Reja Ishni tezkor boshlash. Korxona to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor kiritish. Ish stoli. Buxgalter monitori. Rahbar uchun hisobot




Download 2.98 Mb.
bet8/9
Sana01.02.2023
Hajmi2.98 Mb.
#40602
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-марузa Professional Buxagalteriya amaliyoti
696c8667-bf2b-4128-9da4-5da2ac7abbbb, Ч Маҳмуова июль мақола 2022й yangi 2, Toʼlaganov Dilmurod Mirjalolovich
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
36. Ariza beruvchilar ular tomonidan taqdim qilingan arizalar hamda ularga ilova qilingan hujjatlar va ma’lumotlarda ko‘rsatib o‘tilgan axborotning ishonchliligi uchun javob beradi.
37. Moliya vazirligi ushbu Nizomda nazarda tutilgan xarajatlarni qoplash maqsadida olingan ariza beruvchi to‘g‘risidagi maxfiy ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi lozim.
38. Oliy ta’lim muassasalari va davlat organlari o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida o‘qishni tugatgan hamda imtihonlarni topshirgan xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning muntazam ravishda e’lon qilinishini ta’minlaydi.
39. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 507-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun quyidagi moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnlari:
Moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning konseptual asosi 1-ilovaga muvofiq;
1-son “Moliyaviy hisobotni taqdim etish” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 2-ilovaga muvofiq;
2-son “Zaxiralar” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 3-ilovaga muvofiq;
7-son “Pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 4-ilovaga muvofiq;
8-son “Hisob siyosati, hisob baholaridagi o‘zgarishlar va xatolar” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 5-ilovaga muvofiq;
10-son “Hisobot davridan keyingi hodisalar” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 6-ilovaga muvofiq;
12-son “Foyda soliqlari” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 7-ilovaga muvofiq;
16-son “Asosiy vositalar” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 8-ilovaga muvofiq;
19-son “Xodimlarning daromadlari” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 9-ilovaga muvofiq;
20-son “Davlat grantlari hisobi va davlat yordami to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yoritib berish” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 10-ilovaga muvofiq;
21-son “Valyuta kurslaridagi o‘zgarishlarning ta’sirlari” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 11-ilovaga muvofiq;
23-son “Qarzlar bo‘yicha sarflar” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 12-ilovaga muvofiq;
24-son “Bog‘liq tomonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yoritib berish” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 13-ilovaga muvofiq;
26-son “Pensiya dasturlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi va hisoboti” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 14-ilovaga muvofiq;
27-son “Alohida moliyaviy hisobot” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 15-ilovaga muvofiq;
28-son “Ta’sir ostidagi tashkilotlarga va qo‘shma korxonalarga investitsiyalar” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 16-ilovaga muvofiq;
29-son “Giperinflatsiyali iqtisodiyotda moliyaviy hisobot” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 17-ilovaga muvofiq;
32-son “Moliyaviy instrumentlar: taqdim etish” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 18-ilovaga muvofiq;
33-son “Bir aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 19-ilovaga muvofiq;
34-son “Oraliq moliyaviy hisobot” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 20-ilovaga muvofiq;
36-son “Aktivlarning qadrsizlanishi” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 21-ilovaga muvofiq;
37-son “Baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 22-ilovaga muvofiq;
38-son “Nomoddiy aktivlar” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 23-ilovaga muvofiq;
39-son “Moliyaviy instrumentlar: tan olish va baholash” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 24-ilovaga muvofiq;
40-son “Investitsiya ko‘chmas mulki” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 25-ilovaga muvofiq;
41-son “Qishloq xo‘jaligi” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 26-ilovaga muvofiq;
1-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qo‘llash” Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti 27-ilovaga muvofiq;
2-son “Aksiyaga asoslangan to‘lov” Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti 28-ilovaga muvofiq;
3-son “Biznes birlashuvlari” Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti 29-ilovaga muvofiq;
4-son “Sug‘urta shartnomalari” Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti 30-ilovaga muvofiq;
5-son “Sotish uchun mo‘ljallangan uzoq muddatli aktivlar va tugatilgan faoliyat” Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti 31-ilovaga muvofiq;
6-son “Foydali qazilmalarni geologik qidirish va baholash” Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti 32-ilovaga muvofiq;
7-son “Moliyaviy instrumentlar: ma’lumotlarni yoritib berish” Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti 33-ilovaga muvofiq;
8-son “Operatsion segmentlar” Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti 34-ilovaga muvofiq;
9-son “Moliyaviy instrumentlar” Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti 35-ilovaga muvofiq;
10-son “Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot” Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti 36-ilovaga muvofiq;
11-son “Birgalikdagi faoliyat bo‘yicha kelishuvlar” Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti 37-ilovaga muvofiq;
12-son “Boshqa tashkilotlardagi ulushlarni yoritib berish” Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti 38-ilovaga muvofiq;
13-son “Haqqoniy qiymatni baholash” Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti 39-ilovaga muvofiq;
14-son “Kechiktirilgan tarif farqlari schyotlari” Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti 40-ilovaga muvofiq;
15-son “Xaridorlar bilan shartnomalar bo‘yicha tushum” Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti 41-ilovaga muvofiq;
16-son “Ijara” Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti 42-ilovaga muvofiq;
7-son “Yevroning muomalaga kiritilishi” Sharhlar bo‘yicha doimiy qo‘mitaning sharhi 43-ilovaga muvofiq;
10-son “Davlat yordami-operatsion faoliyat bilan muayyan bog‘liqlikning yo‘qligi” Sharhlar bo‘yicha doimiy qo‘mitaning sharhi 44-ilovaga muvofiq;
25-son “Foyda soliqlari — tashkilotning yoki uning aksiyadorlarining soliq maqomidagi o‘zgarishlar” Sharhlar bo‘yicha doimiy qo‘mitaning sharhi 45-ilovaga muvofiq;
29-son “Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha konsessiya kelishuvlari: Ma’lumotlarni yoritib berish” Sharhlar bo‘yicha doimiy qo‘mitaning sharhi 46-ilovaga muvofiq;
32-son “Nomoddiy aktivlar — vebsayt sarflari” Sharhlar bo‘yicha doimiy qo‘mitaning sharhi 47-ilovaga muvofiq;
1-son “Obyektlarni foydalanishdan chiqarish, atrof muhitni qayta tiklash va shu kabi majburiyatlardagi o‘zgarishlar” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qo‘mitasi sharhi 48-ilovaga muvofiq;
2-son “Kooperativ tashkilotlarda ishtirokchilarning ulushlari va shu kabi instrumentlar” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qo‘mitasi sharhi 49-ilovaga muvofiq;
5-son “Obyektlarni foydalanishdan chiqarish, atrof muhitni qayta tiklash va ekologik reabilitatsiya fondlarida ishtirok etish huquqlari” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qo‘mitasi sharhi 50-ilovaga muvofiq;
6-son “Maxsus bozorda ishtirok etishdan yuzaga keladigan majburiyatlar — chiqindi elektr va elektron uskunalar” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qo‘mitasi sharhi 51-ilovaga muvofiq;
7-son “29-son BHXS “Giperinflatsiyali iqtisodiyotda moliyaviy hisobot” asosida qayta hisoblash yondashuvini qo‘llash” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qo‘mitasi sharhi 52-ilovaga muvofiq;
10-son “Oraliq moliyaviy hisobot va qadrsizlanish” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qo‘mitasi sharhi 53-ilovaga muvofiq;
12-son “Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha konsessiya kelishuvlari” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qo‘mitasi sharhi 54-ilovaga muvofiq;
14-son “19-son BHXS — Belgilangan to‘lovlar bo‘yicha aktiv uchun limit, minimum moliyalashtirish talablari va ularning o‘zaro aloqasi” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qo‘mitasi sharhi 55-ilovaga muvofiq;
16-son “Chet el bo‘linmasiga sof investitsiyani xejlash” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qo‘mitasi sharhi 56-ilovaga muvofiq;
17-son “Pulsiz aktivlarning mulkdorlarga taqsimlanishi” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qo‘mitasi sharhi 57-ilovaga muvofiq;
19-son “Moliyaviy majburiyatlarni ulushli instrumentlar bilan so‘ndirish” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qo‘mitasi sharhi 58-ilovaga muvofiq;
20-son “Ochiq konning qazib chiqarish bosqichidagi ustki qatlamni ochish sarflari” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qo‘mitasi sharhi 59-ilovaga muvofiq;
21-son “Majburiy to‘lovlar” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qo‘mitasi sharhi 60-ilovaga muvofiq;
22-son “Chet el valyutasidagi operatsiyalar va oldindan to‘lov” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qo‘mitasi sharhi 61-ilovaga muvofiq;
23-son “Foyda solig‘ini hisoblash tartibiga nisbatan noaniqliklar” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qo‘mitasi sharhi 62-ilovaga muvofiq tan olinsin.
MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI BO‘YICHA O‘QITISH VA BUXGALTERLARNI XALQARO SERTIFIKATLASH DOIRASIDA IMTIHONLARNI TOPSHIRISH XARAJATLARI QOPLAB BERILADIGAN BUXGALTERIYA HISOBI SOHASIDAGI XALQARO TASHKILOTLAR VA XALQARO BUXGALTER SERTIFIKATLARI RO‘YXATINI TASDIQLASH HAQIDA

Download 2.98 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 2.98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja Ishni tezkor boshlash. Korxona to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor kiritish. Ish stoli. Buxgalter monitori. Rahbar uchun hisobot

Download 2.98 Mb.