dializ qilish.
  • 3-tajriba. Temir (III) gidroksid zolini dializ qilish.
  • -tajriba. Jelatinaning bo'kish darajasi bilan eritma pH orasidagi




    Download 3.12 Mb.
    bet9/11
    Sana23.09.2023
    Hajmi3.12 Mb.
    #83797
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Gellar va uning xillari.Gellarning peptizatsiyalanishi referat
    Karbon kislotal-WPS Office
    1-tajriba. Jelatinaning bo'kish darajasi bilan eritma pH orasidagi
    bog'lanish. Oddiy probirkalarda tubandagicha eritmalar tayyorlanadi. Bu eritmalarning har qaysisi uchun p H qiymatlari hisoblab chiqariladi.
    Shkalalarga bo'lingan, probirkalarning har qaysisiga 1 g dan quruq jelatina poroshogi solinadi, probirkalar raqamlanadi, ulardagi jelatina hajmi aniq yozib olinadi. Probirkalarga tayyorlangan bufer eritmalar qo'yib chiqiladi, bunda jelatina solingan birinchi probirkaga birinchi probirkadagi eritmadan, jelatina solingan ikkinchi probirkaga ikkinchi probirkadagi eritmadan qo'shiladi va hokazo. Probirkalarni silkitib, uning ichidagi moddalar aralashtiriladi. Bir soatdan keyin probirkalarni olib, bo'kish natijasida jelatina hajmi qancha kengaygani o'lchanadi. Bo'kish darajasi hisoblab chiqariladi va jelatinaning bo'kish darajasi eritma pH ga qanday bog'liq ekanini ko'rsatadigan grafik chiziladi.Ish natijalari jadvalga yozib boriladi:
    Eslatma. Jelatina quruqmi, bo'kkanda bundan qat’iy nazar uning hajmini o'lchash uchun avval probirkalarni bir-ikki chertib, sathi tekislanishi kerak


    Mavzu: Kraxmal va Fe(OH)3 zollini dializ qilish.

    Kolloid eritmalarni ularga aralashgan elektrolitlarni tozalash uchun dializ deb ataluvchi usul qo’llaniladi. Dializning mohiyati shundan iboratki, bunda kolloid eritma hamda unga aralashgan elektrolitlar toza erituvchidan (suvdan) yarim o’tkazgich parda (membrana) yordamida ajratiladi. Shunday pardadan o’ta oladigan molekula va ionlar pardaning har ikki tomonidagi molekulalar va ionlarning konsentratsiyasi o’rtasida muvozanat hosil bo’lguncha, erituvchi tomoniga o’taveradi. Erituvchini vaqti-vaqti bilan yangilab zolni qo’shimcha-lardan ma’lum darajada tozalash mumkin.
    Dializ uchun odatda, kolloid pardalar hamda atsetilsellyulozadan ishlangan pardalar, sellofan va boshqa materiallardan tayyorlangan yarim to’siqlar ishlatiladi. Shu bilan bir qatorda tabiiy yarim o’tkazgich pardalari, masalan, mol pufagi ham ishlatiladi. Sun’iy pardalar istalgan o’tkazuvchanlikka tayyorlanishi mumkin, shu jihatdan olganda sun’iy pardalar tabiiy pardalardan ancha afzaldir.
    Kolloid eritmalarni bapqaror holatda olish va ularni xossalarini o’rganish uchun zollardan turli aralashmalarni, birinchi galda kolloid eritmani olish jarayonida hosil bo’ladigan elektrolitlardan tozalash zarur.
    Dializ uchun qo’llaniladigan asbob esa dializator deb yuritiladi. Doimiy tok ta`sirida tez olib boriladigan dializ protsessi elektrodializ deb yuritiladi va u elektrodializator-larda olib boriladi




    Kolloid eritmalarni tozalashning muhim usullaridan biri ultrafiltratsiyadir. Bunda dispers faza dispers muhitdan ajratiladi. Ultrafiltratsiyada kolloid eritma kolloid zarracha yoki makromolekulalarni o’tkazmaydigan membranalarda filtrlanadi. Bunda dispers faza filtrda qoladi.Kolloid eritmalar hosil bo‘lganda ular tarkibida dispers fazadan tashqari, ko‘p miqdorda kislota, asos va tuzlar ham bo‘ladi. Kolloid eritma barqaror bo‘lishi uchun eritmada elektrolitlar ma`lum miqdorda bo‘lishi kerak. Demak ortiqcha miqdordagi elektrolitkarni chiqarib yuborish zarur. Bu jarayon kolloid eritmani tozalash deyiladi.
    Kolloid eritmalarni tozalash uchun dializ, ultrafiltratsiya va elektrodi-aliz usullaridan foydalaniladi. Dializning mohiyati shundan iboratki, bunda kolloid eritma unga aralashgan elektrolitlardan toza erituvchida (suvda) yarim o‘tkazgich parda (membrana) yordamida ajratiladi. Shunday pardadan o‘ta oladigan molekula va ionlar pardaning har ikki tomonidagi molekulalar va ionlarning konsen-tratsiyasi o‘rtasida muvozanat hosil bo‘lguncha, erituv-chi tomonga o‘taveradi. Erituvchini vaqti-vaqti bilan yangilab, zolni qo‘shim-chalardan ma`lum darajada tozalash mumkin. Dializ uchun, odatda, kolloid pardalar hamda atsetilsellyulozadan ishlangan pardalar, sellofan va boshqa materiallardan tayyorlangan yarim o‘tkazgich to‘siqlar ishlatiladi. Shu bilan bir qatorda tabiiy yarim o‘tkazgich pardalar, masalan, cho‘chqa yoki mol pufagi ham ishlatiladi.
    Tajriba qism.

    Ishning maqsadi: Zollarni tozalash usuli, gidrofob va gidrofil kolloid eritmalar qanday dializ qilinishi bilan tanishish.

    Ish uchun kerak boladigan asbob va reaktivlar: FeCI3-2%li, AgNO3-1n, K2SO4-1n, BaCI2-2% li eritmalari, tannin-1%, jelatin-1% zollar; yod eritmasi, kraxmall kukuni, HCI-0,1n eritmasi, temir (III)-gidroksid zoli.

    1-tajriba. Jelatina zolini dializ qilish.

    Kollodiydan tayyorlangan xalta-chaga jelatinaning 1% li eritmasi quyiladi, unga ozgina natriy xlorid qoshiladi va distillangan suvga botirib quyiladi. Oradan ikki soat otgandan keyin tozalovchi suvdan ozgina namuna olib tekshiriladi, bunda xlor ionini bor-yoqligi esa tanninning 2% li eritmasi yordamida sinab koriladi. Tannin bilan jelatina aralashmasi oziga xos rang beradi. Songra yarim soatdan keyin namuna olib sinab koriladi va tajriba natijalari yozib boriladi.

    2-tajriba. Kraxmal zolini dializ qilish.

    Texnik tarozida 2g kraxmall tortib olinib chinni kosachaga solinadi, 5-10ml suv qoshib shisha tayoqcha yordamida yaxshilab aralashtiriladi. Suvga kraxmallni aralashtirib turib, qaynab turgan 100ml distillangan suvga tez quyiladi. Hosil qilingan tiniq kraxmall zoliga 1n li kaliy sulfat eritmasidan ozgina qoshi-ladi va aralashmaning hammasi suvli dializatorga botirib qoyilgan kollodiy xaltachaga quyiladi. Har yarim soat otgandan keyin dializatordan suyuqlikdan namuna olinib, unda sulfat ioni va kraxmall bor-yoqligi sifat reaksiyasi yordamida tahlil qilinadi.

    3-tajriba. Temir (III) gidroksid zolini dializ qilish.

    Temir (III) gidroksidning kolloid eritmasi dializatorga yoki kollodiydan tayyorlangan xaltachaga quyiladi va distillangan suvli idish ichiga botirib quyiladi. Xaltachaga botirilgan suyuqlikdan har yarim soatda namuna olib, xlor ioni bor-yoqligi sinab koriladi. Eritmada xlor ionlari miqdori (sifat jihatdan) kamayib borishi va xaltachadagi kolloid eritma ozgarishi kuzatib boriladi.



    Download 3.12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 3.12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -tajriba. Jelatinaning bo'kish darajasi bilan eritma pH orasidagi

    Download 3.12 Mb.