15
Yendi Qur’onning tarjimalari haqidagi aniq ma’lumotlarga e’tibor
qaratamiz. Hozirgi paytda kо‘pchilik о‘quvchilarning fikr mulohazalari e’tiborga
olinib, О‘zbekiston musulmonlari Diniy idorasi tashabbusi bilan о‘zbek tiliga 2
marta (Alouddin Mansur tarjimasi, T.: 1992, Abdullaziz Mansur tarjimasi, T.:
2001) nashr etildi.
Hadislar – Qur’ondan keyingi mо‘tabar manba.
Hadis – Muhammad payg‘ambarning aytgan sо‘zlari,
qilgan ishlari, taqrirlari
(kо‘rib qaytarmagan ishlari) yoki u kishiga berilgan sifatlarni о‘zida mujassam
qilgan xabar va rivoyatlardir. «Hadis» sо‘zining lug‘aviy ma’nosi – «sо‘z, xabar,
hikoya; yangi».
Hadislar islom dini ta’limoti
va qonunlari uchun, ba’zi mazhablar nazdida,
Qur’ondan keyingi ikkinchi manba hisoblanadi. Hadislar tarkib jihatidan ikki
qismdan:
aynan xabar beruvchi matn va uni rivoyat qilgan roviylar zanjiri –
isnoddan iborat.
Hadislar о‘zidagi ma’lumot xarakteriga qarab, xilma-xildir:
- al-hadis al-qudsiy (bu kabi hadisda ma’no – Allohdan, lafz – Payg‘ambardan
deb hisoblanadi);
- al-hadis an-nabaviy (bunda ma’no ham, lafz ham Payg‘ambarniki deb
hisoblanadi) va boshqalar.
Hadislar ilk davrda faqat og‘zaki ravishda avloddan-avlodga uzatilar edi.
Yozma ravishda hadislarni tо‘plamaslik haqidagi Payg‘ambar va xalifalarning
kо‘rsatmalari, asosan, ilk islom davriga taalluqli edi. Keyingi davrda paydo
bо‘lgan
muhaddislarning fikricha, Payg‘ambar о‘z sо‘zlarini yozib olishdan
odamlarni qaytarishlariga sabab – hadislarning Qur’on oyatlariga aralashtirib
yubormaslik lozim edi. Boshqa hadisda esa Payg‘ambar (bu ahl al-hadis muhitiga
tegishli bо‘lsa kerak): «Bu og‘izdan – deya о‘z og‘izlariga ishora qildilar –
faqatgina haq sо‘z chiqadi» – deb, о‘z sо‘zlarini yozib
olishga buyurganliklari
haqida rivoyat qilingan.
Hadislarni tanqidiy о‘rganish bо‘yicha tez orada olti tо‘plamda uchragan bir
qator maxsus terminlar guruhi vujudga keldi. Imom at-Termiziy bu sohada
salmoqli ishni amalga oshirdi. U faqatgina hadislarni tо‘plash bilangina cheklanib
qolmasdan, ularning tahliliga ham alohida bо‘lim ajratdi.
Imom at-Termiziy
birinchilardan bо‘lib hadislarni
sahih,
hasan va
zaif guruhlarga ajratgan olimdir.
Vaqt о‘tishi bilan hadis ilmidagi terminlar taraqqiy etib bordi va bu sohada
umumiy qabul qilingan shaklga keldi.
Hadislar
sahih (
ishonarli),
hasan (
yaxshi),
zaif (
ishonchsiz),
saqim (
kasal) va
boshqa turlarga ajratildi. Masalan, sunniylikda
sahih hadislar darajalari bо‘yicha
etti xilga bо‘lindi:
1) Imom Buxoriy va Imom Muslim keltirgan;
2) faqat Imom Buxoriy keltirgan;
3) faqat Imom Muslim keltirgan;
4) ikkala
muhaddis ham keltirmagan, balki ularning shartlari bо‘yicha rivoyat
qilingan;
16
5) Imom Buxoriy shartlari bо‘yicha rivoyat qilingan;
6) Imom Muslim shartlari bо‘yicha rivoyat qilingan;
7) boshqa ulamolar tomonidan tasdiqlangan hadislar.
Hadis kо‘pincha
sunna sо‘zi bilan ham yonma-yon keladi. Sunna sо‘zining
lug‘aviy ma’nosi – «odat», «tariqa», «yо‘l» bо‘lib, istilohda Payg‘ambar odatlari,
tutgan yо‘li, taqrir (kо‘rib qaytarmagan) va buyurgan ishlariga nisbatan ishlatiladi.
Boshqacha qilib aytganda, bu istiloh Payg‘ambar turmush tarzini anglatadi.