• 2-bob. MHXS bo‘yicha o‘qitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlari tarkibi va ushbu xarajatlar qoplab beriluvchi shaxslar toifasi
  • Reja Ishni tezkor boshlash. Korxona to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor kiritish. Ish stoli. Buxgalter monitori. Rahbar uchun hisobot




    Download 2.98 Mb.
    bet5/9
    Sana01.02.2023
    Hajmi2.98 Mb.
    #40602
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-марузa Professional Buxagalteriya amaliyoti
    696c8667-bf2b-4128-9da4-5da2ac7abbbb, Ч Маҳмуова июль мақола 2022й yangi 2, Toʼlaganov Dilmurod Mirjalolovich
    Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risida
    VAQTINCHALIK NIZOM
    1-bob. Umumiy qoidalar
    1. Ushbu Vaqtinchalik nizom (keyingi o‘rinlarda — Nizom) moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (keyingi o‘rinlarda — MHXS) bo‘yicha o‘qitish (keyingi o‘rinlarda — o‘qitish) hamda buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida (“MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot”, “Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR ACCA)” kurslari va boshqalar) imtihonlarni topshirish (keyingi o‘rinlarda — imtihon topshirish) xarajatlarini qoplash tartibini belgilaydi.
    2. Ushbu Nizom 2025-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.
    3. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
    2-bob. MHXS bo‘yicha o‘qitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlari tarkibi va ushbu xarajatlar qoplab beriluvchi shaxslar toifasi
    4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Moliya vazirligi) o‘qitish va imtihon topshirish xarajatlari qoplab beriladigan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar va xalqaro buxgalter sertifikatlari ro‘yxatini belgilaydi.
    5. O‘qitish xarajatlarini qoplash buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotning (markaz faoliyati yoki tegishli fan (kurs)lar bo‘yicha) akkreditatsiyasidan o‘tgan o‘quv markazlarida (keyingi o‘rinlarda — akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari) o‘qitish yakunlariga ko‘ra Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan xalqaro buxgalter sertifikatlari doirasidagi fanlar va (yoki) kurslar bo‘yicha amalga oshiriladi.
    6. Imtihon topshirish jarayonidagi quyidagi xarajatlar qoplab beriladi:
    O‘zbekiston Respublikasida dastlabki ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari (buxgalterlarning xalqaro sertifikatini beruvchi xalqaro tashkilotga jismoniy shaxsning a’zo (talaba) bo‘lishi uchun dastlabki bir martalik to‘lov);
    O‘zbekiston Respublikasida imtihon topshirish uchun birinchi va ikkinchi marta ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari.
    7. O‘qitish va imtihon topshirish xarajatlari quyidagi toifadagi shaxslar (keyingi o‘rinlarda — talabgorlar) uchun qoplab beriladi:
    oliy ta’lim muassasalarining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog kadrlari;
    oliy ta’lim muassasalarining talabalari;
    oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari (oliy ta’lim muassasasini tugatgandan so‘ng olti oy davomida);
    davlat organlari xodimlari.

    Download 2.98 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 2.98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja Ishni tezkor boshlash. Korxona to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor kiritish. Ish stoli. Buxgalter monitori. Rahbar uchun hisobot

    Download 2.98 Mb.