-bob. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish xarajatlarini qoplash tartibi




Download 2.98 Mb.
bet6/9
Sana01.02.2023
Hajmi2.98 Mb.
#40602
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-марузa Professional Buxagalteriya amaliyoti
696c8667-bf2b-4128-9da4-5da2ac7abbbb, Ч Маҳмуова июль мақола 2022й yangi 2, Toʼlaganov Dilmurod Mirjalolovich
3-bob. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish xarajatlarini qoplash tartibi
8. O‘qitish faqat buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotning akkreditatsiyasidan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
9. Oliy ta’lim muassasalari har yili 10-yanvarga qadar pedagog kadrlarni yillik o‘qitish jadvalini (muddatlarini ko‘rsatgan holda fanlar (kurslar) bo‘yicha) tasdiqlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ushbu ma’lumotlarni oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha umumlashtiradi va 31-yanvarga qadar Moliya vazirligiga taqdim etadi.
10. Davlat organlari har yili 10-yanvarga qadar o‘zining xodimlarini yillik o‘qitish jadvalini (muddatlarini ko‘rsatgan holda fanlar (kurslar) bo‘yicha) tasdiqlaydi hamda 31-yanvarga qadar Moliya vazirligiga taqdim etadi.
11. Oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlari, shuningdek, davlat organlari xodimlari tarkibida o‘zgarishlar ro‘y berganda o‘qitish jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi hamda ushbu o‘zgartirishlar tasdiqlangandan so‘ng bu haqida besh ish kuni mobaynida Moliya vazirligiga axborot taqdim etiladi.
12. Talabgorlar akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarini mustaqil ravishda tanlaydi.
13. Talabgorlarni o‘qitish xarajatlari, ular o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirda, Moliya vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlariga qoplab beriladi.
14. Akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazi har bir o‘quv kursi boshlangan sanadan boshlab o‘n ish kuni mobaynida unda qatnashayotgan talabgorlar ro‘yxatini Moliya vazirligiga taqdim etadi.
15. O‘qitish, shu jumladan, interfaol usullarni qo‘llagan holda o‘qitish xarajatlari akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlariga o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan har bir ishtirokchi uchun o‘quv markazi tomonidan taqdim etilgan o‘qitish qiymati bo‘yicha, biroq quyidagi miqdorlardan oshmaydigan summada qoplab beriladi:
“MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” kursi va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasidagi boshqa kurslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ikki baravari miqdorida;
“Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR ASSA)” kursi uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida.
16. Akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazi o‘quv kursi yakunlangandan so‘ng Moliya vazirligiga o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan talabgorlar uchun o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan MHXS bo‘yicha o‘qitish xarajatlarini qoplab berish to‘g‘risida ariza taqdim etadi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan talabgorlar to‘g‘risida ma’lumotnoma;
ma’lumotnomada ko‘rsatilgan talabgorlar bilan o‘quv kursida ta’lim olish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxalari;
o‘quv kursi yuzasidan talabgorlarga taqdim etiladigan hisobvaraq-fakturalar nusxalari;
o‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatganligi to‘g‘risida talabgorlarga berilgan hujjat nusxalari;
o‘quv markazining yoki o‘quv kursining akkreditatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi;
davlat organi xodimi, oliy ta’lim tashkiloti pedagog kadri yoki talabasi ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi yoxud ma’lumotnoma;
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi (ushbu hujjat faqat oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari uchun taqdim etiladi).
17. Ushbu Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan Moliya vazirligiga pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali taqdim etiladi.
Akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari taqdim etilgan hujjatlar hamda ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javob beradi.
18. Moliya vazirligi ariza tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida o‘qitish xarajatlarining qoplab berilishi yoki qoplab berilishini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
19. Ushbu Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan holda taqdim etilganda yoki taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki soxta ma’lumotlar mavjud bo‘lganda o‘qitish xarajatlarini qoplab berish rad etiladi.
20. O‘qitish xarajatlarining qoplab berilishi rad etilgan taqdirda, Moliya vazirligi akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazini, rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda, uch ish kuni ichida elektron shaklda xabardor qiladi.
21. O‘qitish xarajatlarining qoplab berilishi rad etilgan akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazi rad etishga sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etgandan so‘nggina qayta ariza berishi mumkin.

Download 2.98 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 2.98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish xarajatlarini qoplash tartibi

Download 2.98 Mb.