• Gel va iviqlarning hosil bo’lish sabablari.
  • Gel yoki iviq, tiksotropiya va sinerezis




    Download 3.12 Mb.
    bet2/11
    Sana23.09.2023
    Hajmi3.12 Mb.
    #83797
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Gellar va uning xillari.Gellarning peptizatsiyalanishi referat
    Karbon kislotal-WPS Office
    Gel yoki iviq, tiksotropiya va sinerezis.

    Gelning yoki iviqning zol va polimer eritmasiga, zol yoki eritmaning qaytadan gel yoki iviqqa aylanishi izotermik, yani temperatura o’zgarishi bilan boradigan protsess bo’lib, buni tiksotropiya grekcha tiksis - silkitish, tropos - o’zgarmoq so’zlaridan olingan deyiladi. Dispers faza zarrachalari asimmetrik yani tayoqchasimon va plastinkasimon sistemalarda tiksotropiya xodisasi ko’proq namoyon bo’ladi.


    Neft va gaz konlarini burg’ilashda tiksotrop xossasiga ega bo’lgan loy eritmasi ishlatiladi.
    Gel va iviqlarda vaqt o’tishi bilan protsess eskiradi, natijada sistema ikki fazaga - dispersion va dispers fazalarga ajraladi, shu xodisaga sinerezis deyiladi.
    Sinerezis natijasida hosil bo’ladigan suyuq faza toza erituv-chi emas, balki o’tasuyultirilgan eritmadir. Ajralib chiqadigan dispers faza esa, ko’p miqdorda erituvchiga ega bo’lgan iviqdir.
    Sinerezis amalda katta ahamiyatga ega. Bu xodisa, masalan, lak, buyoqlar, atsetat tolalar va sovun tayyorlashda kuzatiladi.

    Gel va iviqlarning hosil bo’lish sabablari.
    Kolloid zarrachalararo yoki polimerlarning makromolekulalari orasida molekulyar tutinish kuchlari ta’sir etishi tufayli ichki strukturalar hosil qilish natijasida o‘z oquvchanligini batamom yuqotgan va ichki qismiga suyuqlik tarqalgan dispers sistema iviq yoki gel deb ataladi (lotincha-gelatus-muzlagan so‘zidan kelib chiqadi). Bunday strukturalarga misol - kisel, xolodes, qatiq misol bo’ladi.
    Ko‘pgina YuMB, masalan, agar-agar, jelatina eritmalari hamda ba’zi bir gidrofob kolloid eritmalar - va boshqa ma’lum sharoitda fazalarga ajralmagan xolda iviqlanadi yoki jelatinalanadi. Bunda xosil bo‘lgan maxsulot iviq yoki gel deyiladi. Kauchuk, selluloid, elim, jelatina.
    Iviqlar yoki gellarda dispers faza zarrachalari xuddi eritmalardagi kabi erkin xarakat qila olmasdan, o‘zaro bog‘langan xolda bo‘ladi. Bunday o‘zaro bog‘langan mitsellalar oralig‘i dispers faza bilan to‘lgan bo‘ladi. Ular o‘z oquvchanligini yo‘qotadi. To‘qimachilik tolalari, non, marmelad, ba’zi minerallar (agat, opol) gellar jumlasidandir.
    Dispers muxitga qarab gellar quyidagicha nomlanadi: dispers muxit suv bo‘lsa «gidrogel», spirt bo‘lsa «alkogel», benzol bo‘lsa «benzogel».
    Suyuqligi oz yoki butunlay quruq gellar kserogellar deyiladi. Masalan, elim, kraxmal, un, pechene qurigan non.
    Juda oz miqdorda (1-2%) quruq modda saqlovchi iviqlar liogellar deyiladi. Masalan, kisel, prostokvasha, sovun va sovunsimon moddalar shular jumlasidandir.
    Ko`pincha koagulyatsiya natijasida ham gellar xosil bo`ladi. Ularni kaogellar deyiladi.
    Agar quruq kserogelni suyuqlikka solinsa, suyuqlikni yutib, o`z xajmini oshiradi, ya`ni bo`ka boshlaydi. Masalan, quruq jelatina, kauchuk elastik gellar qatoriga kirsa, silikat kislota, temir (III) gidroksid gellari mo`rt gellardir.
    Elastik gellarni o`zi ham ikki guruxga; ma`lum chegaragacha bo`kadigan gellar va cheksiz bo`kadigan gellarga bo`linadi.

    Download 3.12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 3.12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gel yoki iviq, tiksotropiya va sinerezis

    Download 3.12 Mb.