• 5-bob. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini moliyalashtirish manbalari
  • -bob. Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi




    Download 2.98 Mb.
    bet7/9
    Sana01.02.2023
    Hajmi2.98 Mb.
    #40602
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-марузa Professional Buxagalteriya amaliyoti
    696c8667-bf2b-4128-9da4-5da2ac7abbbb, Ч Маҳмуова июль мақола 2022й yangi 2, Toʼlaganov Dilmurod Mirjalolovich
    4-bob. Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi
    22. Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida faqat O‘zbekiston Respublikasida dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari qoplab beriladi.
    23. Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida O‘zbekiston Respublikasida dastlabki ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari talabgorlarga to‘liq hajmda qoplab beriladi.
    24. Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida har bir fan (kurs) bo‘yicha imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari talabgorga quyidagi tartibda qoplab beriladi:
    birinchi marta imtihon topshirganda (birinchi urinish) — ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi imtihon topshirgunga qadar, qolgan qismi — imtihonni muvaffaqiyatli topshirgandan so‘ng qoplab beriladi;
    ikkinchi marta imtihon topshirganda (ikkinchi urinish) — ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda qoplab beriladi.
    25. Imtihon topshirish xarajatlarini qoplash xalqaro sertifikatni olish uchun imtihon o‘tkazuvchi (xalqaro sertifikatni beruvchi) tashkilot tomonidan belgilangan to‘lov summasi miqdorida amalga oshiriladi.
    26. Imtihon topshirish uchun to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida chet el valyutasida belgilangan hamda to‘lovlar chet el valyutasida amalga oshirilgan bo‘lsa, ushbu xarajatlarni qoplash chet el valyutasida amalga oshirilgan operatsiya sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha milliy valyuta — so‘mda qayta hisoblanadi va qoplanadi.
    27. Imtihon topshirish xarajatlarini qoplash milliy valyuta — so‘mda amalga oshiriladi va talabgorning shaxsiy bank kartasiga o‘tkazib beriladi.
    28. Talabgor imtihon topshirish xarajatlarining qoplab berilishi bo‘yicha quyidagi hujjatlarni Moliya vazirligiga taqdim etadi:
    ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan dastlabki ro‘yxatdan o‘tish va imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish xarajatlarini qoplab berish to‘g‘risidagi ariza;
    pasport nusxasi yoki identifikatsiya ID-karta ma’lumotlari;
    imtihon topshirish xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (to‘lov hujjatlari, invoys va boshqalar);
    oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi (ushbu hujjatni faqat oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari taqdim etadi);
    oliy ta’lim muassasasining talabasi ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi yoki ma’lumotnoma (ushbu hujjatni faqat oliy ta’lim muassasasining talabalari taqdim etadi);
    davlat organi xodimi, oliy ta’lim tashkiloti pedagog kadri ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi yoki ma’lumotnoma;
    imtihonni muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi (ro‘yxatdan o‘tish summasining qolgan 50 foizi bo‘yicha);
    xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasi va bank kartasining rekvizitlari.
    29. Ushbu Nizomning 28-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar talabgor tomonidan Moliya vazirligiga pochta, bevosita talabgorlarning o‘zi tomonidan yoki elektron aloqa vositalari orqali taqdim etiladi.
    30. Moliya vazirligi ariza tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida imtihon topshirish xarajatlarining qoplab berilishi yoki qoplab berilishini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
    31. Ushbu Nizomning 28-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan holda taqdim etilganda yoki taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoxud soxta ma’lumotlar mavjud bo‘lganda, imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish rad etiladi.
    32. Imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish rad etilgan taqdirda, Moliya vazirligi talabgorni rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda, uch ish kuni ichida elektron shaklda xabardor qiladi.
    33. Imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish rad etilgan talabgor rad etishga sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etgandan keyingina qayta ariza berishi mumkin.
    5-bob. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini moliyalashtirish manbalari
    34. O‘qitish va imtihon topshirish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
    35. O‘qitish va imtihon topshirish xarajatlarini qoplash uchun Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida zarur bo‘lgan mablag‘lar ajratilishini ta’minlaydi.

    Download 2.98 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 2.98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi

    Download 2.98 Mb.