Kinematik Qovushqoqlik koeffitsiyent




Download 3.12 Mb.
bet11/11
Sana23.09.2023
Hajmi3.12 Mb.
#83797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Gellar va uning xillari.Gellarning peptizatsiyalanishi referat
Karbon kislotal-WPS Office
Kinematik Qovushqoqlik koeffitsiyent. Gidravlikadagi ko`pgina hisoblash ishlarida m ning p ga nisbati bilan ifodalanuvchi va kinematik qovushqoqlik koeffitsiyenti deb ataluvchi miqdordan foydalanish qulaydir. Bu miqdor grekcha ν harfi bilan belgilanadi. Qovushqoqlik koeffitsiyentini aniqlash uchun viskozimetr deb ataluvchi asbob qo`llaniladi. Suvga nisbatan yopishqoqligi katta bo`lgan suyuqliklar uchun Engler viskozimetri qo`llaniladi (1.2-rasm). U birining ichiga ikkinchisi joylashgan 1, 2 ikki idishdan iborat bo`lib, ular orasidagi bo`shliq, suv bilan, to`ldiriladi. Ichki idish 2 ning sferik tubiga diametri 3 mm li naycha kavsharlangan, u tiqin 5 bilan berkitilgan bo`ladi. Iсhki idishga tekshirilayotgan suyuqlik quyilib, uning temperaturasi ikki idish oralig`idagi suvni qizdirish yo`li bilan zarur bo`lgan temperatura-gaсha yetkaziladi. Tekshirilayotgan suyuqlik temperaturasi termometr 6 yordamida o`lchab turiladi. Suyuqlik zarur temperatura t gaсha qizigan-dan so'ng tiqin ochiladi va sekundomer yordamida 200 sm3 suyuqlik 3 oqib chiqqan vaqt belgilanadi. Xuddi shunday tajriba t=20°C da distillangan suv bilan ham o`tkaziladi. Tekshirilayotgan suyuqlikning t=20°C dan oqib chiqqan vaqtlarining nisbati qovush-qoqlikning shartli graduslari yoki Engler graduslarini bildiradi. Qovush-qoqlikni aniqlash uchun kapillyar viskozimetr, rotatsion viskozimetr, stoks viskozimetri va boshqa turli viskozimetrlar ham qo`llaniladi. Qovushqoqlik suyuqliklarning turiga, temperaturasiga va bosimiga bog`liq. Jadvallarda har xil suyuqliklarning qovushqoqlik miqdori keltirilgan. Temperatura ortishi bilan tomchilanuvсhi suyuqliklarning qovushoqligi kamayadi, gazlarning qovushoqligi ortadi. Suyuqliklar qovushoqligining temperaturaga bog`liqligini umumiy tenglama bilan ifodalab bo`lmaydi.







 


Download 3.12 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 3.12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kinematik Qovushqoqlik koeffitsiyent

Download 3.12 Mb.