Reja: Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit, Islom dinining vujudga kelishi




Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/18
Sana22.01.2024
Hajmi0,63 Mb.
#142787
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
\'ÈÑËÎÌ ÄÈÍÈ ìàúð 2021-22 ËÎÒÈÍ

Islom dini ta’limoti. 
Islom falsafasi musulmonlarning muqaddas kitobi Qur’onda bayon etilgan. 
Qur’on 114 sura, suralar 6226ta oyatlardan iboratdir. Islom falsafasi markazida 
Yagona Alloh haqidagi g‘oya yotadi. Qur’onda Alloh olam va undagi 
mavjudotlarni 6 kun mobaynida yaratganligi haqida aytiladi.
A’rof surasi. “54. Darhaqiqat, rabbingiz osmonlaru erni olti kunda yaratgan, 
sо‘ngra Arsh uzra “mustaviy” bо‘lgan, kunga tunni qoplaydigan-uni (ya’ni kunni 
tun) shitob bilan quvadi-quyosh, oy, yulduzlarni О‘z amriga musaxxar (mute) qilib 
qо‘ygan Allohdir. Ogoh bо‘lingizki, yaratish va buyurish Unga xosdir.”
2
Osmon etti qavatdan iborat bо‘lib, xudoning taxti arshi a’loda etmish ming 
parda bilan о‘ralgan. Alloh jannat va dо‘zah ham yaratgan deyiladi. 
Qur’on yakka xudolikni targ‘ib etadi. Islom ta’limoti bо‘yicha, inson Xudo 
tomonidan yaratilgan va uning bandasidir. Alloh uni tuproqdan yaratgan. Odam 
Atoning qobirg‘asidan esa Momo Havoni yaratgan. Odam shaytonning izmiga 
kirib, ahdga shak keltirgan. Va oqibatdan jannatdan quvilgan. 
Alloh jinlarni ham, farishtalarni ham yaratgan, xudoga yaqin bо‘lgan 
farishtalar Jabroil, Mekoil, Isrofil va Azroildir. 
Farishtalar Alloh amriga binoan inson oldida bosh egadilar ammo ulardan biri 
Iblis bundan bosh tortadi. Shunda Alloh Iblisga la’natlar yog‘dirib, uni erga 
yuboradi. Shuning uchun shayton Iblis odamlarni Alloh yо‘lidan ozdirishga 
urinadi. 
Islomda najot yо‘li Xudoga ishonch-imon yо‘li sifatida belgilab berilgan.
Islomda najot yо‘li bilish, ilmdan iboratdir. Tо‘la va tugal ilm faqat Allohga 
tegishlidir. Islom xaqiqatni izlashni ta’qiqlamaydi. Oyatlarning xaqiqiy ma’nosini 
tushunish uchun uning ustida chuqur о‘ylash kerak.
Islom madaniyatining nazariy asoslarini islom dinining muqaddas kitobi 
Qur’on hamda hadislar tashkil etadi. Islom falsafasi markazida Allohning 
yagonaligi haqidagi ta’limot yotadi. Qur’on yakkaxudolikni targ‘ib etadi. 
Qur’onning eng asosiy ta’limotlaridan biri – Allohning о‘zigagina ibodat qilishdir.
Baqara surasi, 255-oyatda “Alloh – undan о‘zga iloh yо‘qdir. (U) hamisha 
barhayot va abadiy Turuvchidir”,
1
 - deyilgan. 
Shuningdek, Islom Allohga bir surat yoki haykal vositasida sig‘inishni rad 
etadi. 
2
Абдулазиз Мансур. Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири. Бақара сураси. “Тошкент ислом 
университети”, 2007, 157 б. 
1
Қуръони Карим, 2-сура, 255-оят. Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири Абдулазиз 
Мансурники. Тошкент ислом университети, 2007, 50 б. 


20 
Makkadagi Ka’bada 360 sanam bо‘lganligi tarixdan ma’lum. Muhammad 
SAV Makkani fath qilganidan sо‘ng Iso va Bibi Maryam tasviridan boshqa 
haykallar va suratlarni yо‘q qilishga buyurgan. Shuningdek, Qur’onning Soffot 
surasi, 95-96-oyatlarda “О‘zlaringiz yо‘nib (yasab) olgan narsalarga ibodat 
qilasizmi?! Holbuki, sizlarni ham, sig‘inayotgan butlaringizni ham Alloh 
yaratganku?!”
2
deyilgan edi. 
 Baqara surasi. “115. Mashriq ham, Mag‘rib ham Allohnikidir. Bas, qaysi 
tarafga yuzingizni qaratsangiz, о‘sha tomonda Allohning “yuzi” mavjuddir.
3

Download 0,63 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit, Islom dinining vujudga kelishi

Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish