9
musulmon kishini qullikdan ozod qilsa, Alloh taolo о‘shal qulning (ozod bо‘lgan)
har bir a’zosi badaliga uning bir a’zosini jahannam о‘tidan xalos qilur dedilar.
Yashash huquqi. Islomgacha johiliyat davrida Arabistonda qiz tug‘ilishini
xoxlamagan arablar ularni tug‘ilgan zahoti triklayin kо‘mib tashlardi. Qur’on
bunday odamkushlikni ta’qiqladi: “Yey,
insonlar, bolalaringizni qashshoqlikdan
qо‘rqib о‘ldirmangiz ularga ham, sizlarga ham Biz rizq berurmiz. Ularni о‘ldirish
shubhasiz katta gunohdir”. (“Al-isro” surasi 31-oyat).
Nikoh. Nikohda ayol о‘z sepiga egalik qiladigan,
erining mol mulkini meros
qilib oladigan, shaxsiy mulkka ega bо‘ladigan, moliyaviy masalalarni hal qilishda
ishtirok etadigan bо‘ldi. Etimlar va bevalarni ximoya qilish uchun kо‘p xotinlikka
ijozat berildi. Kо‘p xotinli erga о‘zining barcha xotinlariga nisbatan adolatli
bо‘lish talab etiladi.
Azon - namozga chaqirish. Birinchi muazzin (namozga chaqiruvchi) islom
dinini qabul qilganidan keyin ozod bо‘lgan habash qul Bilol bо‘lgan. Qibla
musulmonlar namoz vaqtida qarab turadigan tomon.
Dastlab Muhammad Payg‘ambar musulmonlarni Quddus (Iyerusalim)ga
qarab
namoz о‘qishga buyurgan. Lekin Madinada nozil bо‘lgan Qur’on oyati bilan
Makkadagi Ka’ba (Baytulloh) muslmonlar uchun Qibla qilib belgilangan.
Ka’badagi Muqaddas masjid islomning bosh ziyoratgohiga aylandi.
Bag‘rikenglik. Qur’onda yahudiylar va xristianlarga nisbatan bag‘rikenglikni
buyuradi. Ularning muqaddas kitoblari Tavrot va Injilni muqaddas deb e’lon
qilingan, ammo yahudiylar va xristianlar tо‘g‘ri yо‘ldan ozishda ayblanganlar.
Islom dinida zо‘rlash yо‘q.